К содержанию
РецензированоUZ2026

TASVIRIY SAN’AT ORQALI BOLALARDA FIN MOTORIKANI RIVOJLANTIRISH

Ermurodov Dilmurat Xushvaktovich

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda boshlang‘ich ta’lim jarayonida tasviriy san’at mashg‘ulotlarining o‘quvchilarda fin motorika ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Fin motorikaning rivojlanishi bolaning idrok jarayonlari, tafakkur faoliyati va yozuvga tayyorgarligi bilan bevosita bog‘liqligi asoslab ko‘rsatilgan. Shuningdek, bolalar ijodiy faoliyatida qo‘llaniladigan zamonaviy metodik yondashuvlar va ularning psixologik-pedagogik afzalliklari tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: fin motorika, tasviriy mashg‘ulotlar, koordinatsiya, psixomotor rivojlanish. Boshlang‘ich maktab ta’limi shaxs kamolotining poydevorini qo‘yadigan eng muhim bosqich hisoblanadi. Bu davrda bola nafaqat bilim oladi, balki psixologik va fiziologik qobiliyatlari ham shakllanadi. Shu jumladan, fin motorika faoliyati — ya’ni barmoq va kaft mushaklarining aniq va muvofiqlashgan harakati — o‘quv jarayonining muhim komponentlaridan biridir. Asosiy qism Fin motorikaning rivojlanishida tasviriy faoliyatning alohida afzalligi shundaki, u bolada harakat va fikrning bir butun jarayon sifatida shakllanishini ta’minlaydi. Masalan, rasm chizish paytida bola avvalo ichki obraz yaratadi, keyin uni qog‘ozga tushirish uchun barmoqlari va bilagini muvofiqlashtiradi. Bu harakatlar bolada fazoviy idrok, diqqatni jamlash, qat’iyatlilik sifatlarini rivojlantiradi. Pedagogik tajriba ko‘rsatadiki, kichik yoshdagi bolalar bilan mashg‘ulotlarda bosqichlilik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Dastlab sodda shakllar chizish, qalin chiziqlar bo‘yicha qo‘llarni yuritish, bo‘yoqlar bilan ishlash o‘rgatiladi. Keyinchalik murakkab geometrik kompozitsiyalar yaratish, shakllarni mustaqil to‘ldirish va detalni ko‘paytirish kabi topshiriqlar qo‘shiladi. Bu bosqichma-bosqich murakkablashuv bolaning psixomotor rivojini izchil qo‘llab-quvvatlaydi. Sinfda tasviriy san`at mashg‘ulotlarini tashkil etishda turli amaliy shakllar qo‘llaniladi:  Kontur bo‘yicha bo‘yash — qo‘lning barqarorligini mustahkamlash va koordinatsiyani oshirish. 195 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference  Elementar shakllarni ketma-ket chizish — harakat ritmini va tafsilotga e’tiborni shakllantirish.  Mozaika qo‘yish — barmoqlarning sezgirligini oshirish va mayda harakatlarni mukammallashtirish.  Yelimlash va kesish — qo‘l va ko‘z koordinatsiyasini rivojlantirish, mustaqil ish ko‘nikmalarini shakllantirish. Bu faoliyatlar yozuvga tayyorgarlik jarayonida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bolani charchashsiz, tabiiy tarzda harf shakllarini chizishga tayyorlaydi. Shu sababli ko‘plab metodik ishlanmalarda yozuv oldi tayyorgarlik jarayonining ajralmas qismi sifatida tasviriy mashg‘ulotlar alohida ajratiladi. Shuningdek, tasviriy san’at bolada emotsional muvozanat va ijodiy ishtiyoq uyg‘otadi. Bola rasm chizayotganda u ruhiy bosimdan xalos bo‘ladi, o‘zini erkin ifodalashga o‘rganadi. Bu jarayon bolaning o‘ziga ishonchini oshiradi, uni mustaqil qaror qabul qilishga rag‘batlantiradi. Bugungi kunda pedagogik tajribada zamonaviy texnologiyalar ham faol qo‘llanilmoqda. Interaktiv doskalar, planshetlar, multimedia vositalari orqali bolalar tasviriy san`at faoliyatini ko‘proq zavq bilan bajaradi. Masalan, planshetda barmoq yordamida rasm chizish bolaning qo‘l mushaklarini nozik boshqarish qobiliyatini oshiradi va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Fin motorika rivoji nafaqat yozuv va san’at, balki nutq faoliyati bilan ham bevosita bog‘liq. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qo‘l barmoqlarining mushak faoliyati rivojlagan bolalarda so‘z boyligi, gap tuzish qobiliyati va ifoda aniqligi yuqori bo‘ladi. Shuning uchun mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bolaning individual rivojlanish sur’ati va qobiliyatlari hisobga olinishi lozim. Pedagogik amaliyotda ko‘rgazmali materiallar va maxsus moslamalar (sensorli kartochkalar, bo‘yoqli shtampalar, mozaika to‘plamlari) ishlatilsa, jarayon qiziqarli va samarali bo‘ladi. Bu vositalar bolaning qiziqishini oshiradi, mashg‘ulotni tabiiy va interaktiv shaklga keltiradi. Shu bilan birga, mashg‘ulotlarning tarbiyaviy ahamiyati ham alohida ta’kidlashga loyiq. Bola o‘zi yaratgan shakl va rasmlar orqali atrofdagi voqealarga, odamlar va hayvonlarga, tabiatga nisbatan o‘z qarashini ifodalaydi. Bu esa bola shaxsiyatining barkamol rivojlanishiga xizmat qiladi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlarining fin motorika shakllanishidagi samaradorligini oshirish uchun mashg‘ulotlar ko‘p qirrali metodik yondashuv asosida tashkil etilishi zarur. Jumladan, rasm chizish va bo‘yash mashg‘ulotlari bilan bir qatorda bolalarning qiziqishini oshiruvchi ijodiy o‘yinlar, kichik loyihalar va amaliy mashqlar qo‘llanishi maqsadga muvofiq. Masalan, “Qalam 196 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference izidan rasm yaratish” mashqi bolani oddiy shakldan murakkab kompozitsiya tuzishga o‘rgatadi, bunda barmoq harakati aniq va muvofiqlashtirilgan bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, tasviriy faoliyatda turli tekstura va materiallardan foydalanish — rangli qog‘oz

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda boshlang‘ich ta’lim jarayonida tasviriy san’at mashg‘ulotlarining o‘quvchilarda fin motorika ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda boshlang‘ich ta’lim jarayonida tasviriy san’at mashg‘ulotlarining o‘quvchilarda fin motorika ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fin motorika, koordinatsiya, psixomotor rivojlanish., tasviriy mashg‘ulotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники