К содержанию
РецензированоRU2026

HOZIRGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA FOLKLORIZMLARNING AHAMIYATI

Akmuratova Biybisanem

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

В статье анализируется тенденция обращения к синтезу фольклора в узбекской поэзии эпохи независимости. Раскрывается стремление поэтов объединить жанры, образы, мифологические представления и музыкальные формы устного народного творчества с современной поэтикой. На примере творчества Усмона Азима, Йулдоша Эшбека, Махмуда Тоира рассматривается отражение тем Родины, гуманизма и исторической памяти через призму фольклорного синтеза. Ключевые слова. Независимость, узбекская поэзия, фольклор, мифология, синтез жанров, эпос, бахши, устное народное творчество, современность, талмех. Annotation. This article analyzes the tendency toward folkloric synthesis in Uzbek poetry of the independence period. It explores how poets integrate traditional genres, mythological concepts, musical elements, and folkloric imagery with modern poetic expression. Using the works of Usmon Azim, Yo‘ldosh Eshbek, Mahmud Toir as examples, the article highlights how themes of homeland, humanism, and historical memory are conveyed through folkloric- poetic fusion. Keywords. Independence, Uzbek poetry, folklore, mythology, genre synthesis, epic, baxshi, oral tradition, modernity, talmeh. Folklor va yozma adabiyot munosabati masalasi dolzarb masalalardan biri boʻlib, hozirga qadar bu muammo talqiniga doir koʻplab tadqiqotlar yaratilgan. N.Mallayev, M.Hakimov, J.Qobulniyozov kabi olimlarning Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Atoiy kabi shoirlarning folklordan foydalanish mahoratiga doir tadqiqotlari mavjud. Yozma adabiyotdagi folklorizmlarning badiiy xususiyatlari, manbalari, tasnifi, 46 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference tipologiyasiga doir B.Sarimsoqov, I.Yormatov kabi folklorshunoslarning qator maqolalari e’lon qilingan. XX asr oʻzbek adabiyoti namoyandalari asarlarida folklor elementlarining badiiy talqini masalasi Gʻ.Jalolov, Gʻ.Moʻminov, A.Sabirdinov, L.Sharipova singari tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan. Ma’lumki, XX asrning birinchi yarmida adabiyotimizda folklor an’analaridan ijodiy foydalanish jarayoni kuzatila boshlandi. Shoir va adiblarimiz oʻz badiiy niyatlaridan kelib chiqib, asar personajlari va voqealar talqinining xususiyatlarini ta’minlash maqsadida xalqimizning milliy qadriyatlariga, xususan, folklor asarlaridagi badiiyat durdonalariga murojaat qila boshladilar. Bu ijodiy jarayon hozirgi o‘zbek she’riyatida yaqqol koʻzga tashlanadi. Shu bois folklor va o‘zbek she’riyati munosabati masalasini tadqiq etishda bugungi adabiy jarayonning badiiy-estetik mezonlaridan kelib chiqib ish koʻrish, shoirlarning uslubi va ijodiy oʻziga xosligini ularning folklorga munosabatisiz tasavvur qilish mumkin boʻlmay qoldi. Shu jihatdan qaraganda shoirlarning folklor namunalaridan foydalanish mahoratini oʻrganish masalasi adabiyotshunoslik oldidagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Folklor – xalq og‘zaki ijodining boy manbai bo‘lib, xalqning dunyoqarashi, axloqiy me’yorlari, estetik didi va tarixiy xotirasini mujassamlashtiradi. Adabiyot esa bu boylikni zamonaviy badiiy tafakkur bilan uyg‘unlashtirib, yangi poetik shakllarda qayta talqin qiladi. Ayniqsa, hozirgi o‘zbek she’riyatida folklorizmlarning (ya’ni, xalq og‘zaki ijodiga xos unsurlar, obrazlar, uslublar va shakllarning) faol qo‘llanilishi zamonaviy shoirlarning milliylik, badiiylik va xalqona ruhga intilishidan dalolat beradi. Folklorizm – bu adabiy asarda xalq og‘zaki ijodi elementlarining, ya’ni maqollar, topishmoqlar, afsonalar, xalq qo‘shiqlari, doston motivlari, arxaik obrazlar kabi unsurlarining qayta ishlangan holda badiiy matnga kirib kelishidir. Adabiyot va folklor sintezi qadimdan mavjud bo‘lgan jarayon bo‘lib, turli davrlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar va epos sintezi munosabati haqida N.Rahmonov: “Eposlar yodnomalar uchun murakkab adabiy sintez komponentlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Adabiy sintez yodgorliklarning butun tarkibida bor”1 deydi. Eng qadimgi turkiy adabiyot folklor zaminida, folklor sintezi asosida shakllanishining o‘zi folklor sintezining turli davrlar adabiyotida yetakchi tamoyil sifatida muhim ahamiyat kasb etishini anglatadi. Istiqlolga erishilgandan so‘ng adabiyotda evrilishlar, yangilanishlar yuz berdi, bu holat ijodkorlarning folklor an’analari va folklorizmlardan foydalanishdagi estetik pozitsiyasining yangilanishiga, adabiyot va folklor 1 Rahmonov. N. Folklor va yozma adabiy aloqalar. T, 2022. 32-bet 47 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference sinteziga murojaat qilish tamoyilining kuchayishiga, folklor sintezi ta’sirida she’rlar yaratilishiga zamin yaratdi. Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida tom ma’noda turli ohanglar, an’analar, janrlar, obrazlar, mifologik qarashlar sintezi yuz berdiki, bu holat mazkur davrda ijod qilgan shoirlar ijodida ham yaqqol bo‘y ko‘rsatdi. “Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida folklor sintezining quyidagi shakllari namoyon bo‘lmoqda:

Доказательный фрагмент

«В статье анализируется тенденция обращения к синтезу фольклора в узбекской поэзии эпохи независимости.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируется тенденция обращения к синтезу фольклора в узбекской поэзии эпохи независимости. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Independence, Uzbek poetry, folklore, mythology, genre, janrlar sintezi, baxshi, epos, talmeh., zamonaviylik, Istiqlol, o‘zbek she’riyati, folklor, mifologiya, xalq og‘zaki ijodi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники