Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKIY ADABIYOT TARIXIDAGI "OLTUN YORUGʻ " QADIMIY YOZMA YODGORLIGI TAHLILI
YOZMA YODGORLIGI TAHLILI · Umirova Oynisa Sirojiddin qizi
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada insoniyatni toʻgʻri yoʻlga, komillikka daʼvat qiluvchi "Oltun yorugʻ" qadimiy yozma yodgorligining g’oyaviy-badiiy mazmuni tahlil etiladi. Shuningdek, "Oltun yorugʻ"ning mazmun-mohiyati, qanday tarbiyaviy ahamiyatga egaligi va bugungi yosh avlodlar uchun ibrat boʻlishi haqidagi fikrlar bayon etiladi. Kalit soʻzlar: Oltin yorugʻ, buddaviylik,yodgorlik,sudur, eʼtiqod. Qadimgi yozma obidalar badiiy adabiyotimizning muhim yodgorliklari boʻlib, qadimgi madaniy til, yozuv, ijtimoiy hayot haqida maʼlumot beruvchi manba sifatida qadrlidir. "Oltin yorug’" — buddaviylikka eʼtiqod qilgan turkiy qavmlar orasida mashhur boʻlgan qadimiy yozma yodgorlik. Asl nomi "Suvarnaprabxasa" boʻlib, sanskrit tilidan qadimiy xitoy tiliga tarjima qilingan.Oltun yorug‘” asarining qadimgi turkiydagi to‘liq nomi "Altun onglug, yaruq, yaltiriqligh, qopta kotiilmsh nom iliki atligh nom bitig — Oltin rangli, yorug', yaltiroq, hamma (narsa)dan ustun turadigan no‘mpodshohi nomli no ‘m bitigi” deb nomlanib, hozirgacha “Oltun yorug” deb nomlanib keladi. X asrda Beshbaliq shahrida Sengi Seli Tudung uni xitoy tilidan qadimiy turkiy tilga "Oltun yorugʻ" nomi bilan tarjima qilgan va eski uygʻur-turk yozuvida koʻchirgan.Oʻnta afsonani oʻz ichiga olgan "Oltun yorugʻ" 675 sahifadan iborat. Barcha afsonalarda ham buddaviylikning asosiy taʼlimoti ("najot topish" taʼlimoti) birinchi oʻrinda turadi. Mazmuni turlicha boʻlgan afsonalarning hammasini birlashtirib, yaxlit asar holiga keltirilishining bosh omili ham ana shu taʼlimotdir. Unda aks etgan "toʻrt oliy haqiqat" bosqichi ham Oʻrta Osiyo xalqlarining falsafiy qarashlariga mos keladi. "Oltun yorugʻ"ning hozirgi turkiyshunoslar koʻp foydalanadigan nusxasi XVIII asrda koʻchirilgan. Bu qoʻlyozma Sankt-Peterburgdagi Osiyo muzeyida saqlanadi. “Oltun yorugʻ” budda diniga oid sutra - muqaddas kitoblardan biri hisoblanib, u hozirda Peterburgdagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar bo‘limida saqlanadi. “Oltun yorugʻ” uyg‘ur yozuvida bitilgan yirik tarjima asaridir. Insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga, komillikka da’vat qiluvchi bu asar milodiy I asrdan boshlab XVIII asrgacha xitoy, mo‘g‘ul, tibet, yapon kabi bir qator Sharq xalqlari tillariga tarjima qilingan, turkiy tilda qayta-qayta ko‘chirilgan. “Oltun yorug‘” sudurlardan tashkil topgan. “Sudur” sanskritcha so‘z bo‘lib, “pand-nasihat, o‘git” ma’nolarini bildiradi. Bu asarni qadimgi turkiydan hozirgi o‘zbek tiliga professor 51 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Nasimxon Rahmon bir necha yil davomida tabdil qilib, dastlab “O‘zbek tili va adabiyoti”da, so‘ngra jurnal variantini qayta ishlab, ikki kitob holida chop ettirdi. Har ikki kitobga taniqli tilshunos olim, professor Hamidulla Dadaboyev mas’ul muharrirlik qilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Oltun yorug‘” — umumturkologik yodgorlik, ammo jahon turkiyshunosligida mukammal tarzda, izohlar va kattagina so‘z boshi bilan ilk bor O‘zbekistonda chop etildi. Bu adabiyotimiz, umuman, madaniyatimiz tarixiga qo‘shilgan katta hissadir. Asar qadimgi turkiy qavmlarning yozma yodgorliklari manzarasi naqadar kengligini, turkiy xalqlar badiiy tafakkuri jarayonini belgilashda muhim manba ekani bilan ham ahamiyatli. Ayni paytda turkiy xalqlarning IX-X asrlardagi o‘ziga xos til xususiyatlarini, turkiy adabiy til taraqqiyotini “Oltun yorug‘” o‘zida to‘liq mujassam etadi. “Oltun yorug‘” bir necha asrlar davomida Turonzamin ma’naviy muhiti barqarorlashuviga katta xizmat qilgan noyob asar – hujjat. Doston buddaviylik g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, alohida ilm sifatida xalqning shuuriy izlanishlari, e’tiqod butunligi orqali paydo bo‘lgan. Ayniqsa, turkiy tilli xalqlar orasida shuhrat topib, X-XVIII asrlarda o‘n martacha ko‘chirilgan va sharqning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Asarning asl matni taxminan milodiy I asrda sanskrit tilida yaratilgan. Olimlar o‘rtasida ushbu dostonning yaratilishida turkiy qavmlar ham ishtirok etgan degan fikrlar mavjud. Asar yozma adabiy manba sifatida qadimgi turkiy qavmlarning jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rnini belgilovchi muhim omillardan biri bo‘lgani bilan ham qadrlidir. "Oltun yorug‘”ning yaratilishida turkiy qavmlaming ishtiroki. Bunga, birinchidan, Oʻrta Osiyoning qadimiy mifologiyasi va afso nalaridagi qahramonlar ismining mazkur yozma yodgorlikda uchrashi bir dalildir. Jumladan, “Oltun yorug‘”ning birinchi kitobida Erlik xon (Erklig deb ham aytiladi) timsoli bor. Erlik xon turk-mo‘g‘ul mifologiyasida keng tarqalgan."Oltun yorug‘”da bayon etilishicha, Buddaning insoniyatga ko'rsatadigan cheksiz inoyati va marhamati ta’rifi yer yuzida mavjud bo‘lgan ta’rif-u tavsiflarning hammasini qamrab oladi. Insoniyatni solihlikka yetaklashda insonga imkonsiz narsa Budda uchun imkonli. Qolaversa, Buddaning o‘nta va’dasi va buddaviylikning tub mohiyati- insoniyatni komilikka yetaklash uchun ulami illatlardan xalos qilib, amaliy natijaga olib keladi. Asarda insonlami nuqsonlardan tamomila xoli, pok, ma’naviy jihatdan b
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada insoniyatni toʻgʻri yoʻlga, komillikka daʼvat qiluvchi "Oltun yorugʻ" qadimiy yozma yodgorligining g’oyaviy-badiiy mazmuni tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada insoniyatni toʻgʻri yoʻlga, komillikka daʼvat qiluvchi "Oltun yorugʻ" qadimiy yozma yodgorligining g’oyaviy-badiiy mazmuni tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- eʼtiqod., Oltin yorugʻ, sudur, yodgorlik, buddaviylik
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025