К содержанию
РецензированоUZ2025

MAHALLIY DARAJADAGI QARORLAR QABUL QILISHDA AHOLINING TAKLIFLARINI KO‘RIB CHIQISH MEXANIZMLARINING HUQUQIY ASOSLARI VA AMALIYOTDAGI ROLI

Aliqulov Komiljon Urol o‘g‘li

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlar qabul qilishda fuqarolarning takliflarini ko‘rib chiqish tartibi, bu boradagi mavjud qonunchilik normalari va amaliy tajriba tahlil qilinadi. Xususan, “tashabbusli byudjet” tizimi, jamoaviy murojaatlar, jamoatchilik muhokamalari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr bildirish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, qonunchilikda takliflar soni yoki ularni ko‘rib chiqish bo‘yicha kvotalar mavjudligi yoki yo‘qligi tahlil qilinadi. Maqola xulosa qismida ushbu mexanizmlarni takomillashtirishga oid tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: mahalliy boshqaruv, jamoatchilik ishtiroki, qarorlar qabul qilish, tashabbusli byudjet, jamoaviy murojaatlar, normativ-huquqiy hujjatlar, fuqarolar taklifi. Demokratik jamiyat qurilishi va ochiq boshqaruv prinsiplarining amalda joriy qilinishi bevosita fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ishtirok etish darajasiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar doirasida “inson qadri uchun” tamoyili asosida mahalliy boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va aholining davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mahalliy hokimiyat qarorlarini qabul qilishda aholining takliflarini inobatga olish va ularni tizimli tartibda ko‘rib chiqish bugungi davr talabi hisoblanadi. Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 128 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Mazkur maqolada mahalliy darajada qabul qilinadigan qarorlarga nisbatan fuqarolarning takliflarini bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga oid qonunchilik normalari va mavjud amaliyot holati tahlil qilinadi. Shu asosda huquqiy bo‘shliqlar va amaliy kamchiliklar aniqlanadi hamda tegishli ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Aholi takliflarini ko‘rib chiqishning huquqiy asoslari 2021-yil 16-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–5210-sonli qarori bilan fuqarolarning byudjet mablag‘laridan foydalanish jarayonida ishtirokini ta’minlaydigan “Tashabbusli byudjet” tizimi joriy qilindi. Ushbu mexanizm orqali fuqarolar o‘z hududlaridagi muammolarni hal qilish bo‘yicha loyihaviy takliflarni openbudget.uz platformasi orqali taqdim etishlari mumkin. Reglamentga ko‘ra: Har bir loyiha taklifi kamida 20 nafar fuqaroning ovozini to‘plagan taqdirda ovoz berish bosqichiga o‘tadi. G‘olib bo‘lgan loyihalar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Amalga oshirilgan loyihalar hisobotlari jamoatchilikka ochiq tarzda taqdim etiladi. Ushbu tizim aholining bevosita taklif kiritish va natijada real qarorlar qabul qilinishiga erishishdagi eng samarali amaliy shakllardan biri hisoblanadi. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun 2018-yil 12-aprel kuni qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida fuqarolarning davlat organlari faoliyati ustidan jamoaviy shakllarda nazorat o‘rnatishi va o‘z takliflarini bildirish huquqlari belgilangan. Ushbu qonun quyidagi ishtirok shakllarini nazarda tutadi: jamoatchilik muhokamalari; jamoaviy murojaatlar; ommaviy eshituvlar; ijtimoiy so‘rovlar; Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 129 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali fikr bildirish. Ushbu huquqiy asoslar orqali fuqarolar davlat qarorlari qabul qilinishidan oldin va keyin ham o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biroq, qonunda takliflar soni, ularning majburiy ko‘rib chiqilishiga oid aniq kvotalar yoki mezonlar mavjud emas. 2021-yil 23-iyunda qabul qilingan ushbu Qonunning 32-moddasiga binoan, har bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinishi lozim. Muhokama davomida: fuqarolar o‘z takliflarini maxsus platformalar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirishlari mumkin; tushgan har bir taklif alohida ko‘rib chiqilishi lozim; agar takliflar inobatga olinmasa, buning sabablari hujjat loyihasiga ilova qilinishi kerak. Shu orqali qonunchilik fuqarolarning qarorlar shakllanishidagi ishtirokini kafolatlaydi. Jamoaviy murojaatlar mexanizmi Fuqarolar tomonidan jamoaviy tartibda (ya’ni, 100 nafardan ortiq fuqaro tomonidan imzolangan holda) hokimiyat organlariga yuboriladigan taklif va murojaatlar mahalliy Kengashlar tomonidan majlis kun tartibiga kiritilishi mumkin. Bunday murojaatlar ko‘proq infratuzilma, ijtimoiy xizmatlar va ekologik masalalar yuzasidan kuzatiladi. my.gov.uz portali orqali yiliga minglab takliflar va murojaatlar qabul qilinadi. Ularning ayrimlari mahalliy hokimliklar faoliyatiga oid bo‘lib, ularni ko‘rib chiqish natijasida qarorlar loyihasi ishlab chiqiladi. So‘nggi yillarda ayrim viloyatlarda mahalliy Kengashlar tomonidan “ochiq eshituvlar”, “fuqarolar qabul kunlari”, “mahalla bilan uchrashuvlar” amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Bu tadbirlar davomida fuqarolar tomonidan bildirgan takliflar rasmiy bayonnomalarga kiritiladi va ayrimlari qaror loyihalariga asos bo‘ladi. Muammo va takliflar Выпуск журнала №-29

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlar qabul qilishda fuqarolarning takliflarini ko‘rib chiqish tartibi, bu boradagi mavjud qonunchilik normalari va amaliy tajriba tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlar qabul qilishda fuqarolarning takliflarini ko‘rib chiqish tartibi, bu boradagi mavjud qonunchilik normalari va amaliy tajriba tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jamoaviy murojaatlar, qarorlar qabul qilish, jamoatchilik ishtiroki, fuqarolar taklifi., tashabbusli byudjet, mahalliy boshqaruv, normativ-huquqiy hujjatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники