К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARNING BILIMINI MUSTAHKAMLASH MAQSADIDA EKSKURSIYALAR TASHKIL ETISH

Sheranova Guzal Ravshanovna

Развитие и инновации в науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida ekskursiyalar tashkil etishning nazariy asoslari, maqsadlari, turlari va ularning o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ekskursiyalar orqali o‘quvchilarda o‘quv materialini to‘g‘ri anglash, hayot bilan bog‘lash, kuzatish, taxlil qilish, ijodiy yondashuv va xulosa chiqarish ko‘nikmalari rivojlanadi. Shuningdek, maqolada ekskursiyalarni samarali tashkil etish bosqichlari, o‘qituvchining roli, metodik yondashuvlar va natijalarni baholash mezonlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, ekskursiya, ta’lim samaradorligi, kuzatuvchanlik, amaliy faoliyat, bilimni mustahkamlash, noan’anaviy dars. Boshlang‘ich ta’lim — inson hayotidagi eng muhim va poydevor bosqich hisoblanadi. Aynan shu davrda bolaning tafakkuri, bilimga qiziqishi, mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. Dars jarayonining samaradorligi esa ko‘p jihatdan o‘quvchilarning qiziqishini uyg‘ota olish, ta’lim materialini hayotiy voqelik bilan bog‘lab tushuntira olishga bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ekskursiyalarni tashkil etish boshlang‘ich ta’limda ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi bo‘lib xizmat qiladi.Ekskursiyalar orqali o‘quvchilar real hayotdagi obyektlar, hodisalar va jarayonlar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunday faoliyat o‘quvchilarda bilimga qiziqish, kuzatuvchanlik, estetik did, mehnatsevarlik va atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorlik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Boshlang‘ich ta’limda ekskursiyalar o‘quv dasturidagi mavzularni o‘zlashtirishni osonlashtirish, mavzuga nisbatan qiziqishni kuchaytirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ekskursiyalar quyidagi ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi:  O‘quvchilarda kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi;  Ta’lim materiallarini hayotiy muhitda anglash imkonini yaratadi;  Estetik didni shakllantiradi, tabiat va jamiyatga nisbatan mehr uyg‘otadi;  Jamoaviy ishlash, o‘z fikrini bildirish va muloqot madaniyatini rivojlantiradi; 5 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference  Mustaqil fikrlash, savol berish va javob topish qobiliyatini mustahkamlaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ekskursiyalar quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilishi mumkin: a) Tabiatga ekskursiya O‘quvchilar maktab yaqinidagi bog‘, o‘rmon, daryo bo‘ylariga olib boriladi. Bu orqali: O‘simlik va hayvonot dunyosini bevosita kuzatish; Tabiiy jarayonlar (ob-havo, fasllar o‘zgarishi) haqida tushunchalar mustahkamlanadi; Ekologik tarbiya asoslari shakllanadi. b) Tarixiy joylarga ekskursiya Mahalliy tarixiy yodgorliklar, maqbaralar, me’moriy obidalarni ko‘rish orqali: O‘quvchilarda milliy g‘urur hissi uyg‘onadi; Tarix darslaridagi mavzular hayotiy asosda o‘zlashtiriladi. c) Kutubxonaga ekskursiya O‘quvchilarga kutubxonadagi kitoblar, qoidalar, axloqiy me’yorlar haqida ma’lumot beriladi. Bu orqali: Kitobxonlik madaniyati shakllanadi; O‘qish va eslab qolish qobiliyati mustahkamlanadi. d) Ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya Pazandalik, hunarmandchilik yoki kichik sexlarga tashrif orqali: Mehnatga hurmat, kasb tanlashga qiziqish uyg‘onadi; Amaliy bilimlar (ishlab chiqarish jarayoni, texnika va texnologiyalar) bilan tanishiladi. Ekskursiyalarni samarali o‘tkazish uchun quyidagi bosqichlarga amal qilinishi lozim: 1.Tayyorlov bosqichi: - Mavzuga mos obyekt tanlash; - Ekskursiya rejasini tuzish; - Ota-onalarning roziligini olish; - Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnoma berish; - Didaktik topshiriqlar tayyorlash (savol-javob, rasm chizish, mini- loyihalar). 2. Asosiy bosqich (ekskursiya o‘tkazilishi): - O‘quvchilarning kuzatish faoliyatini boshqarish; - Ob'ektlar bo‘yicha tushuntirishlar berish; - Faol ishtirok va savollarga rag‘batlantirish; - Amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilish (namuna yig‘ish, tasvirga olish, hikoya yozish uchun material to‘plash). 3. Yakuniy bosqich (refleksiya va baholash): 6 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference - Ekskursiya taassurotlari bo‘yicha suhbat; - Yozma yoki og‘zaki hisobotlar; - Rasm va she’rlar ko‘rgazmasi; - Portfolioga materiallarni joylashtirish; - Natijalarni pedagogik tahlil qilish. 4. O‘qituvchining roli va metodik yondashuvlar. Ekskursiyalarni muvaffaqiyatli tashkil etishda o‘qituvchining roli juda muhimdir. U: - Ekskursiyani mavzu va o‘quv dasturiga mos ravishda rejalashtiradi; - O‘quvchilarni ijtimoiy-hayotiy jarayonlarga faol jalb etadi; - Har bir o‘quvchining individual imkoniyatlarini hisobga oladi; - Baholash mezonlarini aniqlaydi va tahlil asosida yakunlar chiqaradi. Metodik yondashuv sifatida:  Interaktiv usullar (kuzatish jurnali, fotoreportaj, guruhli tahlil);  Ko‘rgazmali vositalar (rasmlar, xaritalar, diagrammalar);  Refleksiya uslublari (klaster, “Yaxshi – Yana yaxshiroq” kabi texnikalar) qo‘llaniladi. Ekskursiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimini mustahkamlashda, ularning tafakkurini ri

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida ekskursiyalar tashkil etishning nazariy asoslari, maqsadlari, turlari va ularning o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida ekskursiyalar tashkil etishning nazariy asoslari, maqsadlari, turlari va ularning o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
amaliy faoliyat, kuzatuvchanlik, bilimni mustahkamlash, ekskursiya, boshlang‘ich ta’lim, noan’anaviy dars., ta’lim samaradorligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники