Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QODIRIY – O’ZBEK REALIST ADABIYOTINING YORQIN NAMOYONDASI
YORQIN NAMOYONDASI · Ruxshona Xasanboyeva Nurmatjon qizi · Ilmiy rahbar: Madraximov Zoxid Sharofovich
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada XX asr boshlaridagi oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan, yangi uslub va gʻoyalarni olib kirgan adib Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiy merosi keng qamrab olingan. Asarda yozuvchining jadidchilik harakatidagi oʻrni, roman janrini oʻzbek adabiyotiga olib kirishdagi xizmatlari, “Oʻtgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarining badiiy xususiyatlari, tarixiy va ijtimoiy ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, Qodiriy asarlarida realizm, milliy uygʻonish va mustamlaka davri tanqidi qanday aks etgani tahliliy yondashuvda ochib beriladi. Maqolada adib merosining bugungi kunda ham dolzarbligi, yoshlar tarbiyasida tutgan oʻrni haqida fikr yuritiladi. Kalit soʻzlar: Abdulla Qodiriy, jadidchilik, realizm, roman, “Oʻtgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, milliy uygʻonish, “Mushtum”, “Sadoi Turkiston”, “To’y”, “Fikr aylag’il”, “Millatimga”, adabiy meros. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston vohasida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy yangilanish harakati – jadidchilik, o‘zbek xalqining milliy uyg‘onish davridagi eng muhim va hal qiluvchi bosqichlaridan biri bo‘lib tarixda muhrlanadi. Bu harakat nafaqat maktab-maorif sohasini isloh qilishga, balki adabiyot, san’at, matbuot, tafakkur va milliy ongni o‘zgartirishga qaratilgan keng ko‘lamli g‘oyaviy oqim bo‘ldi. Jadidlar Turkiston jamiyatini jaholat, urf- odatlar va eskicha qarashlar changalidan qutqarib, zamonaviy bilimlar, ilg‘or texnologiyalar, ijtimoiy adolat va xalq manfaatlarini ilgari surishga intildilar. Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 318 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Jadidchilik harakatining yetakchilari orasida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi ma'rifatparvar zotlar bo‘lsa, adabiyot maydonida esa bu g‘oyalarning yorqin targ‘ibotchisi sifatida Abdulla Qodiriy namoyon bo‘ldi. Abdulla Qodiriy o‘zining roman, hikoya, publitsistik va dramatik asarlari orqali jadidchilik mafkurasining eng chuqur, eng ta’sirchan badiiy ifodasini yaratdi. Ayniqsa, o‘zbek adabiyotida roman janriga asos solgan “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlari milliy o‘zlik, tarixiy xotira va ijtimoiy o‘zgarishlar timsoliga aylandi. Jadidlar adabiyotni insonni tarbiyalovchi, jamiyatni uyg‘otuvchi qudratli vosita deb bilganlar. Abdulla Qodiriy esa bu nazariyani badiiy jihatdan amalda isbotlab, adabiyot orqali xalqni o‘z tarixiga, o‘zligiga qaytarishga harakat qilgan. Qodiriy asarlarida Turkiston jamiyatidagi sinfiy farqlar, diniy xurofot, ayollar erkinligi, o‘zbek ziyolilarining fojiali taqdiri chuqur aks etgan. Shu jihatdan u nafaqat jadid adabiyotining, balki umuman yangi o‘zbek adabiyotining asoschilaridan biri sifatida e’tirof etiladi [1. 5-b.]. Ulkan iste'dod egasi Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkentda bog'bon oilasida dunyoga kelgan. Bo'lajak adib hayot mohiyatini, turmushdagi tirikchilik tashvishlari-yu ziddiyatlarini juda erta anglagan. XX asr avvali ijtimoiy hayotidagi tang holatlar yosh Abdullaning bolaligi-ga ham soya tashlagan. U bolaligidanoq turmush tashvishlari ichiga sho'ng'igan. Shu ma'noda adib o'z tarjimayi holiga Abdulla Qodiriyning bolaligi oid manbalarda o'sha zamonlarni xotirlab shunday yozadi: “Men qaysi yilda va qaysi oyda tug'ilg'onimni bilmayman. Har holda bemavridroq bo'lsa kerak, kambag'al, bog'bonlik bilan kun kechiruvchi bir oilada tug'ulib, yaqinlarimning so'zlariga qaraganda, mustabid Nikolay taxtga o'tirgan yilida tug'ulg'onman. Boshida boy oilada tug'uldimmi yoki kambag'al oiladami, albatta, bilmadim. Ammo yoshim 7-8 ga yetgach, qornim oshg'a to'ymag'onidan, ustum tuzukroq kiyim ko'rmaganidan aniq bildimki, besh jonning tomog'i faqat 80 yoshlik chol otamning mehnatidan. 1300 sarjin bog'ning yozda yetishtirib beradigan hosilidan kelar ekan. Agar bahor yomon kelib, bog' mevalari ofatga uchrab qolsa, biz ham ochliqqa duch kelib, qishi bilan jourashib chiqar ekanmiz”. Abdulla Qodiriy bolaligida duradgorlikni o'rganadi; akasi bilan toqichilik Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 319 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qildi. Shuningdek, u esini tanigan chog'idan boshlab, otasiga bog' ishlariga qarashadi. Bu yumush unga umr bo'yi hamroh bo'lgani ma'lum gap [2. 4-5 b.]. Yoshligidan ilmga qiziqqan, oilaviy qiyinchiliklarga qaramay eski maktab va madrasada tahsil olgan, rus-tuzem maktabida oʻqigan. Jadidlar bilan muloqotda boʻlgan, ularning gʻoyalari taʼsirida oʻzining ijtimoiy pozitsiyasini shakllantirgan. Abdulla Qodiriy jadidchilik harakatining faol ishtirokchilaridan biri sifatida matbuotda faol qatnashgan, “Mushtum”, “Sadoi Turkiston”, “Inqilob” kabi nashrlarda maqolalar yozgan. Adibning “Yangi masjid va maktab” sarlavhali asari matbuotda birinchi chiqishi edi. Shundan so’ng, “To’y”, “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylag’il’’ she’rlari nashrdan chiqadi. “Fikr aylag’il” she’rida oqil insonlarga murojaat qilib: Oqilo, fikr aylagilki, na ishlayur ahli vatan, Qaysi fosiq, qaysi johil, qaysisi bo’ldi chapan? – deb kuyunadi [3. 44-b.]. Jadidchili
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada XX asr boshlaridagi oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan, yangi uslub va gʻoyalarni olib kirgan adib Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiy merosi keng qamrab olingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada XX asr boshlaridagi oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan, yangi uslub va gʻoyalarni olib kirgan adib Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiy merosi keng qamrab olingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Sadoi Turkiston”, “To’y”, adabiy meros., jadidchilik, Abdulla Qodiriy, realizm, milliy uygʻonish, “Fikr aylag’il”, “Millatimga”, roman, “Mehrobdan chayon”, “Mushtum”, “Oʻtgan kunlar”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026