К содержанию
РецензированоUZ2025

PAREMIYALARDA HAYVON VA O‘SIMLIKLAR ORQALI METAFORA VA BADIIY OBRAZLARNI TAHLIL QILISH

UZBEKISTAN” JURNALI · Raximova Malika Sultonovna

Развитие педагогических технологий в современных науках · 03 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek va nemis tillarida hayvon hamda o‘simlik obrazlari ishtirokidagi paremiyalar lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinadi. Paremiyalarning semantik xususiyatlari, milliy tafakkurdagi obrazli ifodalar, ularning madaniy kod sifatidagi o‘rni o‘rganiladi. Tarjima jarayonida uchraydigan asosiy muammolar – ekvivalentlik, konnotativ tafovut va madaniy moslik masalalari misollar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada funksional va kontekstual tarjima strategiyalari asoslanadi. Kalit so‘zlar: paremiya, maqol, tarjima muammosi, hayvon obrazi, o‘simlik obrazlari, lingvomadaniyat, semantika, madaniy tafakkur, qiyosiy tahlil, o‘zbek tili, nemis tili. Kirish. Globallashuv jarayonida madaniyatlararo muloqot va til o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, xalq ijodining noyob shakllaridan biri bo‘lgan paremiyalarning tarjimasi dolzarb masalaga aylanmoqda. Paremiyalar har bir xalqning tarixiy tajribasi, hayotga bo‘lgan qarashi, madaniy qadriyatlari va mentalitetini ifodalovchi qisqa, obrazli iboralardir. Ular ko‘pincha hayvon yoki o‘simlik obrazlari orqali ramziy ma’no kasb etadi, bu esa ularning tarjimasini murakkablashtiradi. Til – bu nafaqat kommunikatsiya vositasi, balki xalq ruhiy dunyosining ifodasidir. Xalq tilida yashab kelayotgan maqol va matallar insonning atrof-muhit bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatini, ijtimoiy tajribasini, axloqiy qarashlarini aks ettiradi. Ayniqsa, hayvon va o‘simliklar bilan bog‘liq paremiyalar orqali inson hayoti, fazilatlari, yomon yoki yaxshi sifatlar ramziy shaklda ifoda etiladi. Biroq paremiyalardagi obrazlar har ikki tilda bir xil semantik yuklama bilan qo‘llanilavermaydi. Hayvon yoki o‘simlik bir tilda ijobiy ma’no berishi mumkin bo‘lsa, boshqa tilda salbiy konnotatsiyaga ega bo‘lishi mumkin. Natijada, so‘zma- 640 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 so‘z tarjima ma’noni buzadi yoki madaniy mos kelmaslik holatlari yuzaga keladi. Shu sababli paremiya tarjimasi faqat til vositasi sifatida emas, balki lingvomadaniy va kulturologik yondashuv bilan olib borilishi lozim. Metodologiya. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, lingvomadaniy, semantik va tarjimaviy yondashuvlardan foydalanilgan. O‘zbek va nemis tilidagi paremiyalar tanlab olinib, ularning semantik-strukturaviy xususiyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, tarjima jarayonida yuzaga keladigan madaniy nomuvofiqliklar real misollar asosida baholandi va interpretatsiya qilindi. Natijalar. Paremiyalar – bu xalq tafakkurining tiqilgan namunasi, ya’ni qisqa, obrazli, ko‘p hollarda nasihatbop shakldagi xalq donishmandligidir. Ular xalqning ko‘p asrlik tajribasi, qarashlari, madaniy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Paremiyalarni tarjima qilish esa oddiy leksik tarjima emas, balki kulturologik, semantik, lingvistik va psixologik yondashuvni talab etadi. Paremiyalar tarjimasida quyidagi muammolar kuzatiladi: Madaniy nomuvofiqlik: Hayvon yoki o‘simlik obrazining bir tilda ijobiy, boshqa tilda esa salbiy konnotatsiyada bo‘lishi. Obrazli ifodaning yo‘qligi: Ba’zi paremiyalar boshqa tilda umuman mavjud emas. Simvolik ma’noning noto‘g‘ri talqini: So‘zma-so‘z tarjimada ramziy ma’no yo‘qoladi yoki chalkash tushuniladi. Funktsional tenglikning topilmasligi: Paremiyaning grammatik shakli tarjimada saqlansa-da, emotsional va semantik yuklamasi mos kelmasligi mumkin. Tarjimadagi nazariy yondashuvlar. Paremiyalarni tarjima qilishda bir necha asosiy nazariy yondashuvlar mavjud: a) Ekvivalent tarjima. Bu yondashuvda tarjimon manba tilidagi paremiya uchun maqsad tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos keluvchi ekvivalentni topishga harakat qiladi. Misol: O‘zbekcha: It hurar, karvon o‘tar Nemischa: Die Hunde bellen, aber die Karawane zieht weiter. b) Funksional tarjima. Agar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalent bo‘lmasa, paremiya mazmunan mos boshqa bir ibora bilan almashtiriladi. Misol: O‘zbekcha: Sichqon chiqmas joydan mushuk chiqmaydi Nemischa funktsional tarjima: Wo kein Rauch ist, ist auch kein Feuer. 641 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 c) Literal (so‘zma-so‘z) tarjima. So‘zlarning grammatik tuzilmasi saqlangan holda tarjima qilinadi. Bu usul ko‘p hollarda samarasiz bo‘lib, paremiya asl ma’nosini yo‘qotishi mumkin. Misol: O‘zbekcha: Eshakni hammomga olib borsang ham sulton bo‘lmaydi Literal tarjima: Wenn du einen Esel ins Bad bringst, wird er kein Sultan. Bu tarjima nemis tilida tabiiy emas va obraz noto‘g‘ri tushuniladi. d) Izohli tarjima. Paremiya ma’nosi yoki mazmuni izoh bilan beriladi. Bu usul ilmiy matnlarda yoki o‘quv materiallarida qo‘llaniladi. Misol: O‘zbekcha: Gulga suv quy, tikaniga emas Izohli tarjima: Du sollst das Gute unterstützen, nicht das Schlechte (bildlich: die Blume gießen, nicht den Dorn). Lingvomadaniy tafovutlar roli. Hayvon va o‘simlik obrazlari milliy tafakkurda turlicha qabul qilinadi: O

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek va nemis tillarida hayvon hamda o‘simlik obrazlari ishtirokidagi paremiyalar lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek va nemis tillarida hayvon hamda o‘simlik obrazlari ishtirokidagi paremiyalar lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
badiiy obraz, hayvon obrazlari, metafora, paremiya, o‘simlik ramzi, semantika, xalq tafakkuri, estetik ifoda
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники