К содержанию
РецензированоUZ2005

6957 -RAQAMLI TURKIY QO‘LYOZMA XUSUSIDA

Murodova Barnoxon Kamalxodja qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2005

Аннотация

Ushbu maqolada Huvaydo ijodiga oid qo‘lyozma to‘g‘risida so‘z boradi va uning tavsifi beriladi. Kalit so‘zlar: Devon, hikmat, g‘azal, qo‘lyozma, toshbosma. Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li Huvaydo Chimyoniy XVIII asrda Farg‘ona vodiysida yashab, ijod etgan mashhur mutasavvuf shoirlardan biridir. Uning lirik devoni va “Rohati dil” manzumasi qo‘lyozma va toshbosma nusxalari respublikamizning turli kutubxona va fondlarida saqlanmoqda. Muhokama va natijalar Huvaydo hayotligida o‘z devonini tartib etmagan bo‘lsa-da, bu ulug‘ vazifani uning ijodiy merosiga sadoqat bilan yondashgan avlodlari amalga oshirishgan. Jumladan, Huvaydoning chevarasi Hoji Salohiddin Soqib va Mirza Hakim ibn Marg‘iloniylar tomonidan tartib qilingan devon boshqa devonlarga nisbatan to‘liqroq va tizimlangan holatga ega (SamDU3903). 2005-yil Ismatilla Abdulloh va Qodirqul Ro‘zmatzoda 11513 va 7522 raqamli qo‘lyozma va 1907- yil chop etilgan toshbosma asosida devon nashrini tayyorladilar. Unda shoirning 370 g‘azal, 5 mustahzod, 3 ta muxamms, 41 murabba va 28 ta ruboiysi kiritilgan . Shuningdek, Q. Ro‘zmatzoda o‘zining doktorlik disertatsiyasida sharqshunoslik qo‘lyozmalar fondida Huvaydo nomi bilan saqlanadigan 12312, 9927, 11513, 7522, 7486, 6957, 9817, 7154 raqamli devonlari mavjudligini yozadi. Bizning kuzatishimizcha, hozirda shoirning lirik she’rlari va “Rohati dil” manzumasi kiritilgan qo‘lyozmalar taxminan 30 dan ortiq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Abdusalom Xudoyberdiyev 1990-yil yoqlagan “ Jizn i tvorchestvo Xodjanazar Huvaydo” nomzodlik dissertatsiyasida ham shoirning hayot yo’li, ijodi haqida, lirikasining mavzu ko‘lami, yutuqlari haqida atroflicha fikr bildirib,sharqshunoslik qo‘lyozmalar bo‘limida 11513, 7522, 1957,77, 4946, 3696 raqamli, toshbosmalar bo‘limida 116, 4717,4056, 1333 raqamli manbalar mavjudligini ma’lum qiladi. Mavjud qo‘lyozma va toshbosmalar asosida ijodining ko‘lami haqida ma’lumotlar beradi. Biz ushbu tadqiqotimizda Sharqshunoslik intituti qo‘lyozmalar fondi Asosiy bo‘limda saqlanadigan 6957 raqamli qo‘lyozma manba haqida ma’lumot beramiz. 145 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 6957-raqamli qo‘lyozma اديؤه ناويد Devoni Huvaydo-muallifi Xo‘janazar ibn G‘oyibnazar Chimyoniy - Huvaydo taxallusi bilan ijod qilgan farg‘onalik shoir. Qo‘lyozma uchta o‘yma naqshli karton bilan muqovalangan. Muqovaning yuqori qismi singan, restavratsiya qilingan. Qo‘lyozma jami 102 varaqdan tashkil topgan. Huvaydo lirikasi 94 varaq (1b-94a) , keyingi qismlarda همان تبصم 3 (95a-97b), هیثرم 9 (97b-102a) ko‘chirilgan. 95-sahifadan 101-sahifagacha suv tegib yozuvlari bir-biriga surkalib ketgan. O‘lchami 25x15,5 sm. Basmaladan so‘ng boshlanishi: ادنوادـخ یا لــــــــــــیگروچېک هلریب مرک نېس یهلا اـــــــــــــــــتمه یــب دوــبعم اــیا یننم ــم هــلمج هاــنگ Tugallanishi (kolofon 94a): ١٢٧٥مامت هبنش زور باتك نیا Demak, hijriy 1275\1858-1859 yilda ko‘chirilgan. Kotibi Mulla Rahmatulloh. Kolofonda “tommatil kitob binil malikul vahhob” misralari, yana forsiy “shud batavfiqi xudoyi lo yanom”, “har ki xonad xudo tama’ doram”, “zi ong man bandayi gunohkoram”, “in kitob ro‘ze shanbe tamom” misralari to‘rt tomonga qiya shaklda yozib joylashtirilgan. Devondan shoirning 296 g‘azal , 5 ta mustahzod, 2 ta muxammas va 1 ta hikmati o‘rin olgan. Xulosa Xulosa qilib aytganda, mazkur qo‘lyozma devon Huvaydoning adabiy merosini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘lyozmaning holati, xati, imlo va tahririy o‘ziga xosliklar devonning matnshunoslik nuqatayi nazaridan ham qimmatli ekanini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Ҳувайдо. Девон. – Т.: Янги аср авлоди, 2007. 2. Исматуллоҳ Абдуллоҳ, Қодирқул Рўзматзода. 2. Худойбердиев А. Жизнь и творчество Ходжаназара Хувайдо. / ф.ф н. дис. - T.:, 1990. –B 3.Рузматзода Қ. Хожамназар Xувайдо диний-мистик қарашларининг (XVII- XVIII) асрлар Mарказий Oсиё тасаввуфи ривожидаги ўрни фил. фан. д-ри... дисс. – Тошкент, 2020. 4. O‘zR FA ShI Asosiy fond, inv. №6957. 146

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Huvaydo ijodiga oid qo‘lyozma to‘g‘risida so‘z boradi va uning tavsifi beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Huvaydo ijodiga oid qo‘lyozma to‘g‘risida so‘z boradi va uning tavsifi beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
g‘azal, ijod etgan mashhur mutasavvuf shoirlardan biridir. Uning lirik devoni va “Rohati dil” manzumasi qo‘lyozma va toshbosma nusxalari respublikamizning turli kutubxona va fondlarida saqlanmoqda., toshbosma. Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li Huvaydo Chimyoniy XVIII asrda Farg‘ona vodiysida yashab, Devon, hikmat, qo‘lyozma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники