К содержанию
РецензированоUZ2025

AMIR TEMUR DAVRIDA ILM-FAN TARAQQIYOTI

Mamadaliyeva Nargiza Mamirovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Amir Temur hukmronlik qilgan davrda ilm- fan va madaniyat sohalarida yuz bergan yuksalishlar tahlil qilinadi. Buyuk sarkarda nafaqat harbiy yurishlar, balki ilm-fan, madaniyat, arxitektura va adabiyotning taraqqiyotiga ham alohida e’tibor qaratgan. Maqolada Temur tomonidan qurilgan ilmiy va diniy maskanlar, olimlarga ko‘rsatilgan hurmat-ehtirom, Temuriylar davrining buyuk allomalari – Qazizoda Rumiy, Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy kabi olimlarning faoliyati haqida ma’lumotlar bayon etiladi. Shuningdek, bu davrning ilmiy-madaniy merosi bugungi kunda ham muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Kalit so’zlar: Amir Temur, ilm-fan, Temuriylar davri, Ulug‘bek, Qazizoda Rumiy, G‘iyosiddin Koshiy, madaniyat, taraqqiyot, ilmiy markazlar, tarixiy meros, Samarqand, madrasa, astronomiya, matematika. Amir Temur davrida ilm-fanning taraqqiy etishiga ta’sir kо‘rsatgan omillar haqida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda, Sohibqironning mamlakatda qat’iy tartib о‘rnatishga erishganini, har bir ishni, shu jumladan, ilm va ta’lim ishlarini belgilangan qonun va qoidalarga muvofiq amalga oshirganini, bu qonun-qoidalarni esa saltanatdagi kishilarning turli xil toifalari bilan bog‘lab tuzganini ta’kidlab о‘tish zarur. Bu haqda “Temur tuzuklari”da quyidagi sо‘zlar bitilgan: “Saltanatim martabasiga zebu ziynat berdim. Saltanatimni о‘n ikki toifaga bо‘lib, ularga tayangan holda ish yurgizdim. Saltanatim qonun-qoidalarini ham ana shu о‘n ikki toifaga bog‘lab tuzdim” [1]. Amir Temurning ulamo, fuzalo, fozillar toifasiga (birinchi toifa) alohida e’tibor bergani, ularni о‘ziga yaqinlashtirishga harakat qilgani, davlat miqyosida Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 263 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT amalga oshiriladigan tadbirlarni belgilash, muhim qarorlar qabul qilishdan avval kengashlar chaqirib, ular bilan maslahatlashgani Sohibqironning ilm-fan ahliga katta ishonch bildirganligidan dalolat beradi. Temur kengashib, maslahatlashib о‘tkazilgan tadbir sanoqsiz lashkar ojizlik qilgan kuchni yengishga imkon beradi, deb hisoblagan. Ana shuning uchun ham u olimlar va ruhoniylarga murojaat qilib, ulardan mamlakatni boshqarishda о‘z maslahatlari bilan yordam berishlarini sо‘ragan. Bu jihatdan Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” kitobi berilgan Amir Temurning yangidan bunyod etilgan Boilkan shahrida olim fuzalolar bilan о‘tkazgan kengashi haqidagi ma’lumot diqqatga sazovordir. Bu kengashdagi nutqida u shunday degan: “Fan va dinning mashhur kishilari о‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim, mamlakatda adolat о‘rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar bu ishlarni amalga oshirishda menga о‘z maslahatlaringiz bilan kо‘maklashishlaringiz kerak”. Amir Temurning ilm-fan ahliga bо‘lgan munosabati davlatni idora qilish, saltanat saroyida о‘tirish, maoshlar tayinlash va shu kabilar tuzuklarda alohida qayd qilingan. Xususan, u olimlar, donishmandlarga saroyda о‘tkaziladigan majlislarda о‘zining о‘ng tarafidan ul kishilar uchun mо‘ljallangan tomonidan о‘rin bergan. Umrining kо‘p qismini harbiy yurishlarda о‘tkazgan Amir Temur safarlarda ham olimlar bilan hamsuhbat bо‘lar edi. Jumladan, Damashq muhosara qilingan paytda, mashhur arab tarixchisi va mutafakkiri ibn Xaldun (1332 – 1406) bilan suhbatda bо‘lgan. Uchrashuv chog‘ida mashhur tarixchi Sohibqironga Qur’oni Karimning gо‘zal bir nusxasini hadya qiladi va Amir 57 Temur о‘rnidan turib, muqaddas kitobni о‘pib, boshiga qо‘ygan [2]. Xuddi ana shunday hurmat va ehtiromni Sohibqiron о‘zi zabt etgan mamlakatlardagi olim-u fuzalo, dono kishilarga nisbatan ham kо‘rsatgan “Qaysi mamlakatni zabt etgan bо‘lsam, – deb ta’kidlaydi bu haqda Amir Temur, – о‘sha yerning obrо‘-e’tiborlik kishilarini aziz tutib, sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyixlariga ta’zim bajo keltirdim va hurmatladim, ularga suyurg‘ol, vazifalar berib, maoshlarini belgiladim”. Temur davrida ilm-fanning qaytadan rivoj topishiga Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 264 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ta’sir kо‘rsatgan omillardan yana biri qо‘shni mamlakatlar, ayniqsa Xitoy [1], Hindiston bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi bо‘ldi. Turli mamlakatlardagi ilmiy markazlar, olimlar о‘rtasida aloqalarning о‘rnatilishi, xalqlarning bir-birining tarixiy madaniyatini о‘rganishi, ilm-fan sohasidagi erishgan natijalari bilan tanishishi ilmiy bilimlar taraqqiyoti uchun qulay sharoit tug‘dirgan. Temur saltanatida ilm-fanning taraqqiy etishida о‘tmish madaniyati, boyliklarini о‘rganishga e’tibor berilishi ham muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Bu davr olimlari qadimgi Yunoniston mutafakkirlarining ilmiy meroslari, xususan, Arastu asarlarining al-Kindiy tomonidan amalga oshirilgan tarjimasi, Evklidning matematikaga oid 13 kitobini о‘z ichiga olgan “Asoslar” asarining, Ptolomeyning “Almagest” kitobining Beruniy tomonidan sanskrit tiliga

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Amir Temur hukmronlik qilgan davrda ilm- fan va madaniyat sohalarida yuz bergan yuksalishlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Amir Temur hukmronlik qilgan davrda ilm- fan va madaniyat sohalarida yuz bergan yuksalishlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarixiy meros, matematika., Samarqand, Amir Temur, ilmiy markazlar, madrasa, G‘iyosiddin Koshiy, Ulug‘bek, Qazizoda Rumiy, ilm-fan, Temuriylar davri, astronomiya, madaniyat, taraqqiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники