Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ADVOKATLIK FAOLIYATI KAFOLATLARINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
Bunyodov Shaxzodbek Zuryod oʻgʻli
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article comprehensively analyzes the theoretical and legal foundations of the institution of guarantees of advocacy. The legal mechanisms ensuring the independence, inviolability, and professional freedom of the institution of advocacy, their harmony with constitutional norms, have been studied on a scientific basis. The article reveals practical problems in ensuring the independence of advocacy - cases of pressure on lawyers, imbalances in relations with investigative and judicial bodies, violations of the right to defense. The results of this article serve to further strengthen the legal status of the institution of advocacy, enhance its role and significance in building a state governed by the rule of law. Keywords Lawyer, advocacy, guarantees of advocacy activity, lawyer's immunity, lawyer's independence. Globallashuv jarayoni va huquqiy davlat qurilishi sharoitida advokatlik instituti davlat va jamiyat hayotining ajralmas tarkibiy qismi sifatida tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Advokatlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sudlarda ularning manfaatlarini ifoda etish, jinoyat ishlarida 28 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference himoyani ta’minlash, shuningdek, fuqarolik, iqtisodiy va boshqa nizolarda yuridik yordam ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, advokatlik faoliyatining qonuniy kafolatlari va advokat shaxsining ijtimoiy jihatdan himoyalanganligi jamiyatdagi huquqiy barqarorlik va tizimning mustahkamligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Advokatlik kasbi huquqiy davlat barpo etish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda sud-huquq tizimining adolatli ishlashida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilinish jarayonida advokatura institutining jamiyatda tutgan o‘rni alohida e’tiborga olinib, advokatlik faoliyatining asosiy kafolatlari ilk bor konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarildi. Konstitutsiyada advokat faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi, advokat va himoyalanayotgan shaxs o‘rtasidagi muloqot uchun sharoitlar yaratilishi, advokatning sha’ni va kasbiy faoliyati davlat tomonidan muhofaza qilinishi mustahkamlab qo‘yildi. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda Prezident tashabbusi bilan advokatura tizimini takomillashtirish yo‘lida muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018-yil 12-mayda qabul qilingan PF-5441-sonli Prezident farmoni advokatura institutining samaradorligini oshirish va advokatlar mustaqilligini kengaytirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va xalqga yo‘llagan Murojaatnomasida1 inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida e’tirof etilib, ushbu yo‘nalishda bir qator amaliy takliflar ilgari surildi. Xususan, davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni elektron tanlash tizimini joriy etish, advokatga jinoyat ishi ochilishi yoki tugatilishi haqida qaror nusxasini taqdim etish, shuningdek, sudga jinoyat ishi ayblov bilan birga himoyachining fikri asosida taqdim etilishi kabi mexanizmlarni joriy qilish taklif etildi. Mazkur islohotlar natijasida advokatlarning kasbiy faoliyati va ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalasi nafaqat yuridik, balki ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni mustahkamlash nuqtayi nazaridan ham dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Shu jihatdan, bu sohani ilmiy asosda chuqur o‘rganish zarurati yuzaga keldi. Ilmiy maqola usullari va metodalari 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 20.12.2022. https://president.uz/oz/lists/view/5774 29 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ushbu ilmiy maqolada Ilmiy maqola maqsad va vazifalariga erishish hamda Ilmiy maqola boʻyicha samarali natijalar olish uchun normativ-huquqiy tahlil usuli, qiyosiy huquqiy tahlil usuli, tahliliy va kritik yondashuv, tavsiya va prognozlash metodlaridan foydalanildi. Munozara Advokatlik faoliyati huquqiy davlat va fuqaro jamiyati institutlarining ajralmas boʻlagi hisoblanadi. Mazkur faoliyatning mohiyati insonning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish, sudlarda va boshqa organlarda adolatli yuridik yondashuvni taʼminlashdan iborat. Shu bois, advokatlar faoliyatining erkin, mustaqil va xavfsiz amalga oshirilishi demokratik huquqiy davlat barpo etishning muhim shartlaridan biri sanaladi. Birinchi navbatda, “advokatlik faoliyati” soʻz birikmasidagi faoliyat soʻzining lugʻaviy maʼnosiga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak. Bir guruh olimlarning fikriga koʻra “faoliyat insonning muayyan muhitdagi muayyan subyektlarga nisbatan maxsus munosabatlari yigʻindisi boʻlib, uning mazmuni jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgarishi hamda jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi bilan bogʻliq boʻladi. Faoliyat oʻz ichiga maqsad, vosita, natija va tegishli jarayonlarni qamrab ola
Доказательный фрагмент
«This article comprehensively analyzes the theoretical and legal foundations of the institution of guarantees of advocacy.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article comprehensively analyzes the theoretical and legal foundations of the institution of guarantees of advocacy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Lawyer, advocacy, guarantees of advocacy activity, lawyer's immunity, advokat daxlsizligi, advokat mustaqilligi., Advokat, advokatlik faoliyati kafolatlari, advokatura
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025