Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ASALARI OILALARINI SAQLASH SHAROITIDA ISITISH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING MAHSULDORLIKKA TA’SIRI
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING MAHSULDORLIKKA · ВЛИЯНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ОТОПИТЕЛЬНЫХ · ПЧЕЛИНЫХ СЕМЕЙ.
Современное образование и развитие · 4 · 2025
Аннотация
The study aims to increase the productivity of Carpathian honey bee colonies kept in the Tashkent region by applying heating technologies to mitigate losses caused by climate change. As part of the study, simple and low-cost ring-shaped and halogen lamps were installed in beehives to assess their impact on bee activity, colony strength retention and productivity improvement. The halogen lamp was found to be a relatively safe and acceptable method, whereas the tungsten ring lamp caused burns to the bees. Kalit soʻzlar: asalari, asalari uyasi, galogenli chiroq, halqasimon chiroq, oila kuchi, ozuqa sarfi, iqlim o‘zgarishi. Ключевые слова: пчелы, ульи, галогенная лампа, кольцевая лампа, сила семьи, расход корма, изменение климата. Key words: bees, beehives, halogen lamp, ring lamp, colony strength, food consumption, climate change. Kirish (Introduction). Asalarichilik qishloq xo‘jaligida eng muhim tarmoqlardan biri bo‘lib, hozirgi kunda global iqlim o‘zgarishlari asalarichilik sohasiga katta talofatlar yetkazmoqda. Asalari oilalarining kuchsizlanishi, mahsuldorligining pasayishi, ozuqa zaxirasining yetishmasligi shular jumlasidandir. Asalari oilalarining hayotiy jarayonlarida haroratning ahamiyati juda katta, ayniqsa qish mavsumida. Qishlash mavsumida asalari uyalarini isitish uchun turli texnologiyalarini qo‘llash uslublarini aniqlash hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqot ishi ba’zi isitish texnologiyalarining asalari oilalarining mahsuldorligiga va omon qolishiga, ayniqsa qish mavsumidan talofatsiz chiqishiga qat darajada ta’sir qilishini o‘rganadi. Asalarilar qish mavsumida havo harorati pasayganda g‘uj bo‘lib yashashga moslashgan. Asalari oilasida qurtchalar bo‘lmagandagi harorat o‘rtacha 13-28ºC atrofida bo‘ladi. Tashqi muhit harorati 5ºC gacha pasaysa arilar to‘dasining hajmi 12%gacha kamayadi. Arilar to‘dasining markazidagi harorat 28-32ºC gacha ko‘tariladi, to‘daning ustki qismida esa 6-10ºC atrofida bo‘ladi. [1] Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 203 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT G.A.Avetsiyan ta’kidlashicha kuchli oilalarda qish mavsumida g‘ujga to‘plangan asalarilarning yuza qismida issiqlik o‘tkazuvchankigi kuchsiz oilalarga qaraganda kamroq. Shuning uchun kuchli oilalardagi uyalarda ozuqa va issiqlikni ushlab turish uchun ketadigan energiya sarfi kam. [2]. Mukhammadiyev A., Usmonov I., Ibrohimov V. tadqiqotlarida asalarilar zararkunandalariga qarshi kurashda asalari uyasi va ramkalariga ultrabinafsha nurdan foydalanishgan. Nurlanish jarayonida chiroq kuchi, to‘lqin uzunligi, nurlanish masofasi hamda nurlanish vaqtini o‘zgartirish orqali nazorat qilishgan. Ular qo‘llagan usul yordamida kimyoviy pestitsidlardan foydalanmasdan asalari zararkunandalariga qarshi kurashish va ekologik toza asalari mahsulotlari olish mumkin. [3] El. Sheikh F.M., Asmaa A. Eissa., M.A. Al-Rajhi. Misrda olib borilgan tadqiqotlarida asalari oilalarining mahsuldorligini oshirish uchun galogenli chiroqlardan samarali foydalanishgan. [4] Uslublar (Methods). Tadqiqot ishlari Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Art-Bee-Tech” asalarichilik kompleksida boqilayotgan Karpat zotiga mansub asalari oilalarida olib borildi. Tajribalar qish mavsumi (dekabr, yanvar) davomida olib borildi. Buning uchun asalari oilalari nazorat va tajriba (I,II) guruhlariga ajraatildi. Nazorat guruhi tabiiy sharoitda hech qanday chiroqlarsiz kuzatildi, birinchi tajriba guruhiga halqasimon volframli chiroqlar, ikkinchi tajriba guruhiga esa galogenli chiroqlar qo‘yish orqali asalari oilalari kuzatildi. Uya ichidagi harorat maxsus termodatchiklar yordamida, uya tashqarisidagi harorat esa havo termometrlari yordamida o‘lchandi. Tajriba davomida oilaning ozuqa sarfi, asalari kuchi va kasalliklarga chalinganlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar taqqoslab kuzatildi. Birinchi tajriba guruhida volframli halqasimon chiroq ko‘rsatkichi 5-15 Vt, ikkinchi tajriba guruhidagi asalari uyalariga esa galogenli chiroq ko‘rsatkichi 10-20 Vt qilib belgilandi. Yorug‘lik va issiqlik bir vaqtning o‘zida ta’sir qildi. Chiroqlar asalari uyalarining ichki devoriga o‘rnatildi. Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 204 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Natijalar (Results). Tajribalar davomida galogen chiroqlardan foydalanilgan asalari oilalarida hayot faoliyatining barqaror kechishi va ularning umumiy fiziologik kuzatildi. O‘tkazilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, nazorat guruhidagi asalari oilalarida ozuqa sarfi eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, bu holat uyani isitish uchun qo‘shimcha energiya va ozuqa sarfi ortganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, nazorat guruhidagi asalari oilalarining kuch ko‘rsatkichi tajriba guruhlariga nisbatan ancha past bo‘ldi. I-tajriba guruhida halqasimon chiroqlardan foydalanilgan sharoitda asalari oilalarida ozuqa sarfi va kasalliklarga chalinish darajasi II-tajriba guruhiga nisbatan yuqoriroq bo‘ldi. Garchi, oila kuchi nazorat guruhiga qaraganda yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, ushbu turdagi lampal
Доказательный фрагмент
«The study aims to increase the productivity of Carpathian honey bee colonies kept in the Tashkent region by applying heating technologies to mitigate losses caused by climate change.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe study aims to increase the productivity of Carpathian honey bee colonies kept in the Tashkent region by applying heating technologies to mitigate losses caused by climate change. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bees, beehives, halogen lamp, ring lamp, colony strength, food, asalari, galogenli chiroq, asalari uyasi, ozuqa sarfi, halqasimon chiroq, iqlim o‘zgarishi., oila kuchi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024