Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JADIDLAR MEROSIDA OILAVIY MUNOSABATLAR
Egamberdiyeva Nafosat Jabborberganovna
Развитие педагогических технологий в современных науках · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Abdurauf Fitrat falsafiy merosida oila, jamoa va ittifoq bo‘lib yashash haqida ibratli g‘oyalar yoritilgan. Jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, shu millat oilalarining intizomiga tayanishi jadid mutaffakkirlari falsafiy qarashlari asosida ochib berilgan. Kalit so‘zlar: Oila, tarbiya, baxt-saodat, sotsial munosabatlar, millat, totuvlik, jamiyat. Sotsial munosabatlar, avvalo, oiladan baxt izlash kishidagi eng barqaror tuyg‘u, istakdir. Oila tasodifiy kishilar uyushmasi emas, unga duch kelgan talablar, ko‘rsatmalar, da’vatlar to‘g‘ri kelavermaydi. Oila insonga sokin turmush ato etadi, mehr-u muhabbat bilan yashashni o‘rgatadi, juft tanlashni, farzandlar va nabiralar ko‘rib, baxt-saodat nimaligini totib yashashni o‘rgatadi. Oila har bir jamiyatning asosi hisoblanadi. Oila barqaror, ahil, halol va pok bo‘lishi, jamiyatning ravnaq topishiga zamin yaratadi. Aksincha, oilalardagi notinchlik, beqarorlik, loqaydlik, farzandlar ta’limi hamda tarbiyasiga bepisandlik jamiyat inqiroziga olib keladi. Shu nuqtayi nazardan O‘rta Osiyo xalqlari falsafiy tafakkurida har qaysi davrda oila, jamoa va ittifoq bo‘lib yashash haqida ibratli g‘oyalar ustun turadi. SHarqona hayot tarzi va fikrlash usuli shaxsning baxtli hayotini, saodatli turmushini ushbu ijtimoiy birliklarsiz tasavvur qilolmaydi. Xalqlar va millatlar erishgan yutuqlar, madaniyat ana shu ijtimoiy ittifoqlar tufaylidir. Abdurauf Fitrat yozadi: “Dunyoda izzat va saodat tolibi bo‘lmagan birorta qavm yo‘q. Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi”[4]. Shu bilan birga Fitrat oilaviy baxt-saodatga erishishning asosiy manbayi islomiy qadriyatlarda, ularga rioya etishda, deb biladi. U Yevropa haqida ham fikr bildiradi, lekin negadir unda oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan dunyoviy qonunlarni tilga olmaydi. U dunyoviy ilmga, ma’rifatga da’vat etadi-yu, oilaviy munosabatlarda teologik, hatto patriarxal yondashuv tomonida turadi. “Imonim komilki, - deb yozadi u, - oila saodati va baxti uchun qabul qilingan eng maqbul qonun islomiy qonunlar bo‘ladi. Lekin 90 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference olamda eng badbaxt oilalar ham biz musulmonlarning o‘rtasida bo‘ladi, chunki biz ilohiy qonunlarning birontasiga rioya qilmaymiz. Baxtsizligimizning sababi oiladorlik xususidagi har bir harakatimiz, sarob orzularimiz va xato fikrlarimizning natijasi bo‘lib, aksariyati Qur’on hukmlariga ziddir. Shuning uchun zulm va tajovuz ko‘rmagan oilalar bizda nihoyatda kam ko‘rinadi”[4]. Oila baxtini ma’lum bir qadriyatlarda ko‘rgani Fitrat yondashuvining ijobiy, ilmiy tomonidir, biroq, uni din bilangina bog‘lash tor yondashuvdir. SHaxsning baxt- saodati oila bilan, oilalari baxtli qavm, xalq ham baxtlidir. “Har bir qavmning har bir oilasi saodatli va baxtli bo‘lmasalar, o‘sha qavmni baxtiyor yoki baxtli deyish xatodir. Oila a’zosidan birortasi baxtli bo‘lmasa, o‘sha oilani baxtiyor deyish ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Modomiki, qavm oilalardan va oila alohida odamlardan tarkib topgan ekan, “ozdan ko‘pga” degandek aytish mumkinki, har qavmning saodati shu qavm oilalarining baxtiyorligidan va har bir oilaning saodati shu oila a’zolarining baxtiyorligi va baxtliligi bilan bog‘liq”[4]. Ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan qismning butunga bog‘liqligi, ya’ni shaxs hayotining jamiyat hayoti bilan uyg‘unligi aksiomadir. Ammo bu aksioma qismning, shaxsning o‘z maqsadi va baxtga oid o‘z tasavvurlari borligini inkor qilmaydi. Goho ushbu maqsad va tasavvurlar butunnikidan, jamiyatnikidan keskin farq qilishi ham mumkin. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tasavvurlari o‘tgan o‘n yilliklarda kishilarimiz, jamiyatimiz ongida shakllangan adolat, davlat boshqaruvi, demokratiya va milliy taraqqiyot haqidagi qarashlaridan tubdan farq qilishini misol qilib keltirishimiz mumkin. U xalqning chinakam erkin va farovon yashashi, farzandlarining baxtli yashashiga ishonishi uchun zarur davlat dasturlarini ishlab chiqdi, butun O‘zbekiston xalqini yaratishga, innovatsion rivojlanishga chorladi[5]. Oilaviy baxtni din nuqtayi nazaridan talqin etish mustaqillikning dastlabki o‘n yilligida avj olganini aytib o‘tish darkor. Ko‘p erkaklar to‘rt xotinlik masalasini ko‘tarib chiqib, xotin-qizlarni hijob kiyishga majburlagani ham haqiqatdir[3]. Mazkur masalani Fitratning o‘zi ham muhokama qiladi. U yozadi: “Bir necha xotinga uylanish oilalarni baxtli qiladimi yoki baxtsiz? Shu oila a’zolariga shodonlik keltiradimi yoki baxtsizlik? Agarda biz o‘lkamizdagi ikki xotinlik kishilarning umumiy a
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Abdurauf Fitrat falsafiy merosida oila, jamoa va ittifoq bo‘lib yashash haqida ibratli g‘oyalar yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Abdurauf Fitrat falsafiy merosida oila, jamoa va ittifoq bo‘lib yashash haqida ibratli g‘oyalar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, jamiyat., millat, baxt-saodat, Oila, sotsial munosabatlar, totuvlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026