К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAXSNING IJTIMOIY MUHITGA MOSLASHUV JARAYONI: PSIXOLOGIK QARASHLAR TAHLILI

PSIXOLOGIK QARASHLAR TAHLILI · Arapbayeva Damegul Kurbanovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada shaxsning jamiyatga moslashuv jarayoni psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Xususan, ijtimoiy-psixologik moslashuv tushunchasi, uning bosqichlari, ichki va tashqi omillari, shuningdek, turli olimlar – I.G. Zaynyshev, A.N. Zhmyrikov, I.K. Kryajeva, K. Rodjers va V.M. Karimova kabi olimlar tomonidan ilgari surilgan ilmiy yondashuvlar yoritiladi. Maqolada shuningdek, moslashuvning individual psixologik xususiyatlar, shaxs salohiyati va ijtimoiy rollarni egallashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy moslashuv shaxsning ruhiy barqarorligi, o‘zini anglash darajasi va jamiyatdagi muvaffaqiyatli integratsiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Tayanch soʻzlar: ijtimoiy moslashuv, psixologik moslashuv, shaxs, ijtimoiy muhit, moslashuv bosqichlari, psixik muvozanat, o‘zini anglash, ijtimoiy rollar, individual psixologik xususiyatlar. Аbstrаct This article analyzes the process of an individual's adaptation to the social environment from a psychological perspective. Specifically, it explores the concept of socio-psychological adaptation, its stages, internal and external factors, and presents scientific views proposed by scholars such as I.G. Zaynyshev, A.N. Zhmyrikov, I.K. Kryajeva, K. Rogers, and V.M. Karimova. The article also discusses the role of individual psychological traits, personal potential, and the acquisition of social roles in the adaptation process. The findings indicate that social adaptation is closely linked to a person’s psychological stability, level of self-awareness, and successful integration into society. Keywords: social adaptation, psychological adaptation, personality, social environment, stages of adaptation, psychological balance, self-awareness, social roles, individual psychological traits. Har qanday jamiyatda shaxsning to‘laqonli rivojlanishi va unda o‘z o‘rnini topishi, avvalo, uning atrof-muhitga, ya’ni ijtimoiy hayotga moslasha olishiga bog‘liq. Bu jarayon – ijtimoiy moslashuv – psixologik fanning muhim va dolzarb 72 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shaxsning yangi muhitga, guruhga yoki jamiyatdagi o‘zgarishlarga moslashuvi nafaqat uning ichki ruhiy holatiga, balki faoliyati, munosabatlari va ijtimoiy munosabatlardagi muvaffaqiyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, ijtimoiy-psixologik moslashuv masalasini chuqur o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada moslashuv tushunchasi, uning bosqichlari, psixologik mexanizmlari va shaxs rivojidagi o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Ijtimoiy moslashuv masalasi psixologiya fanida alohida ahamiyatga ega, chunki u shaxsning jamiyat bilan bog‘lanishini, atrof-muhitda o‘zini qanday tutishi va guruhlarda qanday munosabat o‘rnatishini belgilaydi. Psixologik nuqtai nazardan, moslashuv – bu insonning tashqi sharoitlar bilan ichki ehtiyojlari, tafakkuri va hissiyotlari o‘rtasida muvozanatni ta’minlash jarayonidir. Shaxs faoliyatining samaradorligi, emosional barqarorligi va ijtimoiy munosabatlardagi muvaffaqiyati aynan shu jarayonga bog‘liq. Demak, ijtimoiy moslashuv faqat tashqi ko‘nikmalarni emas, balki insonning ichki psixologik holati va uning muhit bilan o‘zaro ta’sirini ham qamrab oladi. I.G. Zaynishev tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy moslashuvning bosqichma-bosqich rivojlanishi shaxsning atrof-muhitga moslashish jarayonini chuqur psixologik jarayon sifatida ochib beradi. Boshlang‘ich bosqichda individ tashqi xulq-atvor qoidalarini qabul qilgan bo‘lsa-da, ular ortidagi qadriyatlar tizimiga hali psixologik jihatdan yaqinlashmagan bo‘ladi. Bu bosqichda ko‘pincha formal moslashuv kuzatiladi. Sabrlilik bosqichida individ va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda teng qadrlilik hissi shakllana boshlaydi, ya’ni shaxs nafaqat tashqi talablarni, balki ularning zarurligini anglaydi. Ko‘nikish bosqichida esa individ guruh qadriyatlarini to‘liq tushunib, ichki qabul qilishga o‘tadi. Nihoyat, to‘liq moslashuv bosqichida shaxs avvalgi qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqadi va yangi ijtimoiy muhitni shaxsiy e’tiqodi darajasida qabul qiladi [2]. Psixologik nuqtai nazardan, ushbu bosqichlar shaxsning ichki qayta shakllanishi, emosional yetishishi va ijtimoiy idrokining mustahkamlanishini ifodalaydi. Moslashuv faqat tashqi muhitga javob berish emas, balki shaxsning faol ravishda o‘zini qayta ifoda etishi, individual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi bilan bog‘liq jarayondir. Shu boisdan, ijtimoiy moslashuv individual psixologik o‘sishning ham muhim mezoni hisoblanadi. A.N.Jmirikovning ta’kidlashicha, ijtimoiy-psixologik moslashuv – shaxsning 73 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ijtimoiy muhitda to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan tajriba, muloqot ko‘nikmalari va ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish jarayonidir. Bu jarayonda shaxs nafaqat tashqi muhitga moslashadi, balki u muhitda faol ishtirokchiga aylanadi. Psi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada shaxsning jamiyatga moslashuv jarayoni psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada shaxsning jamiyatga moslashuv jarayoni psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social adaptation, psychological adaptation, personality, social, o‘zini anglash, ijtimoiy rollar, ijtimoiy moslashuv, psixologik moslashuv, individual psixologik xususiyatlar., moslashuv bosqichlari, shaxs, ijtimoiy muhit, psixik muvozanat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники