К содержанию
РецензированоUZ2026

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING HAYOTI VA SIYOSIY QARASHLARI

Egamberdiyeva Nafosat Jabborberganovnа · qatnashdi. Bular orasida Hamza · Xolmuhammad Axundiy · Mirmuxsin Shermuxamedov · Nazir To‘raqulov

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Jadid, jadidchilik harakati, milliy ziyoliylar, Behbudiyning siyosiy va huquqiy qarashlari kengroq yoritilgan. Kalit so‘zlar: Jadid, jadidchilik harakati, “Sho‘royi Islomiya”, “Sho‘ryoi Ulamo”, “Qo‘qon muxtoriyati”. O‘zbekiston siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixini yaratishda jadidchilik harakatini tadqiq qilish muhim ilmiy muammolardan biridir. Bu sohada oxirgi vaqtda anchagina ilmiy va ommabop risola va maqolalar chop qilindi. Ularda jadidchilikka berilgan bir tomonlama, xaqiqatga zid baholarni noto‘g‘ri ekanligini isbotlovchi faktlar va izohlar berilgan. Hozir asosiy vazifa jadidchilik harakatining ilmiy jihatdan xolisona va halol tadqiq qilishdan iboratdir. Jadidizmning o‘rganishda qo‘lga kiritilgan boy materiallarni umumlashtirish, unga yondoshishning nazariy masalalarini chuqurlashtirish, obyektiv ilmiy haqiqatni aniqlashga mos keladigan tadqiqot yo‘llarini ishlab chiqish muhim muammolardandir. Jadidizm Turkiston ma’rifatparvarlik harakatining yuqori bosqichidir. Uning namoyondalari mamlakatni feodal qoloqlikdan chaqarish, milliy mustaqillikka erishish uchun kurashdilar. Jadidlar harakatida milliy ziyolilarning deyarli barcha ilg‘or vakillari qatnashdi. Bular orasida Hamza, Avloniy, Xolmuhammad Axundiy, Ibroxim Davron, Siddiqiy, Mirmuxsin Shermuxamedov, Nazir To‘raqulov va boshqalar bor edi. Jadidizm namoyondalarining qarashlarida xilma-xillik, ba’zi masalalarda jiddiy farq borligini inkor qilmagan holda, jadidizm mafkura, muayyan qarashlar tizimi sifatida kapitalistik taraqqiyoti extiyojlarini ifodalardi. Jadidlar harakatining sotsial ildizlari milliy burjuaziyaning vujudga kelishi va uni milliy ozodlikka intilishiga bog‘liqdir. Turkistonda jadidchilik harakatining shakllanishi va rivojlanishiga musulmonlarining milliy ozodlik harakati Mafkurchilarini ta’siri ham katta bo‘ldi. Turkistonda Sharqda rivoj topgan mustamlakachilik zulmiga qarshi qaratilgan mafkuraviy oqimlar g‘oyalari ham kirib kelardi. Jadidchilik harakatining diqqat markazida turgan masalalardan biri maorif tizimini isloh qilishdan iborat edi. Milliy manfaatlarni himoya qila biladigan, iqtisodiy va siyosiy qaramlik va qoloqlikdan chiqish muammolarini biladigan zamonaviy bilimga ega savodli kadrlar zarurligini jadidlar yaxshi anglashardi. Mana shuning uchun ham dunyoviy bilimlarni o‘rganish ishlari, maorif tizimini 143 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference isloh qilish masalasi XIX asr oxiri va XX asr boshlari Turkiston ijtimoiy fikrining diqqat markazidagi siyosiy masala bo‘lib qoldi. “Biz dinimiz va mamlakatimizni himoya qilishga qodir ishonarli va mustahkam vositaga ega bo‘lmog‘imiz shart. Bu vosita maorifdir”, deb yozgan edi Behbudiy. Behbudiyning bu fikrlari o‘z hamiyatini hozir ham yo‘qotgani yo‘q. Jadidlar siyosiy dasturi Turkistonni mustaqilligi uchun kurashish vazifasiga qaratilgan edi. Biroq jadidlar bu oliy maqsadni amalga oshirish chora va vositalarini tanlashda konkret ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat bilan hisoblashdilar. Jadidlar harakatining yirik namoyondasi, uning nazariy asosichlaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiydir(1879-1919). Behbudiy fikrlarining teranligi, siyosiy ongining yuksakligi bilan jadidlar orasida ajralib turardi. Behbudiy Rossiya siyosiy hayotidagi turli partiyalarga bo‘lgan munosabatini ifodalab, qoraguruhlar partiyasi faoliyatini qoralaydi. Bu partiya, deydi Behbudiy, podshoh bilan xalqning bir-biri bilan muloqotda bo‘lishiga g‘ovdir. Xususan, biz musulmonlar o‘z talablarimizni, din va iqtisod sohasida kamsitilishimizni podshohga arz qila olmaymiz, chunki Oliy Kengash a’zolari bizning barcha arzlarimizni rad qilib podshohga yetkazmaydilar. Behbudiy sotsialdemokratik va eserlar partiyalarining dasturlari va faoliyatini ham salbiy baholaydi. Biz musulmonlar uchun, deydi Behbudiy, bu partiyalarga ko‘shilish zararlidir. Ularning mulkchilik haqidagi talablari xato va shariatga mutloq ziddir. Shaxs erkinligi, oila haqidagi fikrlari xam biz uchun mutloq to‘g‘ri kelmaydi. Siyosiy partiyalar ichida biz uchun to‘g‘ri keladigan kadetlar partiyasidir, chunki bu partiya podshohning xalq bilan muloqotda bo‘lishiga imkoniyat yaratuvchi davlat dumasi tarafdoridir. Behbudiy 1905-yilda tashkil topgan musulmonlar partiyasiga xayrixohligini alohida ta’kidlaydi. Bu partiya, deydi Behbudiy, o‘zining umumiy siyosiy talablari va e’tiqodi bilan kadetlar partiyasiga yaqin bo‘lsada, u musulmonlarni manfaatlarini himoya qilish uchun tashkil qilingan. Shuning uchun, biz Turkiston musulmonlari, siyosatda kadetlarni qo‘llasakda, musulmonlar partiyasiga qo‘shilishimiz darkor. Bu partiyaga xizmat qilish, uni tarafdori bo‘lish, dinimiz, vatanimiz va millatimizga xizmat qilish demakdir. Musulmonlar partiyasi 1905-yil Nijniy Novgorod shahrida tashkil qilindi. Uning siyosiy talablaridan asosiysi musulmonlarning dinlariga hukumat ma’muriyatini aralashmasligini ta’minlash va mahalliy o‘zini-o‘zi idora qilish tizimini o‘rnatishdan iborat edi. Buni faqat davlat dumasi orqali amal

Доказательный фрагмент

«Jadid, jadidchilik harakati, milliy ziyoliylar, Behbudiyning siyosiy va huquqiy qarashlari kengroq yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Jadid, jadidchilik harakati, milliy ziyoliylar, Behbudiyning siyosiy va huquqiy qarashlari kengroq yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadid, “Qo‘qon muxtoriyati”., jadidchilik harakati, “Sho‘ryoi Ulamo”, “Sho‘royi Islomiya”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники