Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIL INTERFERENTSIYASINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Xusanova Mahliyo Abdunazarovna
Развитие и инновации в науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqola til hodisalari va interferensiya hodisasini lingvistik jihatdan turli til sathlari doirasida tahlil qilish, interferensiya hodisasining yuzaga kelish sabablari, til interferernsiya hodisasining turlari va olimlarning bu borada olib borgan tadqiqotlarini qamrab oladi. Kalit so‘zlar. Til, interferensiya, lingvistik interferensiya, fonetik interferensiya, sotsiolingvistika, salbiy va ijobiy interferensiya. Til millat ruhi, jamiyat ko‘zgusi. U har bir millatning xalq bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Til insonlar orasida muloqot obyekti hisoblanib, kommunikativ munosabatni amalga oshiradi. Til jamiyat va kishilar jamoasi bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq. Til jamiyatda shakllanadi va rivoj topadi. Til insonlarning muloqotga kirishuvi uchun asosiy omil ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Adabiyotlar tahlili. Til - murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni o‘rganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni o‘rganuvchi soha TILSHUNOSLIK deyiladi. Til bir qancha fanlar - sotsiologiya, sotsiolingvistika, psixologiya, etnografiya, tarix, falsafa va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi. Tilning jamiyat bilan aloqasi, lisoniy vositalarning ijtimoiy tabiati, uning insonlar hayotida tutgan o‘rnini o‘rganuvchi tilshunoslik tarmog‘i sotsiolingvistika deb nomlanib, sotsialingvistika, A. Berdialiyev ta’biri bilan aytganda, ‘‘Tilshunoslikning chaqaloq nabirasi’’dir[1.27 ]. ‘‘Sotsiolingvistika (lot. Societas – jamiyat+lingvistika) tilshunoslik va sotsiologiya fanlari aloqasi asosida yuzaga kelgan bo‘lib, tilning ijtimoiy tabiati, lisoniy muhitini hamda tilning jamiyat hayotidagi o‘rni bilan bog‘liq muommolarni o‘rganuvchi soha [2.27 ]hisoblanadi. Til jamiyatda rivojlanar ekan, ijtimoiy omillar tilga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Zero, ‘‘Til aloqa quroli sifatida o‘zi hizmat qilayotgan jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan bogʻliq ravishda yuksaladi. Jamiyat hayotidagi har qanday o‘zgarish uning tilida namoyon bo‘ladi’’. [3.160 ] Shu sababdan ham sotsiolingvistika bugungi jahon tilshunosligida dolzarb masalalar bilan shug‘ullanuvchi fan tarmog‘idir. Inson har doim izlanishdan to‘xtamaydi, har doim nimagadir intiladi. Yangi 21 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference bilimlar egallashga harakat qiladi. Dunyo ko‘rgisi, sayohatlar uyushtirib yangi tabiatli insonlar bilan muloqotga kirishishga urinadi. Bu borada horijiy tillarni o‘rganish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Hozirgi kunda esa bu kabi chet tillarini o‘rganish hayotimizning zaruriy ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Bu tillarni oʻrganish natijasida ikki tillilik va ko ‘p tillilik vujudga keldi ya’ni bilingualizm. So‘zlovchi buning natijasida yuqorida aytganimizdek, bilingual yoki trilingual va poligotga aylandi. Bu holatga soʻzlovchi ongida ikki tillilik va ko ‘p tillilik soʻzlar aloqaga kirishadi. Bu orada ular ongda va nutqda tillar kontaktini hosil qiladi. Nutqiy jarayonda chet tillaridagi soʻzlarning tilimizdagi boshqa bir chet tiliga yoki o‘zbek tilidagi so‘zlarga qoshilib nutqimizda ishtirok etishi kuzatiladi. Bu holatlarni jamiyatimizda juda ko‘p uchratishimiz mumkin. Nutqiy jarayonda tillarning bir-biriga ta’siri natijasida sotsiolingvistikaga xos tushunchalardan biri - interferensiya hodisasi yuzaga keladi. Interferentsiya hodisasi nisbatan yangi sotsiologik tushunchadir. Bir tilga xos xususiyatning boshqa bir til qurilishiga yoki uning biron bir ichki tizimiga lisoniy jihatdan ta’siri interferentsiya hodisasidir. Sodda qilib aytganda, nutqimizdagi ikki tildan bittasi ichki ta’sirda misol uchun ingliz va oʻzbek tilida gaplashuvchilar nutqida oʻzbek tilidagi soʻzlar orasida inglizcha soʻzlarning ham ishlatilishi, soʻzlarni fonetik leksik jihatdan nutqimizda ifodalanishi, soʻzlarimiz bilan birgalikda kontakt hosil qilishi interferentsiya hodisasi hisoblanadi. Interferensiya hodisasining tarjimasi ham oʻzaro ta’sir degan ma’noni bildiradi. Interferensiya hodisasi lingvistik jihatdan turli til sathlari doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga koʻra tillar qanchalik bir – biriga yaqin boʻlsa, ijobiy interferensiya, tillar bir – biriga oʻxshamagan boʻlsa salbiy interferensiya hodisasini yuzaga keladi. Interferensiya tillarning oʻzaro ta’sirida vujudga keladigan jarayon boʻlib, tilning barcha sathlarida namoyon boʻladi degan xulosaga kelingan. MUHOKAMA VA NATIJALAR INTERFERENSIYA hodisasi haqida bir qancha olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan jumladan, Praga lingvistik toʻgaragi olimlari tillardagi ana shu xususiyatlarga alohida e’tibor berib, ularni maxsus oʻrganganlar. Oʻzga tilni osonlik bilan oʻrganishga toʻsqinlik qiladigan har xil hodisalarni aniqlaganlar. Bu hodisalardan biri interferentsiya hodisasidir. Bu hodisa dastavval, fizika fanida aniqlangan boʻlib, toʻlqinlarning toʻqnashuvi natijasida ularning tebranishi amplitudasini, kuchayishi yoki susayishi ma’nosini bildirgan [Fizika, 1996: 37]. Keyinchalik esa, psixologiya fanida ham aniqlangan va u bir qanc
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola til hodisalari va interferensiya hodisasini lingvistik jihatdan turli til sathlari doirasida tahlil qilish, interferensiya hodisasining yuzaga kelish sabablari, til interferernsiya hodisasining turlari va…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola til hodisalari va interferensiya hodisasini lingvistik jihatdan turli til sathlari doirasida tahlil qilish, interferensiya hodisasining yuzaga kelish sabablari, til interferernsiya hodisasining turlari va… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lingvistik interferensiya, fonetik interferensiya, Til, salbiy va ijobiy interferensiya., interferensiya, sotsiolingvistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026