К содержанию
РецензированоUZ2025

MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY: TURKISTON JADIDCHILIK HARAKATINING YOʻLBOSHCHISI

HARAKATINING YOʻLBOSHCHISI · Abdualiyeva Jasmina Abduqaxxor qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqola Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodiga va uning Turkiston jadidchilik harakatidagi o‘rniga bag‘ishlangan. Maqolada Behbudiy tomonidan amalga oshirilgan ta’lim islohotlari, muhim asarlarning mazmuni va kerakli g‘oyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, uning adabiy merosi, milliy qadriyatlar va madaniyatni rivojlantirishdagi o‘rni haqida fikrlar bayon etiladi. Kalit so‘zlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadidchilik harakati, milliy ma’rifat, ta’lim islohotlari, o‘zbek adabiyoti, madaniyat. Annotation. This article is dedicated to the literary work of Mahmudkhoja Behbudiy and his role in the Turkistan Jadidism movement. The article analyzes the educational reforms implemented by Behbudiy, the content of significant works, and essential ideas. It also presents thoughts on his literary legacy and his contribution to the development of national values and culture. Keywords: Mahmudkhoja Behbudiy, Jadidism movement, national enlightenment, educational reforms, uzbek literature, culture Turkiston jadidchiligining asoschisi, jamoat va davlat arbobi, ma’rifatparvar ijodkor, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zbek millati tarixida ma’naviy jasorat sohibi sifatida o‘chmas iz qoldirgan. Uning ma’rifatparvarlik va ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatidagi g‘oyaviy qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Behbudiyning nihoyatda murakkab davrda kechgan mashaqqatli hayot yo‘li, siyosiy, ilmiy, ijodiy faoliyati g‘oyat keng, sermazmun va serqirra. Zero, u milliy ozodlik harakatining buyuk namoyandasi sifatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, adabiyot va san’at, matbuot sohalarini rivojlantirish yo‘lida o‘z hayotini baxsh etdi. Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 174 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Mahmudxoʻja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida (hijriy 1291 10-zulhijja) Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli Turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomondan bobosi Niyozxoʻja Urganchlik boʻlib, amir Shohmurod zamonida (1780 – 1785) Samarqandga kelib qolgan. U dastlab Samarqand madrasasida, soʻngroq Buxoroda yaxshigina tahsil koʻrgan. Anʼanaviy tahsil, soʻng esa oʻz ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali u shariatning yuksak maqomlari – qozi, mufti darajasigacha koʻtariladi. 1899-1900-yillarda Behbudiy buxorolik doʻsti Hoji Baqo bilan haj safariga chiqadi. Behbudiy safar chogʻida koʻp ajobiy xodisalarga guvoh boʻldi. Xususan safarda u yangi maktab haqidagi qarashlarini mustahkamlaydi. Uning tashabbusi va gʻayrati bilan 1903-yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi (S. Siddiqiy), Rajabamin (A. Shakuriy) qishloqlarida yangi maktablar tashkil topadi. Adib ushbu maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. Ketma-ket uning «Risolai asbobi savod» (1904), «Risolai jugʻrofiyai umroniy» (1905), «Risolai jugʻrofiyai Rusiy» (1905), «Kitobat-ul atfol» (1908), “Amaliyoti islom” (1908), “Tarixi islom” (1909) kabi kitoblari paydo boʻladi. Mahmudxoʻja 1903-1904-yillarda Moskva, Peterburgga boradi, 1906-yilda Qozon, Ufa, Nijniy Novgorodda boʻladi. Bular sayohat emas, xizmat safari edi. Masalan, Nijniy Novgorodda 1906-yilning 23-avgustida Rusiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bagʻishlangan qurultoy chaqiriladi. Behbudiy bu qurultoyda Turkistonlilar guruhini boshqaradi va katta nutq soʻzlaydi. Behbudiy nazarida maʼrifat uchun birgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh boʻlmoq kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda u oʻz qabohatini ham, malohatini ham koʻra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuot sari boshladi. “Padarkush” shu tariqa maydonga keldi. Xullas, 1911-yilda yozilgan “Padarkush” dramasi 1913-yildagina bosilib chiqadi. Kitob jildidagi «Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos boʻlishining yubiley sanasiga bagʻishlanadi», degan yozuv va uning Tiflis senzurasining ruxsati bilan chop etilishi shuni koʻrsatadiki, ish oson koʻchmagan. Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 175 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Pyesa bosilib chiqqandan keyin ham uni sahnaga qoʻyish uchun yaqin bir yil vaqt ketdi. Muallif bu haqdagi xatlarga javoban kinoyaomuz: “Turkistonda bekor odam yoʻqki, xalq uchun ishlasa. Bekor kishi yoʻqki, teatru sahnasiga chiqib, “masxarabozlik” qilsa”, deb yozgan edi. “Padarkush” – oʻzbek dramachiligining hamma yakdil eʼtirof etgan birinchi namunasidir. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmuniga koʻra yangi oʻzbek adabiyotini boshlab bergan bir asar sifatida baholaydilar. Muallif “Milliy fojia” atagan, 3 parda 4 manzarali bu drama hajman juda ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va joʻn. U jaholat va nodonlik, oʻqimagan bolaning buzuq yoʻllarga kirib, oʻz otasini oʻldirgani haqida hikoya qiladi. Orqa-oldini oʻylamagan boyning Toshmurod ismli oʻgʻli bor. Oʻgʻli oʻqimagan. Boy atrofdagilarning gapiga kirmaydi, oʻgʻlini oʻqitmaydi, oqibatda u koʻcha bezorilariga qoʻshiladi. R

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodiga va uning Turkiston jadidchilik harakatidagi o‘rniga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodiga va uning Turkiston jadidchilik harakatidagi o‘rniga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mahmudkhoja Behbudiy, Jadidism movement, national, Mahmudxo‘ja Behbudiy, madaniyat., o‘zbek adabiyoti, milliy ma’rifat, jadidchilik harakati, ta’lim islohotlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники