Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SINONIM IBORALAR, QOʻSHIMCHALAR HAQIDA
Vahobova Bahora
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada sinonimlar mavzusiga oid umumiy tushunchalar berib oʻtilgan hamda sinonim iboralar, qoʻshimchalar haqida ham gap ketadi. Kalit soʻzlar. Sinonim, dominanta, lugʻaviy sinonimlar, soʻz turkumlari doirasidagi sinonimlar, sinonim iboralar, sinonim qoʻshimchalar Kirish.Har bir inson muloqot qilar ekan, muloqot jarayonida soʻzlardan foydalanadi. Soʻzlovchi oʻz nutqini tinglovchiga ta’sirchan qilib yetkazib berish hamda nutqini mazmunli qilishlik uchun, albatta soʻz takroriga yoʻl qoʻymasligi kerak. Buning uchun albatta har kim sinonimlardan foydalanadi. Sinonimlarni nutqimizda qoʻllash uchun soʻz boyligimiz koʻp boʻlishi kerak. Sinonimlar soʻzning ma’no shakllaridan boʻlib, aytilishi, yozilishi xar xil lekin, ma’nosi, tushunchasi bir xil boʻlgan soʻzlardir. Sinonim ( qadimgi yunon tilidan olingan boʻlib – bir nomli )deagn ma’nolarni anglatadi. Tilimizda bir soʻzni bir necha xil ma’nolar orqali ifodalashga sinonimlar deyiladi. Sinonimlar nutqning ta’sirchanligini oshirish hamda soʻz takrorining oldini olish uchun xizmat qiladi. Sinonim faqatgina soʻzlar emas balki qoʻshimchalar, iboralar ham boʻlib kelishi mumkin. Sinonimlar bir xil ma’noni anglatsada ma’lum jihatlarda bir-biridan farq qiladi. Masalan:Yaxshi, tuzuk,durust, binoyi kabilar. Yaxshi soʻzi biror narsaning anchayin holati yuqoriroq darjada ekanligini ifodalasa, durust, tuzuk, binoyi soʻzlari esa yaxshi soʻziga nisbatan kuchsizroq ekanligini ifodalaydi. Shunday qilib, yozilishi ham, talaffuzi ham boshqa-boshqa boʻlib, umumlashgan, bir tushunchani ifodalaydigan, lekin ma’no nozikliklari bir-biridan birmuncha farq qiladigan soʻzlar sinonimlar deb ataladi. Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 365 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tilda sinonimlarning ishlatilishi soʻz boyligini koʻrsatib beradi lekin shuni ham aytish kerakki bir-biriga tamoman oʻxshash boʻlgan soʻzlarni nutqda ishlatish soʻz boyligini emas uning aksini koʻrsatadi. Asosiy qism.Har bir tilning sinonimlar lugʻati boshqa tillardan kirgan soʻzlar orqali hamda shu tilning oʻz xususiyatlaridan foydalanib yasalgan yangi soʻzlar orqali boyib boradi. Masalan: ishq, muhabbat- arabcha, sevgi- oʻzbekcha; chashma-fors-tojikcha,buloq- oʻzbekcha va boshqalar. Qoʻshimchalar qatoridagi sinonimlar -li; -ser; -dor; -ba kabi sifat yasovchi qoʻshimchalarda uchraydi va qoʻshimchalar biror narsaga ega ekanlikni, mavjudlikni ifodalaydi:gulli-guldor; basavlat- sersavlat; -siz; - be; -no qoʻshimchalari ham xuddi shunday: beodob, odobsiz, nooʻrin, oʻrinsiz. Ibiralar orasida ham sinonimlik mavjud boʻlib iboralar oʻzaro bir-biri bilan sinonimlik amalga oshiriladi.Masalan: Mum tishlamoq – Ogʻziga talqon solmoq – jim boʻlmoq, gapirmaslik ma’nosida; Ilonning yogʻini yalagan – Shaytongga dars beradigan – mugʻombir,aldoqchi insonlarga nisbatan ishlatiladi. Soʻz doirasidagi sinonimlar lugʻaviy sinonimlar deb ham ataladi. Lugʻaviy sinonimlar bir umumiy ma’noni bildirsa-da, salbiy-ijobiy ekanligiga, qaysi uslubga xosligiga, ma’no darajasiga qarab bir-biridan farq qiladi. Yuz, aft, bet, bashara, turq, oraz, uzor, ruxsor kabi soʻzlarda oraz, uzor, ruxsor soʻzlari ijobiy boʻyoqqa ega ekanligi hamda badiiy uslubga xosligiga koʻra qolganlaridan farq qiladi. Bet, aft, bashara, turq soʻzlarida esa salbiy boʻyoqdorlik kuchli. Yuz soʻzi salbiylikni ham, ijobiylikni ham ifodalamaganligi uchun dominanta soʻz deyiladi. Parda yop oraz uzra doxil boʻl ushbu bazm aro Kim erur xorij agar beparda pardoz aylasang A.Navoiy Yuqoridagi gʻazal misolida oladigan boʻlsak, gʻazalda oraz soʻzi bor, shu soʻz oʻrniga bet yoki aft soʻzlarini qoʻyib koʻraylikchi, albatta toʻgʻri kelmaydi. Agar oraz soʻzi oʻrniga bet yoki aft soʻzlarini qoʻllasak gʻazal oʻzining badiiy goʻzalligini va ta’sirchanligini yoʻqotadi. Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 366 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Aftimni koʻrgan har kim kuladi, Bu kulgi oʻz yuragimni tiladi… Gʻ.Gʻulom Yuqoridagi misrada aft soʻzi qoʻllangan va bu shoirning yuzining holati nochor ahvolda ekangligi, odamlarning buni koʻrib kulishini ifodalash uchun qoʻllanilgan. Agarda aft soʻzi oʻrniga oraz yoki uzor kabi soʻzlarni qoʻllaganimizda ma’no anchayin gʻaliz va tushunarsiz boʻlib qolar edi. Lavozim ichun kurashayotganlar orasidagi ikkiyuzlamachilik Koʻkaldoshning koʻnglini gʻash qildi. T.Malik Yuqorida Tohir Malikning “Shaytanat” asaridan parcha berilgan. Parchada Koʻngilni gʻash qilmoq iborasi qoʻllanilgan boʻlib, ibora xavotirlandi, tashvishga tushdi ma’nosida qoʻllanilgan. Dili xira boʻlmoq iborasini ham shu oʻrinda qoʻllashimiz mumkin. Sinonim soʻzlar bir ma’noviy qirrasi bilan farq qilganda, bunday sinonimlar ma’noviy sinonimlar deb ataladi. Masalan:hoʻl, shallabo, nam bu soʻzlarda nam kuchsizlkini, hoʻl esa namdan kuchliroq, shallabo hammasidan kuchliroq ekanligi bilan farq qiladi. Demak, sinonimlarning oʻzaro farqli xususiyatlaridan biri ularning qoʻshimcha ma’no nozikliklariga ega yoki ega emasligida boʻlib, bu xususiyat shu sinonimik qatordagivsoʻzlarning qoʻllanish doirasini, qoʻllan
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sinonimlar mavzusiga oid umumiy tushunchalar berib oʻtilgan hamda sinonim iboralar, qoʻshimchalar haqida ham gap ketadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sinonimlar mavzusiga oid umumiy tushunchalar berib oʻtilgan hamda sinonim iboralar, qoʻshimchalar haqida ham gap ketadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sinonim iboralar, sinonim qoʻshimchalar, Sinonim, dominanta, soʻz turkumlari doirasidagi sinonimlar, lugʻaviy sinonimlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026