Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA ILMIY PARADIGMALAR: NAZARIY ASOS VA YO‘NALISHLAR
ASOS VA YO‘NALISHLAR · Radjapova Nafisa · Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch · Qadamova Shohida · Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается понятие научной парадигмы в лингвистике, её происхождение и основные типы: сравнительно-историческая, системно-структурная и антропоцентристская. Освещается влияние парадигм на методы исследования и современные направления языкознания. Особое внимание уделяется антропоцентристской парадигме, как теоретической основе анализа языка через призму человеческого мышления, культуры и социального поведения. Ключевые слова. Языкознание, парадигма, сравнительный анализ, структура, антропоцентризм, язык и мышление. 18 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Tilni ilmiy tadqiq etish maqsadida tilshunos olimlar bir qancha metod va paradigmalarga murojaat qilganlar. Paradigma (yunoncha “misol, na’muna” ma’nolarini anglatadi) fan obyektini, uning muayyan davrda hokim bo‘lgan nazariy tushunchalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan va shu asosda fanning turli bo‘limlarida o‘xshash bo‘lgan, o‘zaro bog‘langan muayyan tadqiqot metodlarining majmuidir. U ilmiy metodologiya va ilmiy metodlardan farqli o‘laroq, aniq tarixiy xususiyatga va ijtimoiy-madaniy tarqalish chegarasiga ega.1 “Paradigma” atamasi ilk bor fanga amerikalik faylasuf va tarixchi T.Kunning 1962-yilda e’lon qilingan “Ilmiy inqiloblar strukturasi” asari orqali ilmiy muomalaga kiritildi. Lingvistik nuqtai nazardan qaraganda, paradigmalar bir-birini inkor etmaydi, balki biri ikkinchisini to‘ldirib, umumlashib, ayni damda leksik, grammatik va fonetik jihatdan kategoriyalarni farqlashga va ular yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borishga xizmat qiladi. Umumiy tilshunoslikda ilmiy paradigmalar uchta turga ajratiladi: 1. qiyosiy-tarixiy paradigma; 2. sistem-struktur paradigma; 3. antropotsentik paradigma. Qiyosiy-tarixiy paradigma tilshunoslikdagi eng birinchi ilmiy paradigma hisoblanib, ilmiy tadqiqotning qiyosiy-tarixiy metodi ushbu nazariyaga asoslangan holda yaratilgan. Qiyosiy-tarixiy paradigma hozirgi kunda qiyosiy tilshunoslikda olib borilayotgan deyarli barcha tadqiqotlarning mazmun-mohiyatini tashkil qiladi. O‘z navbatida, kommunikativ tilshunoslikdagi til va nutq paradigmalari qiyosiy muloqotdagi og‘zaki til va adabiy me’yorlarga asoslangan yozma til, nutq va tilning fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarining qiyosiy tadqiqiga zamin yaratgan. Sistem-struktur paradigmaning asosiy tadqiqot obyekti narsa-buyum, tadqiqot predmeti sifatida olingan so‘zning o‘zi hisoblanib, butun e’tibor so‘z strukturasi va u ifodalagan ma’noga qaratilgan. Sistem-struktur paradigma talqini va unga yondashuvlar bugungi kundagi semantika, pragmatika, struktur tilshunoslik va konseptologiyaga oid tadqiqotlar ko‘lamida muhim o‘rin egallaydi. Sistem-struktur paradigma so‘z va leksik tarkib masalalarini qamrab oladi. Bunda so‘z oilasi (word family) bir leksemaning turli shakllari o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi, shuning uchun bir leksemaning barcha shakllari bo‘lgan so‘zlar bu turkumga misol bo‘ladi: nation (millat), national (milliy), nationalise (milliylashtirmoq), international (millatlararo), nationality (millat) va hokazo. Leksik to‘plam (lexical set) bir xil va turdagi so‘zlar o‘rtasidagi munosabatni 1 Umurzoqova M. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan uslubiy qo‘llanma. –T., 2021. – B. 31. 19 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ifodalaydi. Ular ko‘pincha giponim bo‘ladi. Masalan, sher (lion), yo‘lbars (tiger), yaguar (jaguar), silovsin (lynx), pantera (panther) mushuksimonlarning barcha turlari bo‘lib, leksik to‘plamni tashkil qiladi. Leksik maydon (lexical field) bir matnda tez-tez uchrab turadigan so‘zlarni tavsiflaydi. Misol uchun, agar biz salomatlik haqida gapiradigan yoki yozayotgan bo‘lsak, biz kasal, shifokor, og‘riqli, hayot uchun xavfli, kasalxona, davolanish, hamshira, tez yordam kabi so‘zlarni ayni matn yoki suhbatda topishimiz mumkin. Bu matnning leksik tuzilmasini tashkil qilib, uning mazmuni bilan bog‘liq bo‘ladi.2 Antropotsentrik paradigma tilshunoslikda antropotsentrizm yo‘nalishining yaralishiga sabab bo‘lgan. “Keyingi yillarda dunyo tilshunosligida tilni undan foydalanuvchi shaxsning nutqiy faoliyati, ruhiyati, ijtimoiy holati, yoshi, jinsi kabilar bilan bog‘liq holda o‘rganishga, tilning inson nutqiy faoliyati jarayonida kuzatiluvchi funksional imkoniyatlari tadqiqiga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda. Buning natijasida XX asrning oxirida tilni shaxs omili bilan bog‘liq holda o‘rganish metodologiyasiga asoslangan va o‘ziga xos tahlil usullariga ega antroposentrik tilshunoslikning turli yo‘nalishlari ajralib chiqdi. Bugungi kunda kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiya, etnolingvistika, neyrolingvistika kabi zamonaviy yo‘nalishlar o‘z tadqiq obyekti, predmeti, aniq qo‘yilgan maqsad, vazifalari, tahlil usullariga ega.”3 D.Lutfullayeva ta’kidlaganidek, antropotsentrik tilshunoslik tilni undan foydalanuvchi shaxs omili bilan bog‘liq holda o‘rganuvchi fan tarmog‘idir.4 Antroposentrizm so‘zi yunoncha anthropos – odam hamda lotincha centrum –
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается понятие научной парадигмы в лингвистике, её происхождение и основные типы: сравнительно-историческая, системно-структурная и антропоцентристская.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается понятие научной парадигмы в лингвистике, её происхождение и основные типы: сравнительно-историческая, системно-структурная и антропоцентристская. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Linguistics, paradigm, comparative analysis, structure, struktura, antropotsentrizm, Tilshunoslik, qiyosiy tadqiqot, til va tafakkur., paradigma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026