К содержанию
РецензированоUZ2025

DUNYO DINLARINING O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLARI: UMUMIY QADRIYATLAR VA XILMA-XILLIKLAR TAHLILI

Ziyodullayeva Nargiza · Turg‘unboyeva Muxlisa (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogik instituti) · Ziyodullayeva Nargiza (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogik instituti) · Ne‘matova Ruxshona (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogik instituti) · Ziyodullayeva Nargiza (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogik instituti) · Kalit so‘zlar: Dinlararo muloqot (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogik instituti) · Buddizm, o‘xshashlik (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogik instituti)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada dunyo dinlarining asosiy turlari – Islom, Xristianlik, Yahudiylik, Buddizm, Hinduizm va boshqa diniy tizimlarning umumiy qadriyatlari, diniy e’tiqodlaridagi o‘xshashliklar va farqli tomonlari tahlil qilinadi. Maqola orqali dinlararo muloqot, bag‘rikenglik va madaniy xilma-xillikni tushunishga yordam beradigan muhim fikrlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Dinlararo muloqot, Islom, Xristianlik, Buddizm, o‘xshashlik, farq, qadriyat, diniy e’tiqod. Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 181 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Dunyo xalqlari qadimdan diniy e’tiqodlarga tayanib yashab kelgan. Har bir din insoniyatning axloqiy, ruhiy, ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Turli dinlar mavjud bo‘lishiga qaramay, ularning aksariyatida ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, insonparvarlik g‘oyalari o‘xshashdir. Shu bilan birga, ularning aqidaviy, marosimiy va falsafiy jihatdan farqlari ham mavjud. Insoniyat taraqqiyoti davomida din va axloqiy qadriyatlar har doim bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib kelgan. Har bir jamiyatda shakllangan axloqiy me’yorlar, ko‘pincha, mavjud diniy e’tiqodlar asosida yuzaga keladi. Din — bu nafaqat ma’naviy e’tiqod tizimi, balki u insonlarning kundalik hayot tarzini, o‘zaro munosabatini, ijtimoiy mas’uliyat va axloqiy qarashlarini tartibga soluvchi asosiy qadriyatlar majmuasidir. Dinlar tarixan odamzodga qanday yashash, qanday qarorlar qabul qilish va jamiyatda o‘zini qanday tutish lozimligini ko‘rsatib bergan yo‘l- yo‘riqlar tizimi bo‘lib xizmat qilgan. Dunyo xaritasidagi har bir xalq va millatning o‘ziga xos dini, urf-odatlari, madaniy qadriyatlari mavjud. Ana shu qadriyatlar va e’tiqodlar har bir xalqning yurish-turushi, fikrlash tarzi, odob-axloqi va butun hayot faoliyatini belgilovchi mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Biror xalq yoki millatning tarixini, ijtimoiy tuzilishini va madaniy taraqqiyotini tahlil qilishda, uning diniy e’tiqodlarini chetlab o‘tish mumkin emas. Chunki diniy qarashlar o‘sha xalqning hayot falsafasini, qadriyat tizimini va madaniy merosini shakllantirgan muhim omillardan biridir. Din falsafasi esa — diniy qarashlarni chuqurroq, falsafiy va tafakkurga asoslangan holda tahlil etuvchi ilmiy sohaga aytiladi. U boshqa dinshunoslik yo‘nalishlaridan farqli ravishda, faqat diniy matnlarni tushuntirish bilan cheklanmaydi. Din falsafasi — e’tiqod, ilohiyot va insonning diniy haqiqatlar bilan bo‘lgan bog‘liqligini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilishga intiladi. Uning asosiy mavzulari qatoriga quyidagilar kiradi: Xudoning mavjudligi va uning sifatlari, yaratuvchilik mohiyati, koinot va yaratuvchi o‘rtasidagi munosabat, borliqning yaratilish maqsadi, qayta tirilish, vahiy, payg’ambarlik, diniy haqiqatning mohiyati va diniy tajribaning inson hayotidagi o‘rni. Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 182 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Shuningdek, din falsafasi boshqa fanlar, jumladan: ilm-fan va din o‘rtasidagi aloqalar, din va madaniyat (ya’ni san’at, til, adabiyot bilan o‘zaro bog‘liqlik), diniy hissiyot va diniy ong masalalarini ham o‘rganadi. Bu soha faqat hukm chiqarish yoki muayyan baholar berish bilan cheklanmay, balki diniy fanlarning ilgari surgan g‘oyalari, qo‘llagan uslublari va erishgan natijalarini ham tahlil qilib, umumiy falsafiy xulosa chiqaradi. Shunday qilib, din falsafasi — nafaqat diniy bilimlar, balki kengroq metafizik, ontologik va epistemologik sohalarni ham o‘z ichiga oladi. Bu esa uni insoniyat tafakkuri va ruhiy-ma’naviy taraqqiyotining ajralmas qismiga aylantiradi. Umumiy o‘xshash jihatlari shundan iboratki: a) Ilohiy kuchga ishonch-Aksariyat dinlarda yagona Yaratgan yoki ilohiy kuch borligiga ishonch mavjud. Masalan, Islomda Alloh, Xristianlikda Xudo, Yahudiylikda Yehova, Hinduizmda Brahma, Buddizmda esa muqaddaslik tushunchasi mavjud. b) Axloqiy-ruhiy qadriyatlar-Barcha dinlar halollik, saxiylik, sabr-toqat, adolat, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni targ‘ib qiladi. Bu qadriyatlar jamiyatda tinchlik va totuvlikni saqlashga xizmat qiladi. c) Ijtimoiy tartib va marosimlar-Diniy marosimlar (namoz, ro‘za, ibodat, zakot, qurbonlik, bayramlar) ko‘plab dinlarda mavjud. Bu marosimlar jamiyatda birlik, mehr-oqibatni mustahkamlaydi. Farqli jihatlar esa quydagilardan tashkil topgan: a) Aqidaviy tafovutlar-Islomda Muhammad (s.a.v) Allohning so‘nggi payg‘ambari hisoblanadi, Xristianlikda Iso (a.s) Xudoning o‘g‘li deb e’tirof etiladi. Buddizmda esa payg‘ambarlik tushunchasi emas, balki ruhiy taraqqiyotga urg‘u beriladi. b) Marosim va ibodat shakllari-Musulmonlar kuniga besh mahal namoz o‘qiydi, xristianlar yakshanba kuni cherkovga borib ibodat qilishadi. Buddistlar meditatsiya (mushohada) orqali ichki poklikka erishishga intilishadi. Hinduizmda esa ko‘plab xudolarga sig‘inish odatiy hol. Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 183 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT c) Hayotdan keyingi hayotga munosabat-Islom, Xristianlik va Yahudiylikda oxirat, jannat-do‘zax tushunchasi mavjud. Buddizm va Hinduizmda esa reenkarnatsiya – ruhning qayta tug‘ilishi g‘o

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada dunyo dinlarining asosiy turlari – Islom, Xristianlik, Yahudiylik, Buddizm, Hinduizm va boshqa diniy tizimlarning umumiy qadriyatlari, diniy e’tiqodlaridagi o‘xshashliklar va farqli tomonlari tahlil qil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada dunyo dinlarining asosiy turlari – Islom, Xristianlik, Yahudiylik, Buddizm, Hinduizm va boshqa diniy tizimlarning umumiy qadriyatlari, diniy e’tiqodlaridagi o‘xshashliklar va farqli tomonlari tahlil qil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Buddizm, farq, qadriyat, Islom, o‘xshashlik, Xristianlik, diniy e’tiqod., Dinlararo muloqot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники