Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAFSNI POKLASH VA RUHIY TARBIYA USULLARI: ZIKR, FIKR VA MEDITATSIYA AMALIYOTLARI
MEDITATSIYA AMALIYOTLARI · Satimova Sevinch Sardorbekovna
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Purification of the human spirit and soul has long been central to various cultures and religions. Spiritual education methods are an important tool in leading a person to spiritual maturity and achieving inner peace and stability. Purification of the soul is very important for regulating a person's inner world, avoiding bad behavior, and achieving spiritual elevation. In particular, in Islamic traditions, practices such as dhikr, thought, and meditation are widely used to purify the soul. This article scientifically analyzes the basic principles of methods of purification of the soul and spiritual education, the impact of dhikr, thought, and meditation on spiritual growth, and their effectiveness. Kalit so’zlar: Nafs , zikr, fikr, meditatsiya, stress, depressiya, relaksatsiya, ruh, tilovat, ong , metod, ruhiyat, qadriyat. 77 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Ключевые слова: Желание, воспоминание, мысль, медитация, стресс, депрессия, расслабление, дух, декламация, сознание, метод, духовность, ценность. Keywords: Desire, remembrance, thought, meditation, stress, depression, relaxation, spirit, recitation, consciousness, method, spirituality, value. Inson ruhiyati va nafsini poklash qadimdan turli madaniyatlar va dinlarda markaziy o'rin tutgan. Ruhiy tarbiya usullari insonni ma'naviy kamolotga yetaklab, ichki tinchlik va barqarorlikka erishishda muhim vosita hisoblanadi. Nafsni poklash insonning ichki dunyosini tartibga solish , yomon hatti - harakatlardan saqlanish va ma’naviy yuksalishga erishish uchun juda muhim hisoblanadi. Xususan, islom an’analarida nafsni poklashda zikr, fikr va meditatsiya kabi amaliyotlar keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada nafsni poklash va ruhiy tarbiya usullarining asosiy tamoyillari, zikr, fikr va meditatsiyaning ruhiy o‘sishga ta’siri hamda ularning samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Inson hayotida nafsning poklanishi va ruhiy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Nafs, ya’ni qalb va ruhiy holat, odamning fikrlaridan, his-tuyg‘ularidan, xulq-atvoridan bevosita ta’sirlanadi. Shu sababli nafsni poklash — bu nafaqat ruhiy, balki jismoniy salomatlik, ijtimoiy munosabatlar va hayotiy muvaffaqiyatlar uchun ham zarur jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonda zikr, fikr va meditatsiya kabi amaliyotlar ruhiy tarbiyaning asosiy usullari sifatida e’tirof etiladi. Asosiy qism Aslida ruhiy tarbiya biz ko’z bilan ko’ra olmagan lekin his qilishimiz mumkin bo’lgan tushuncha va hissiyotdir. Insonlar bir birlarini anglashi o’zaro iliq munosabatda bo’lishi uchun avvalo ruhiy jihatdan yetuk bo’lishi lozim. 1. Nafsni tozalash va ruhiy tarbiya Nafs — insonning ichki olami va ruhiy hayotining asosiy qismi bo‘lib, uning poklanishi inson ma’naviyrivojlanishiningmuhim bosqichidir. Nafsni poklash orqali inson o‘zining salbiy xislatlari, xohish-istaklari va ichki bezovtaliklaridanqutuladi. Ruhiy tarbiya esa insonni o‘z-o‘zini anglashga, ichki intizom va ma’naviy tozalikka yetaklovchi tizimdir. Tasvvufda ham nafsni poklashga katta e’tibor qaratilgan. Ulamolar aytganidek, ”Kim o’z nafsini poklasa, najot topadi”. Demak, bu yo’l orqali chinakam farovonlikka qalb osoyishtaligiga erisha oladi. 2. Zikr — ruhiy tarbiyaning asosiy vositasi Zikr so‘zi arab tilidan tarjimada «eslash», «tilovat qilish» ma’nolarini anglatadi. Islomda Allohni doimiy eslash, uning sifatlarini yodga olish nafsni poklashda muhim rol o‘ynaydi. Zikr amaliyoti insonning ongini jamlab, uning 78 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference qalbini poklaydi, shuningdek, stress va bezovtalikni kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zikr amaliyoti yurak urishini barqarorlashtiradi, asab tizimini tinchlantiradi va ruhiy holatni yaxshilaydi (Koenig, 2012). Shu bilan birga, zikr orqali inson o‘zini Alloh bilan bog‘langanini his qilishi mumkin, bu esa ichki barqarorlik va ma’naviy energiyani oshiradi. 3. Fikr — o‘ylash va tahlil qilish amaliyoti Fikr — bu insonning o‘z hayotiy voqealarini, ma’naviy qadriyatlarni chuqur anglash jarayoni. Fikr qilish orqali inson o‘zini va atrofdagi olamni chuqurroq idrok etadi, ma’naviy kamolot yo‘lida muhim qadam tashlaydi. Fikr amaliyoti nafsdagi salbiy xislatlarni aniqlash va ularni tuzatishga yordam beradi. Mazkur jarayonda inson o‘zini tahlil qiladi, dunyoqarashini kengaytiradi va ruhiy barkamollikka intiladi. Bunday fikr-mulohazalar nafsni poklash va ruhiy o‘sishga xizmat qiladi. 4. Meditatsiya — ichki tinchlik va ongni tozalash Meditatsiya qadimgi Sharq falsafasi va dinlarida keng tarqalgan ruhiy mashq bo‘lib, u ongni jamlash, stressni kamaytirish va ichki uyg‘onishni kuchaytirishga qaratilgan. Meditatsiya paytida inson o‘z nafas olishiga e’tibor qaratadi, ongini tarqatmaydi, ichki tinchlik va osoyishtalik holatiga kiradi.Ilmiy tadqiqotlar meditatsiyaning inson sog‘lig‘iga ijobiy ta’sirini tasdiqlaydi: u qon bosimini pasaytiradi, immun tizimini mustahkamlaydi, depress
Доказательный фрагмент
«Purification of the human spirit and soul has long been central to various cultures and religions.»
Образец извлечения
Демо-превьюPurification of the human spirit and soul has long been central to various cultures and religions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Desire, remembrance, thought, meditation, stress, depression, tilovat, zikr, ong, depressiya, ruh, qadriyat., meditatsiya, Nafs, metod, fikr, ruhiyat, relaksatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026