К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK XALQINING MEHMONDORCHILIK AN'ANALARI: BADIIY, TARIXIY VA QIYOSIY TAHLIL MAHMUD SATTORNING “O‘ZBEK UDUMLARI” ASARI ASOSIDA.

EDUCATION SYSTEM · UDUMLARI” ASARI ASOSIDA. · Narziyeva Dilnoza Inoyatovna · Alisher Navoiy · Zahiriddin Muhammad Bobur · Maxtumquli kabi

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

This article is based on the “Hospitality” chapter of Mahmud Sattor’s work Uzbek Traditions, providing a historical, literary, and comparative analysis of the Uzbek custom of hospitality. Hospitality is portrayed not merely as a socio-cultural tradition, but as a symbol of humanity, honor, and generosity. The article explores how this tradition is reflected in the works of thinkers such as Mahmud al-Kashgari, Alisher Navoi, Zahiriddin Muhammad Babur, and Maxtumquli. It also highlights practical customs among Uzbeks, especially the symbolic meaning of plov, and enriches the discussion with examples from oral folk heritage. The differences between Eastern and Western approaches to hospitality are compared, and the importance of preserving this cultural value in the modern age is emphasized. Insoniyat tarixida mehmondorchilik qadriyat sifatida qadimdan mavjud bo‘lib kelgan. Ammo ayrim xalqlarda u oddiy odat darajasida qolgan bo‘lsa, o‘zbeklar hayotida bu urf-odat ijtimoiy madaniyatning eng muhim ko‘rinishlaridan biriga aylangan. Mahmud Sattor “O‘zbek udumlari” asarining “Mehmondorchilik” bobida bu qadriyatning ildizlari, tarixiy taraqqiyoti, badiiy aks etishi, va bugungi kunda tutgan o‘rni chuqur yoritilgan. Ushbu maqolada ana shu bob asosida mehmondorchilik hodisasi badiiy-estetik, tarixiy-madaniy va qiyosiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. I. Mehmondorchilik – madaniyat ko‘zgusi sifatida Mahmud Sattor o‘z asarining ushbu bo‘limida mehmondorchilikni “odamiylik, saxovat, madaniy va ma’naviy aloqa mezoni” deb ataydi. Mehmon kutish, hurmat bilan joylashtirish va izzat-ikrom bilan kuzatish orqali o‘zbek xalqi o‘zining eng yuksak insoniy fazilatlarini namoyon qiladi. Bunday yondashuv bizga xalqimiz tafakkurida mehmon oddiy “kelgan odam” emas, balki Alloh yuborgan “ulug‘ mehmon” sifatida qaralishini anglatadi. O‘zbeklar orasida “mehmon otang kabi ulug‘” degan naql bejiz yaralmagan. Mehmon xalq sha’nining sinovchisidir, mezbon esa uning ko‘zgusi. II. Tarixiy ildizlar va yozma manbalardagi aksi: Mehmondorchilik o‘zbeklarda zamonaviy davrlargacha uzluksiz davom etib kelgan qadimiy odatdir. Asarda keltirilishicha, Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida ham bu haqda yozgan. Unda: “Ko‘rgilik to‘ning – o‘zingga, Totlig‘ oshing o‘zingga, 125 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Qo‘noqqa ko‘rgiz izzat, Yoysin sha’ning uzoqqa.” Bu misralar nafaqat til, balki ma’naviyatimizda mehmonchilik odobi naqadar muhim bo‘lganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, “sha’n yoyish” degan ibora mehmon orqali xalq obro‘sining keng yoyilishini anglatadi. Bu shunchaki mehmon kutish emas, balki milliy obro‘ni muhofaza qilish, saxiylik va e’tiborni mezon qilishdir. III. Badiiy manbalardagi in’ikosi: Bobur va Maxtumquli misolida Asarda Alisher Navoiy, Maxtumquli, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mutafakkirlar asarlaridan namunalar keltiriladi. Ayniqsa, Maxtumqulining quyidagi misralari: “Moli ko‘p deb mehmon bo‘lma nomardga, Jo‘mard faqir bo‘lsa hamki bor aylar...” Bu baytlar mehmondorchilikda moddiy ta’minotdan ko‘ra, mehr-jo‘mardlik ustuvor ekanligini bildiradi. Bobur Mirzo esa, Husayn Boyqaro huzuridagi ziyofatda ichkilikdan voz kechishi, g‘oz go‘shtini buzmasligini bildirgan holatlar orqali yuqori darajadagi mehmondorchilik odobini namoyon qiladi. Bu holat yosh avlodga tarbiya, axloqiy mezon sifatida taqdim etiladi. IV. Amaliy shakllari va xalq og‘zaki ijodida aks etishi Mahmud Sattor mehmonxona degan tushunchani o‘zbek xonadonlarining ajralmas qismi sifatida ko‘rsatadi. Har bir hovlida alohida mehmonxona bo‘lgan, bu joylar 9-11 bolorli katta xonalardan iborat bo‘lgan. Mehmon kelgan paytda qishloqning ulamolari, baxshilari, shoirlari yig‘ilib, savol-javob, san’at, adabiyot va siyosat yuzasidan bahslar qilinardi. Bu — mehmonni kutish bahonasida xalqning o‘z ma’naviy boyligini namoyish etishining bir shakli edi Hazilomuz hikoyatlar, xususan, palov pishirilmaguncha mehmon ketmaganligi haqida aytilgan voqea xalq og‘zaki ijodining mehmondorchilikka aloqador bo‘lagidir. Bu hikoya orqali palovning mehmonni kuzatishdagi ramziy ma’nosi yuksak darajada badiiy ifodalangan. V. Mehmondorchilik madaniyati va hozirgi zamon Asarda zamonaviy odobsizliklar ham tanqid qilinadi. Abdulla Oripovning “Javob” she’rida mehmondo‘stlikni “pora” deb atagan ayrim kimsalar tanqid ostiga olinadi. Shoir bu kabi shaxslarni milliy qadriyatlarga befarq, nafsparast va baxillik timsoli sifatida ko‘rsatadi: “Pora bo‘libdimi bir burda nonim, Pora bo‘libdimi bir piyola choy?!” 126 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Bu qatorlar bilan shoirdan xalqimizga ogohlik sabog‘i beriladi: saxiylik — Alloh ato etgan xulq, uni pora yoki tamagirlik sifatida qabul qilish — milliy qadriyatlarni rad etishdir. VI. Qiyosiy tahlil: Sharq va G‘arbda mehmondorchilik Sharq xalqlari, ayniqsa, turkiy va musulmon madaniyatida mehmondorchilik alohida o‘rin tutadi. G‘arbda esa bu an’ana ko‘proq shaxsiy qulay

Доказательный фрагмент

«This article is based on the “Hospitality” chapter of Mahmud Sattor’s work Uzbek Traditions, providing a historical, literary, and comparative analysis of the Uzbek custom of hospitality.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is based on the “Hospitality” chapter of Mahmud Sattor’s work Uzbek Traditions, providing a historical, literary, and comparative analysis of the Uzbek custom of hospitality. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbek traditions, hospitality, Mahmud Sattor, national values, mehmondorchilik, o‘zbek adabiyoti, O‘zbek udumlari, mehmonxona., Mahmud Sattor milliy qadriyatlar Sharq madaniyati, tarixiy urf-odat, xalq og‘zaki ijodi, saxovat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники