К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIM SIYOSATINING AMALIYOTGA TA’SIRI: MAKTABLAR, O‘QITUVCHILAR VA OTA-ONALAR NUQTAYI NAZARIDAN TAHLIL

Sharipov Mirjalol Jamoladdin o’g’li

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article explores the practical impact of inclusive education policy implemented in the Republic of Uzbekistan. The study analyzes the perspectives of schools, teachers, and parents to assess the current state of inclusion. It highlights key challenges, positive practices, and provides suggestions for improvement. Kalit so‘zlar: Inklyuziv ta’lim, ta’lim siyosati, maktab, o‘qituvchi, ota-ona, ijtimoiy adolat, teng imkoniyatlar, amaliy tahlil. Ключевые слова: Инклюзивное образование, образовательная политика, школа, учитель, родитель, социальная справедливость, равные возможности, практический анализ. Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 208 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Keywords: Inclusive education, education policy, school, teacher, parent, social justice, equal opportunities, practical analysis. XXI asrda ijtimoiy adolat va inson huquqlarini ta’minlashda inklyuziv ta’lim konsepsiyasi butun dunyoda dolzarb masalaga aylandi. Bu yondashuv ta’limning barcha bosqichlarida farzandlar teng huquq asosida sifatli bilim olishini ko‘zda tutadi. Inklyuziv ta’lim — bu nafaqat nogironligi bo‘lgan bolalar, balki barcha maxsus ehtiyojli o‘quvchilar uchun ochiq, teng va qulay muhitni yaratishdir. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlar doirasida inklyuziv ta’lim konsepsiyasi o‘ziga xos dolzarb mavzuga aylandi. Inklyuziv ta’lim — bu barcha bolalarga, shu jumladan nogironligi yoki rivojlanishida turli xildagi cheklovlarga ega bo‘lgan bolalarga ham ta’lim olish imkonini yaratish tamoyiliga asoslanadi. Ta’lim tizimining asosiy vazifasi — hech kimni ortda qoldirmaslik tamoyilidan kelib chiqib, sharoitlar, metodlar va vositalarni farqlangan ehtiyojlarga moslashtirish orqali bilimga bo‘lgan teng huquqni kafolatlashdan iborat. YUNESKO tomonidan 1994-yilda qabul qilingan Salamanca deklaratsiyasida ta’kidlanganidek, ta’lim tizimi har bir bola uchun ochiq bo‘lishi lozim va maxsus ehtiyojga ega o‘quvchilar umumiy ta’lim muassasalarida boshqa tengdoshlari bilan birga o‘qishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim siyosatida so‘nggi yillarda inklyuzivlik tamoyilini qonuniy asosda mustahkamlash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilgan. 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda inklyuziv ta’lim alohida ta’lim shakli sifatida tan olingan bo‘lib, mazkur hujjatning 5- moddasida har bir shaxsga ta’lim olishda teng imkoniyatlar yaratish, inklyuziv ta’limni tashkil qilish majburiyati aniq belgilangan. Shu bilan birga, O‘zbekiston 2021-yil iyun oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Mazkur konvensiyaning 24- moddasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy ta’lim tizimida, teng huquq asosida, hech qanday kamsitishlarsiz bilim olishini ta’minlash xalqaro majburiyat sifatida e’tirof etilgan.1 1 https://www.uzedu.uz Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 209 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT O‘zbekiston hukumati tomonidan 2021-yilda “2021–2025-yillarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi” tasdiqlangan bo‘lib, bu dasturning maqsadi — inklyuziv ta’limning huquqiy, metodik, tashkiliy asoslarini mustahkamlash, barcha hududlarda inklyuziv maktablar sonini oshirish, maxsus ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan o‘quv muhitini yaratishdan iborat. Ushbu dasturga muvofiq, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va maxsus vositalarni yaratish ustida izchil ishlar olib borilmoqda. Respublikada inklyuziv ta’limni rivojlantirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi. YUNISEF, JICA, KOICA kabi tashkilotlarning texnik va metodik ko‘magi orqali bir qancha tajriba maktablari tashkil etilgan, o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari joriy etilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, inklyuziv ta’limning amaliyotga tatbiq etilishi ko‘plab omillarga bog‘liq. Jumladan, o‘qituvchilarning inklyuziv metodikalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarining yetishmasligi, maktab infratuzilmasining fizik jihatdan moslashtirilmaganligi, ota-onalarning ongida mavjud bo‘lgan stereotiplar jarayonning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. 2022- yilda Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi 28 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari asosida olib borilgan monitoring natijalari shuni ko‘rsatdiki, mavjud maktablarning 60 foizdan ortig‘i pandus, lift, maxsus sanitariya shoxobchalari, didaktik materiallar bilan ta’minlanmagan. Pedagoglarning 72 foizi esa inklyuziv ta’lim sohasida maxsus tayyorgarlikdan o‘tmaganini bildirgan.2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan nogiron bolalarning umumta’lim muassasalariga integratsiyalashuvi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish vazifasi yuklatilgan. Shu asosda ayrim hududlarda maxsus sinflar tashkil etilgan bo‘lsa-da, ularning soni cheklangan va yagona metodik yondashuv mavjud

Доказательный фрагмент

«This article explores the practical impact of inclusive education policy implemented in the Republic of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the practical impact of inclusive education policy implemented in the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Inclusive education, education policy, school, teacher, parent, maktab, o‘qituvchi, ta’lim siyosati, ota-ona, teng imkoniyatlar, Inklyuziv ta’lim, ijtimoiy adolat, amaliy tahlil.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники