К содержанию
РецензированоUZ2026

AJINIYOZ IJODIDA VATANPARVARLIK G’OYALARINING TARANNUMI

Dadebayeva Malika Miratbayevna

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek xalqining ardoqli shoiri Muhammad Yusuf she’rlarining qoraqalpoqcha tarjimalari haqida fikrlar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, so‘z san’atkorining o‘zbek tilidagi va qoraqalpoq tilidagi she’rlari tahlilga tortilgan. O‘zbekcha she’rlarning qoraqalpoqcha tarjimalarida milliy ruhning ifodalanishi haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan. Kalit so‘zlar. O‘zbek adabiyoti, qoraqalpoq adabiyoti, lirika, obraz, o’ziga xoslik, badiiylik, milliylik, mushtaraklik, lirik qahramon. Qardosh xalqlar — xususan, o‘zbek va qoraqalpoq adabiyoti namoyandalari azaldan bir- biriga mehr bilan yondashib, o‘zaro ijodiy aloqalarni rivojlantirib kelganlar. Bu bugungi kunda ham davom etmoqda, zamonaviy tarjimalar va adabiy uchrashuvlar orqali yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bunday jarayonlar nafaqat adabiy taraqqiyot, balki umumiy madaniy integratsiyaning muhim ifodasidir. Shu bois, o‘zaro adabiy aloqalarni o‘rganish, qadrlash va davom ettirish bugungi yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy burchidir. Bu orqali nafaqat boy adabiy meros saqlab qolinar, balki xalqaro madaniy muloqotga xizmat qiladigan, millatlar o‘rtasida tinchlik va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydigan muhim qadriyatlar rivoj topadi. Muhammad Yusuf kabi yirik shoirlarning asarlarini qardosh qoraqalpoq tiliga tarjima qilish jarayoni nafaqat adabiy, balki madaniy va ruhiy hamkorlikning yorqin ifodasidir. Shoirning “Xavotir” she’rining Keńesbay Karimov va Bazarbay Seytayev tomonidan amalga oshirilgan tarjimalarda, tarjimonlar nafaqat matnning mazmunini yetkazishga, balki she’riy asarning ohangdorligi, emotsional ta’siri va estetik ruhi saqlanishiga alohida e’tibor qaratganlar. Shoirning “Xavotir” she’ri ham Keńesbay Karimov va Bazarbay Seytayevlar tomonidan tarjima qilingan. Bularni ham tahlil qilib ko‘rsak. Asliyatda: Qo‘rqaman, ertaga men o‘lib ketsam, Yotar bo‘lsam qumga botib ko‘zlarim, Ko‘nglimni ko‘chkiday bosadi bir g‘am – Yig‘lashni ham bilmas mening qizlarim…[3:11] B.Seytayev tarjimasida: Qorqaman kúni erteń ólip ketsem, Jatar bolsam qumǵa batıp júzlerim, Kewlimdi kóshkidey basadi bir ǵam – Joqlawdı bilmeydi meniń qızlarım. [5:23] Asliyatning ikkinchi misrasida “Yotar qumga botib mening ko‘zlarim” B.Seytayev tarjimasida “júzlerim” tarzida tarjima qilingan. To‘rtinchi misrasida esa “yig‘lashni” so‘zi esa “joqlawdı” so‘zi tarzida tarjima qilingan. Qaraqalpaq tiliniń túsindirme sózligida bu so‘z “geypara xalıqlardıń ólgen adamdı qayǵırıp, qosıq-jır aytıp jılaw salt dástúri” ma’nosini anglatadi. Bunga ko‘ra tarjimon bu so‘zni to‘g‘ri qo‘llagan va bu orqali ma’nosi yana ham kuchaygan. Bu orqali tarjimon o‘z xalqining lingvomadaniy xususiyatlarini ham ko‘rsatib o‘tgan desak yanglishmaymiz. 105 K.Karimov tarjimasida esa: Qorqaman, bir kúni men ólip ketsem, Jatar qumǵa batıp meniń kózlerim. Kóńlimdi kóshkidey basadı bir ǵam, J ılawdı bilmeydi-aw, meniń qızlarım. [1:68] Ikkinchi misrasidagi B.Seytayevdagi kamchilik “kózlerim” tarzida to‘g‘ri tarjima qilingan. To‘rtinchi misrasida esa “jılawdı bilmeydi-aw” ya’ni kuchaytiruvta’kid yuklamasi qo‘shilib tarjima qilingan va ma’no kuchaytirilgan. Bu esa she’rdagi ma’noning yana ham ta’sirli bo‘lishini ta’minlab bergan. Bazarbay Seytayev tarjimasida “joqlawdı” so‘zining qo‘llanishi orqali qoraqalpoq xalqining lingvomadaniy jihatlari, ya’ni marhumni motam bilan yod etish an’anasi ifodalangan bo‘lsa, bu tarjimada milliy madaniyat xususiyatlarining asarga singdirilishi kuzatiladi. Keńesbay Karimov esa “jılawdı bilmeydi-aw” kabi kuchaytiruv yuklamasi orqali emotsional ta’sirni yanada kuchaytirgan. Bu ikki tarjima namunasida ham tarjimonning individual yondashuvi, badiiy-estetik tafakkuri va madaniyatlararo muloqotga qo‘shgan hissasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Umuman olganda, bunday tarjimalar orqali ikki xalq o‘rtasidagi adabiy-madaniy rishtalar yanada mustahkamlanmoqda. Tarjimonlar faqatgina til vositachilari emas, balki xalqlararo do‘stlik, hamjihatlik va madaniy uyg‘unlik elchilari sifatida faoliyat yuritadilar. Bugungi yosh avlod uchun bunday tarjimalarni o‘rganish, tahlil qilish va davom ettirish nafaqat adabiyotshunoslik uchun, balki umumiy milliy-ma’naviy taraqqiyot yo‘lida ham dolzarb vazifalardan biridir. Shu bois, bunday izlanishlar orqali biz nafaqat she’riy asarlarning go‘zalligini anglaymiz, balki xalqimizning tarixiy, madaniy va ruhiy boyliklarini chuqurroq idrok etamiz.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek xalqining ardoqli shoiri Muhammad Yusuf she’rlarining qoraqalpoqcha tarjimalari haqida fikrlar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, so‘z san’atkorining o‘zbek tilidagi va qoraqalpoq tilidagi she’rlari ta…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek xalqining ardoqli shoiri Muhammad Yusuf she’rlarining qoraqalpoqcha tarjimalari haqida fikrlar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, so‘z san’atkorining o‘zbek tilidagi va qoraqalpoq tilidagi she’rlari ta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lirika., ijtimoiy, o’ziga xoslik, vatan, adabiy ta’sir, ohang, Ajiniyoz, obraz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники