К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI ASRDA ONA TILINI SAQLASH VA RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI

MANAGEMENT AND ECONOMY · Jumamuratova Ruxshona

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar va globallashuv sharoitida ona tilini saqlash va rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb muammolar yoritiladi. Internet, sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlarning tilga ta’siri tahlil qilinadi. Muallif ona tilining raqamli muhitda faol bo‘lishi uchun zarur chora- tadbirlar va takliflarni ilgari suradi. Kalit so‘zlar: Ona tili, raqamli asr, o‘zbek tili, sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar, til madaniyati, raqamli kontent, globallashuv. XXI asr taraqqiyot asri bo‘lishi bilan birga, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt davri sifatida ham tarixga kirmoqda. Bu jarayon inson hayotining deyarli barcha jabhalarini tubdan o‘zgartirmoqda. Inson muloqoti, bilim olish, ish yuritish va hatto kundalik turmush tarzi raqamli maydonga ko‘chib bordi. Bunday keskin o‘zgarishlar til sohasini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Ayniqsa, milliy tillar uchun raqamli muhitda o‘z o‘rnini topish, zamonaviy texnologiyalar bilan hamnafas bo‘lish muhim va dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ona tili faqat tarixiy meros emas, balki hozirgi va kelajak avlod uchun ijtimoiy, madaniy, intellektual taraqqiyotning asosi ekanini inobatga olgan holda, uni raqamli asrda saqlab qolish va rivojlantirish har bir xalqning muqaddas burchidir. Bugungi kunda dunyodagi ko‘plab tillar yo‘qolish xavfi ostida turibdi. Bunga asosiy sabab sifatida ular zamonaviy texnologik vositalarda ishlatilmasligi, raqamli ekotizimlarda ularning o‘rni cheklanganligi ko‘rsatilmoqda. Afsuski, o‘zbek tili ham bu jarayonda hali to‘laqonli ishtirok eta olmayapti. Sun’iy intellekt dasturlari, avtomatik tarjimonlar, ovozli yordamchilar, matn tuzatish tizimlari singari raqamli vositalarning aksariyatida o‘zbek tilining imkoniyati cheklangan. Hatto yirik xalqaro platformalarning ayrimlari hali-hanuz o‘zbek tilini interfeys til sifatida tan olmayapti. Bu esa raqamli vositalardan foydalanuvchi yosh avlodni boshqa tillarga, ayniqsa ingliz tiliga ko‘proq moyil bo‘lishiga olib kelmoqda. Yana bir jiddiy muammo – bu ijtimoiy tarmoqlarda ona tilining buzib ishlatilishidir. Telegram, Instagram, TikTok, Facebook kabi platformalarda yoshlar til madaniyatiga e’tibor bermasdan, ko‘p hollarda aralash tillarda, grammatik va uslubiy xatolar bilan yozmoqda. “Meni blok qildi”, “deadline yaqin”, “zoomda uchrashamiz” kabi iboralar kundalik muloqotga kirib bormoqda. Bu holatning asosiy sababi, internet muhitida o‘zbek tilida sifatli, 66 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference toza va jozibali kontentning yetarli emasligidir. Natijada yosh avlod internet tilini adabiy tildan ustun qo‘ya boshlaydi. Til esa faqat rasmiy hujjatlarda emas, aynan hayotda, muloqotda, raqamli dunyoda faol qo‘llanilgandagina yashaydi va rivojlanadi. Boshqa tomondan, raqamli texnologiyalar ona tilini rivojlantirish uchun ham ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbek tilidagi elektron lug‘atlar, masalan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Til.uz” kabi portallar, grammatik va imlo tekshiruvi dasturlari, ta’lim platformalari til taraqqiyoti uchun zamonaviy poydevor bo‘lishi mumkin. Raqamli darsliklar, elektron kitoblar, mobil ilovalar, til o‘rgatuvchi veb-servislar ayniqsa talabalar, o‘quvchilar va chet elliklar uchun katta foyda keltiradi. Ammo bu sohaga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilishi, ilmiy asoslangan raqamli til korpuslari, sun’iy intellektga moslashtirilgan o‘zbek tili bazalari yaratish dolzarb bo‘lib qolmoqda. Til siyosatining yana bir muhim yo‘nalishi – raqamli sohalarda milliy tilning rasmiy maqomini ta’minlash, davlat idoralari, OAV va ta’lim muassasalarida raqamli vositalar orqali ona tilida ishlash madaniyatini shakllantirishdan iborat. Ayni paytda ba’zi davlat saytlarida til aralashuvlari, tarjimasi sust interfeyslar kuzatilmoqda. Bu holat esa fuqarolarda rasmiy tilga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi. Shuningdek, ilmiy-texnikaviy terminlarning aniq, yagona va to‘g‘ri variantda o‘zbekchalashtirilmaganligi ham raqamli dunyoda adabiy tilning mavqeini kuchsizlantiradi. Bunga barham berish uchun, avvalo, tilshunoslar, dasturchilar, pedagoglar hamkorligida zamonaviy til muhitini yaratish lozim. Til madaniyatini rivojlantirishda raqamli kontent muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda ko‘plab xorijiy tillarda blogerlar, yozuvchilar, jurnalistlar o‘z tillarida internet foydalanuvchilari uchun turli yo‘nalishlarda foydali kontent ishlab chiqmoqda. O‘zbek tilida ham bunday kontentlar sonini ko‘paytirish, ijtimoiy tarmoqlarda toza, adabiy, estetik til namunalarini keng targ‘ib etish ona tilining nufuzini oshiradi. Til jozibasini yoshlar qalbiga singdirish uchun aynan raqamli formatlar – qisqa videolar, infografikalar, interaktiv testlar, o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi.1 Xulosa qilib aytganda, raqamli asrda tilni saqlab qolish, uni rivojlantirish va zamonga moslashtirish – bu tilni kitoblarda emas, real hayotda, xususan, internet va texnologik vositalarda jonli saqlash demakdir. O‘zbek tilini raqamli maydonga olib chiqish uchun ilmiy, texnologik

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar va globallashuv sharoitida ona tilini saqlash va rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb muammolar yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar va globallashuv sharoitida ona tilini saqlash va rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb muammolar yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamli asr, globallashuv., Ona tili, raqamli kontent, til madaniyati, sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar, o‘zbek tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники