К содержанию
РецензированоUZ2026

SINTAGMATIK MUNOSABAT

SINTAGMATIK MUNOSABAT · Sharipova Firuza Mehriddinovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada sintagmatik munosabat tushunchasi, uning til va nutqdagi ifodalanishi, asosiy turlari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Muallif F. de Sossyur va boshqa tilshunoslarning fikrlariga tayanib, sintagma va sintagmatik munosabatlarning shakliy va mazmuniy jihatlarini hamda ularning gap va matn tuzilishidagi ahamiyatini yoritib beradi. Shuningdek, teng va tobe munosabatlar, sintaktik aloqa vositalari va sintagmatik munosabatlarning paradigmatik munosabatlardan farqlari misollar orqali izohlanadi. Maqolada sintagmatika asosida nutq birliklarining tartibli va mantiqiy bog‘lanishi kommunikativ jarayon samaradorligiga qanday ta’sir qilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so’zlar: Munosabat, Sintagma, Shakliy munosabat, Mazmuniy munosabat, Sintaktik aloqa, Nutq, Til tizimi, Tobe munosabat, Teng munosabat, Paradigmatik munosabat, Fikr ifodasi, Lisoniy birliklar So‘zlar nutq jarayonida o‘zaro bog‘lanib, ketma-ketlik asosida munosabatga kirishadi. Bu ketma-ketlik natijasida ikki element bir vaqtning o‘zida emas, balki biridan keyin ikkinchisi talaffuz qilinadi. F. de Sossyur fikriga ko‘ra, bunday ketma-ket joylashgan birliklarning bog‘lanishi sintagma deb ataladi. Sintagma doimo kamida ikkita birlikning ketma-ket joylashuvi natijasida yuzaga keladi va uning har bir a’zosi oldingi yoki keyingi birlikka nisbatan ma’lum qiymatga ega bo‘ladi. Sintagma ikki yoki undan ortiq birliklarning erkin bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Ba’zi tilshunoslar sintagmatik munosabat faqat nutqqa xos deb hisoblasalar, F. de Sossyur bu munosabatlar ham tilga, ham nutqqa taalluqli ekanini ta’kidlaydi. Uning fikricha, sintagmaning tipik ko‘rinishi gap bo‘lsa ham, uni faqat nutqqa xos deb cheklash to‘g‘ri emas. Sintaktik birliklar til tizimida yuqori darajadagi birlik sifatida shakl va mazmunning birligidan tashkil topadi. Sintaktik birliklar o‘rtasidagi sintagmatik munosabat ikki asosiy turga bo‘linadi: 1. Shakliy sintagmatik munosabat 2. Mazmuniy sintagmatik munosabat Shakliy sintagmatik munosabat – bu sintaktik birliklarning shakl jihatidan ketma-ket joylashuvi va bog‘lanishidir. An’anaviy tilshunoslikda “sintaktik munosabat” (mazmuniy tomon) va “sintaktik aloqa” (shakliy tomon) atamalari 65 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference farqlanadi. Har bir shakliy sintagmatik munosabat ma’lum mazmuniy sintagmatik munosabatni ham ifodalaydi, ya’ni ular shakl va mazmun dialektikasini aks ettiradi. Masalan: men keldim sintaktik qurilmasi shakliy jihatdan ega va kesim o‘rtasidagi bog‘lanish, mazmunan esa subyekt va predikat munosabatini anglatadi. Shakliy sintagmatik munosabat ikki xil bo‘ladi: Teng munosabat (tenglanish): O‘zaro teng maqomdagi birliklar bir xil grammatik shaklda, bir xil sintaktik vaziyatda turadi va ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi. Masalan: Salim, Karim, Halim keldi. Tobe munosabat (tobelanish): Bir birlik ikkinchisiga tobe bo‘ladi. Tobe birlik hokim birlikning “bo‘sh o‘rinlari”ni to‘ldiradi, uning shakliy va mazmuniy valentliklarini amalga oshiradi. Masalan: moviy osmon. Sintaktik aloqa vositalari sifatida quyidagilar ajratiladi: kelishik va egalik shakllari; yordamchi so‘zlar; ayrim holatlarda mustaqil so‘zlar (asosan olmoshlar); gap va matnda so‘zlarning tartibi; ohang. So‘zlarning o‘zgarish paradigmasidan to‘g‘ri shaklni tanlash mazmun farqlashda muhim rol o‘ynaydi: Masalan, Akamga kitob oldim (kitob kim uchun?) va Akamdan kitob oldim (kitobni kimdan?). Sintagmatika til birliklarining nutq jarayonida o‘zaro bog‘lanib, muayyan tartibda kelishiga alohida e’tibor beradi. Bu munosabatlar doimiy ketma-ketlik, mantiqiy va grammatik tartib asosida yuzaga chiqadi. Masalan: Men iste’dodli farzand sifatida Vatanimning gullab-yashnayotgan farzandiman. Bu yerda birliklar nutqda “yotiq chiziqqa” joylashib, sintagmatik munosabatlarni hosil qiladi. Sintagmatik va paradigmatik munosabatlar o‘rtasidagi farqga ham to‘xtalish lozim. Paradigmatik munosabat birliklarning bir-biri o‘rniga kelishi imkoniyati bilan bog‘liq bo‘lsa, sintagmatik munosabat birliklarning bir qatorda, muayyan ketma-ketlikda joylashuvi bilan bog‘liqdir. Xulosa qilib aytganda, sintagmatik munosabat – bu til birliklarining nutqdagi o‘zaro mantiqiy va zaruriy bog‘lanishi bo‘lib, fikrni ifodalash, mazmunni aniq yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sintagmatik 66 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference munosabatlar reallashuvi natijasida gap va matn kabi nutq birliklari yuzaga keladi va kommunikativ jarayon samaradorligini ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Akramov Sh.. O’zbek tilining gap qurilishida to’ldiruvchi va hol[WPm] valentlik aspektida. NDA. T.1997-yil. 2. Hojiyev A. O‘zbek tilida forma yasalishi. –T., 1977. 105-b.; Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T., 2006. 77-b. 3. Ломтев Т. П. Структура предложения в современном русском языке. - М., 1979, с. 49. 4. Ломтев Т. П. Структура предложения в современном русском языке. - М., 1979, с. 51. 67

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sintagmatik munosabat tushunchasi, uning til va nutqdagi ifodalanishi, asosiy turlari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sintagmatik munosabat tushunchasi, uning til va nutqdagi ifodalanishi, asosiy turlari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Paradigmatik munosabat, Sintaktik aloqa, Til tizimi, Tobe munosabat, Munosabat, Lisoniy birliklar, Shakliy munosabat, Teng munosabat, Sintagma, Mazmuniy munosabat, Nutq, Fikr ifodasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники