Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSIQANING FUNKSIYALARI: EVOLYUTSION, IJTIMOIY VA ESTETIK YONDASHUVLAR
ESTETIK YONDASHUVLAR · Iskandarova Dilnoza Tolibjon qizi
Современное образование и развитие · 195–206 · 2025
Аннотация
Maqolada musiqaning inson hayotidagi asosiy funksiyalari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Evolyutsion va ijtimoiy yondashuvlar orqali musiqa tushunchasi turlicha izohlanadi. Kalit so‘zlar: musiqa funksiyalari, evolyutsion nazariya, ijtimoiy birdamlik, estetik tajriba, psixososial ehtiyojlar, foydalanish va qoniqish, eksperimental estetika, madaniy identitet, marosim musiqasi, o‘zbek musiqasi Ko‘pgina olimlar musiqaning potentsial funksiyalarini faqat nazariy nuqtai nazardan muhokama qilishgan. Ushbu yondashuvlar yoki nazariyalarning eng ko‘zga ko‘ringanlari aniq evolyutsion da’volarni ilgari suradiganlardir. Biroq, boshqa evolyutsion bo‘lmagan yondashuvlar ham mavjud, masalan, eksperimental estetika yoki foydalanish va qoniqish yondashuvi. Musiqa funksiyalari bu yondashuv va nazariyalardan deduktiv tarzda olingan. Bundan tashqari, adabiyotda odatda musiqaga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan funksiyalar ro‘yxati yoki to‘plamlari topiladi. Ushbu ro‘yxatlarning aksariyati adabiyotlarni qidirish natijasidir; boshqa hollarda mualliflar o‘zlari sanab o‘tgan funksiyalar bilan qanday kelishganini aniq tushuntirmaydilar. To‘liq ro‘yxatni yig‘ish maqsadini hisobga olgan holda, barcha ishlar bizning xulosamizga kiritilgan. Musiqa funksiyalari muayyan yondashuvlar yoki nazariyalardan kelib chiqadi. Musiqaga evolyutsion nuqtai nazardan yondashish G. Darvinning ishlariga borib taqaladi. U musiqaning kelib chiqishiga oid bir qancha ehtimollarni ko‘rsatgan, biroq aniq xulosaga kelmagani. Uning izdoshlari esa bu masalaga yanada qat’iy yondashganlar. Miller, musiqa yaratish biologik moslikning oqilona Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 396 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ko‘rsatkichi namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Uning fikricha, musiqiy faoliyatga qodir shaxslar jismonan sog‘lom va kuchli bo‘lishi lozimii. Boshqa nazariyalar esa musiqani hissiy va ijtimoiy aloqa vositasi sifatida ko‘radi. Panksepp va Bernatzky musiqaning ajdodlarimiz ijtimoiy tuzilmalari, ierarxiyasi va hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirishda muhim vosita bo‘lganini ta’kidlaydilariii. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida tarixan guruh bo‘lib yashashga moslashgan. Ilk ajdodlarimiz daraxtzor hududlarda hayot kechirar ekan, ovoz orqali muloqot qilish ayniqsa, melodik ohanglar (prosodiya) orqali hissiy ma’nolarni yetkazish guruh ichidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, ijtimoiy rishtalarni mustahkamlash, nizolarni bartaraf etish, bo‘ysunish va hukmronlik ierarxiyasini barqarorlashtirishning samarali usullaridan biri bo‘lgan. Bu jarayonda tovushlar, ayniqsa musiqiy ohanglar, rag‘batlantiruvchi va uyg‘unlashtiruvchi vosita sifatida xizmat qilgan bo‘lishi mumkin. Ushbu fikrga yaqin yondashuv shuni ko‘rsatadiki, musiqa ijtimoiy birdamlikni shakllantirishga hissa qo‘shadi va natijada guruh harakatlarining samaradorligi ortadi. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, mehnat qo‘shiqlari, urush marshi, beshik navolari va milliy madhiyalar oilaviy, mahalliy yoki hatto milliy darajadagi birlik va birdamlikni kuchaytiruvchi vositalar sifatida xizmat qilgan. Shunga ko‘ra, musiqa ijtimoiy stress va tajovuzni kamaytirish, ijtimoiy muvozanatni saqlash va qo‘llab-quvvatlashda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Ushbu holat O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatida ayniqsa yorqin ko‘rinadi. Xususan, o‘zbek xalqining og‘zaki an’analarida musiqa qadimdan ijtimoiy hamjihatlik, oilaviy birlik, ruhiy dalda va madaniy xotirani saqlovchi kuch sifatida ishlatilgan. Chaqaloqlar uchun aytiladigan alla ona va go‘dak o‘rtasidagi emotsional bog‘liqlikni mustahkamlab, xavfsizlik hissini vujudga keltirgan. To‘y va xalq sayillaridagi doira sadolari, dostonchilik va baxshichilik an’analari esa ijtimoiy marosimlarning emotsional birlashuvini ta’minlovchi vosita bo‘lgan. Navro‘z bayrami, xatna marosimlarida ijro etilgan an’anaviy kuy va qo‘shiqlar jamiyatni birlashtiruvchi rituallar shaklida davom etmoqda. Выпуск журнала №-29 Часть–1_Июль –2025 397 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bugungi kunda ham O‘zbekistonda musiqa milliy g‘oya, vatanparvarlik va madaniy o‘zlikni shakllantirishda faol vosita bo‘lib qolmoqda. Estrada, folklor va zamonaviy uslublar uyg‘unligidagi musiqiy oqimlar, yosh avlodning musiqiy didi orqali o‘z shaxsiy identitetini anglashiga xizmat qilmoqda. Bu holatlar musiqaning “foydalanish va qoniqish” modeli bo‘yicha ham dolzarb tahlilini talab qiladi. Musiqaning “ijtimoiy tsement” – ya’ni ijtimoiy barqarorlik va bog‘liqlikni ta’minlovchi kuch sifatidagi funksiyasi haqida g‘oya ko‘plab olimlar tomonidan ilgari surilgan. Jumladan, Huroniv, Mithenv va Bicknellvi musiqaning bu jihatini chuqur tahlil qilganlar va uni insoniyat madaniy taraqqiyotidagi muhim omil sifatida baholaganlar. Yangi evolyutsion nazariya Folk tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u musiqa go‘dak va onaga bog‘liqlikni saqlab qolish uchun alla aytish natijasida paydo bo‘lgan, deb hisoblaganvii. Folk tomonidan ilgari surilgan “chaqaloqni qo‘yish gipotezasi”ga ko‘ra, ibtidoiy onalar o‘z chaqaloqlarini bir muddat qo‘
Доказательный фрагмент
«Maqolada musiqaning inson hayotidagi asosiy funksiyalari nazariy jihatdan tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada musiqaning inson hayotidagi asosiy funksiyalari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- madaniy identitet, musiqa funksiyalari, foydalanish va qoniqish, evolyutsion nazariya, ijtimoiy birdamlik, psixososial ehtiyojlar, marosim musiqasi, estetik tajriba, o‘zbek musiqasi, eksperimental estetika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025