Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LUQMON BO‘RIXON IJODIDA URUSH VA INSONIYLIKNING BADIIY TALQINI
Saparova Dilnoza Maratovna
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
В данной статье проводится художественный анализ романа Лукмона Бурихона «Люди в зное». Особое внимание уделяется индивидуальному стилю автора, многогранности образов героев, неопределённости времени и места действия, а также связности сюжета и возможности воспринимать каждую главу как самостоятельное повествование. Нейтральное отношение автора к героям, его стремление разрушить общественные стереотипы и предоставить читателю свободу интерпретации выделяют роман на фоне традиционной и современной прозы. Исследование подчёркивает новаторские поиски в поэтике романа и авторскую художественную индивидуальность. Ключевые слова: Лукмон Бурихон, Люди в зное, художественный анализ, индивидуальный стиль, современный роман, традиционный роман, характер героев, художественность, время и пространство, структура романа, восприятие реальности, авторская позиция, повествовательный стиль, сравнительный анализ, идейное направление. Annotation: This article presents a literary analysis of Luqmon Bo‘rixon’s novel People in the Heat. The focus is on the author’s unique narrative style, the multidimensional portrayal of characters, the deliberate ambiguity of time and place, and the structural continuity of the plot that allows each chapter to stand alone as an independent story. The author’s unbiased approach to characters, his challenge to societal stereotypes, and his encouragement of reader interpretation distinguish the novel within both traditional and modern literary frameworks. The study highlights the novel’s poetic innovation and the author’s artistic individuality. 141 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Keywords: Luqmon Bo‘rixon, People in the Heat, literary analysis, individual style, modern novel, traditional novel, character development, literariness, time and space, novel structure, perception of reality, authorial perspective, narrative technique, comparative analysis, ideological direction. Har bir yozuvchining ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asar uning o‘ziga xos “farzandi” sifatida talqin etiladi. Chunki xuddi farzand ota-onadan tashqi ko‘rinish, xulq-atvor va xarakter jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarni meros qilib olishi kabi, yozuvchi ham o‘z asarida faqat o‘ziga xos bo‘lgan uslub, individual xususiyatlar va o‘ziga xos jihatlarni aks ettiradi. Buning sababi shundaki, har bir yozuvchi dunyoni ijodiy idrok etish jarayonida o‘ziga xos hissiy tajriba to‘playdi, olamni o‘ziga xos ko‘rish, tushunish va talqin qilish yo‘lini shakllantiradi. Yozuvchining mahorati, tasvirlash san’ati va hikoya qilish darajasi haqida so‘z ketganda, bu xususiyatlar asarning badiiylik mezoni sifatida qaraladi. Luqmon Bo’rixonning asarlari ushbu badiiy mezonlarga asoslangan o‘ziga xos uslubni yaqqol namoyon etadi. Ayniqsa, uning “Jaziramadagi odamlar” romani badiiy tahlil qilinganda, asarning faqat o‘ziga xos bo‘lgan diqqatga sazovor jihatlari aniqlanadi. Bu xulosa, shu kungacha yozilgan va o‘qilgan turli mavzudagi romanlar bilan qiyosiy tahlil asosida shakllanadi. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, Luqmon Bo’rixonning o‘ziga xos ifoda uslubi o‘quvchining e’tiborini o‘ziga tortadi. Asarda ishlatilgan kinoya, hazil, o‘tkir suhbatlar, chuqur ma’noga ega o‘xshatishlar, o‘tkir tanqidiy mulohazalar va samimiy kulgi uyg‘otadigan tasvirlar asar tilini individuallashtiradi. Masalan, asar qahramonlaridan O’roqning onasi Xosiyat xola kelin olganidan keyin tubdan o‘zgaradi. Muallif bu jarayonni uzoq jumlalar bilan tasvirlashdan qochib, qisqa, ammo ta’sirli so‘zlar bilan Xosiyat xolaning ichki quvonchi va baxtini o‘quvchiga yetkazadi: “...Xosiyat xola, yo‘q, Xosiyat opa, yo‘q, Xosiyat yanga o‘z dunyosida o‘z bilan o‘zi g‘arq edi. Vaqti-vaqti bilan erka keliniga erkalanib, uning rangsiz lab bo‘yog‘ini yashirincha surtib, o‘z xusniga to‘ymay, xirgoyi qilib kulardi.” Muallifning voqelikni idrok etish nuqtai nazari, voqealarni kuzatishdagi o‘ziga xos nigohi va qahramonlar orqali hikoya qilish uslubi, ayniqsa, Samad obrazida yaqqol ko‘rinadi. Bu uslub yozuvchini voqealar rivojiga yoki qahramonlar tasviriga bevosita aralashishdan to‘xtatib, o‘quvchiga mustaqil xulosa chiqarish imkonini beradi. Roman ko‘pincha an’anaviy romanlar qatoriga kiritilgan bo‘lsa-da, haqiqatan ham shundaymi? An’anaviy romanlar mezonlariga ko‘ra, asarda ijobiy va salbiy qahramonlar, muhabbat mavzusi, urush tufayli ayriliq kabi o‘quvchilar ko‘nikib qolgan elementlar mavjud bo‘lib, bu romanni ushbu turga kiritishga asos bo‘lishi mumkin. Biroq, asardagi boshqa o‘ziga xos xususiyatlar uni zamonaviy romanlar qatoriga kiritadi. Odatda, ko‘plab romanlarda voqealar bir-biridan mustaqil boblardan iborat bo‘lib, boblar o‘rtasida uzilishlar, yangi mavzularning yoritilishi va mavzular o‘rtasida to‘xtalishlar kuzatiladi. Ammo “Jaziramadagi odamlar” romani boblarga bo‘lingan bo‘lsa-da, voqealar rivojidagi uzluksizlik o‘quvchining e’tiborini 142 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International sc
Доказательный фрагмент
«В данной статье проводится художественный анализ романа Лукмона Бурихона «Люди в зное».»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье проводится художественный анализ романа Лукмона Бурихона «Люди в зное». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Luqmon Bo‘rixon, People in the Heat, literary analysis, g‘oyaviy yo‘nalish., badiiy tahlil, voqelik tasviri, qahramonlar xarakteri, qiyosiy tahlil, individual uslub, badiiylik, an’anaviy roman, roman struktura, yozuvchi pozitsiyasi, zamonaviy roman, zamon va makon, Jaziramadagi odamlar, mualliflik uslubi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026