Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOBUR OBRAZI G‘ARB NIGOHIDA: FLORA ANNIE STILL VA TARIXIY REKONSTRUKSIYA
EDUCATION SYSTEM · TARIXIY REKONSTRUKSIYA · Mohida Qodirova
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
The article analyzes the literary and aesthetic interpretation of Zahiriddin Muhammad Babur in the novel “King-Errant” by the British author Flora Annie Steel. The study examines various facets of Babur’s personality — including his portrayal as a playful child, a sensitive poet, a melodious singer, and a passionate lover and how these aspects are represented through artistic devices within the text. Particular focus is placed on the poetical expressions, psychological characterizations, and dramatic narrative components used to create Babur’s persona. Steel’s approach to the artistic reconstruction of an Eastern historical person through Western literary-aesthetic paradigms has been revealed through the application of contextual and poetic analytical methodologies. The aesthetic aspects of Babur’s fictional character and how it is interpreted in the context of Western literature have therefore been critically elucidated. Keywords: Babur’s personality, aruz, “Baburnama”, Western approach, fictional images, writer’s position. XIX asr ikkinchi yarmida Hindistonda Boburiylar sulolasiga barham bergan Britaniya hukumati nafaqat mamlakat moddiy boyliklari, balki ma’naviy 133 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference merosiga ham ega bo‘ldi. Hindiston aholisini to‘liq bo‘ysundirish va itoatda saqlab turish uchun siyosiy islohotlar bilan birgalikda ularning madaniyati, urf- odatlari, an’analarini hamda tarixini chuqur o‘rganishga kirishildi. Hindiston hayoti haqida ma’lumot beruvchi manbalar orasida “Boburnoma” o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, undagi ma’lumotlar Hindistonning katta qismini uzoq muddat qo‘l ostida ushlab turgan Boburiylar sulolasining ildizlarini o‘rganishda muhim manba edi. Shu sababli turkiy va forsiy tilni biladigan inglizzabon olimlar asarni ingliz tiliga tarjima qila boshladilar (Jeyden&Erskin, Beverij, Thakston). Ular bilan birgalikda Bobur hayoti va faoliyatidan ruhlangan bir nechta yozuvchilar Bobur shaxsini tarannum etuvchi badiiy asarlar yaratdilar (F.A. Still, H.Lamb, A.Rutserford). Ushbu mualliflar yaratgan romanlarda Bobur shaxsiyatining turli qirralari e’tibor markaziga olingan bo‘lib, barcha asarlarda Bobur shaxsiga bo‘lgan mehrni payqash mumkin. Mualliflar bevosita “Boburnoma”ning asl nusxalari, Abdurahim xoni-xonon tomonidan yaratilgan forscha tarjima, Bobur zamondoshlari yozgan asarlar hamda ingliz olimlari tomonidan yaratilgan tarjimlarga tayangan holda o‘zlarining Bobur shaxsiyatiga oid qarashlarini aks ettiradilar hamda “Boburnoma”da uzilib qolgan yillar xususida o‘z versiyalarini taqdim etadilar. Jumladan, “Jahongashta qirol”, “Bobur – yo‘lbars” hamda “Shimoldan kelgan fotihlar” asarlari bir inson hayotida sodir bo‘lgan voqealarga asoslangan original, bir-biriga o‘xshamagan asarlardir. Ular muallif yondashuvi, badiiyati, tasvirlar xilma-xilligi va muammolarga berilgan original yechimlar jihatidan bir-biridan farq qiladi. Quyida Bobur hayotini chuqur o‘rganib, u haqida go‘zal asar yozgan yozuvchilardan biri bo‘lgan Flora Annie Still va uning “Jahongashta qirol” romani tahlil qilinadi. Flora Annie Still (Vebster) Britaniya Hindistonida 22 yil davomida yashab ijod qilgan shotlandiyalik yozuvchi. U 1847-yilning 2-aprelida Sudbury monastirligida shotland parlament agenti Jorj Vebster hamda Yamaika plantatsiyalari merosxo‘ri Izabella Makkallumlarning oilasida tug‘ilgan. Bolaligi, asosan, Harrov maktabi yaqinidagi kichik villada, keyinchalik Shotlandiyadagi Forfar shahri tashqarisida Burnside turar joyida o‘tgan. Bursseldagi olti oylik maktab ta’limidan tashqari, F.A.Still, asosan, uyda ta’lim olgan va onasi uning havaskor teatr, o‘qish, rassomlik, musiqa, tikish va boshqa hunarmandchilik sohalariga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlagan [Crane&Johnston, 2007; 71]. Yozuvchi 1867-yilda Hindiston fuqarolik xizmati a’zosi Henri Stillga turmushga chiqqanidan so‘ng, Hindistonga ko‘chib keladi va umrining 22 yilini Panjobda o‘tkazadi. Hindiston hayoti, tili, madaniyatiga bo‘lgan qiziqish hamda uning stansiyadagi kasbiy faoliyati unda Hindistonning ko‘plab dialektlarini 134 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference o‘rganishiga sabab bo‘ladi. Hindiston aholisi bilan bo‘lgan qizg‘in muloqotlar natijasida F.A. Still xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘playdi va ularni 1894-yilda “Panjob ertaklari” nomi ostida nashr ettiradi. Keyinchalik faoliyati davomida hind xotin-qizlari ta’limiga jiddiy e’tibor beradi. Britaniya hukumatidan hind aholisi ta’limida islohotlar o‘tkazishni talab qiladi va hattoki “ayollar maktabi inspektori” sifatida faoliyat olib boradi. U Hindiston aholisi hayotiga chuqur kirib boradi, nafaqat ularni tushunishga, balki hind ayollari hayotini yaxshilashga urinadi. Bu yo‘lda u Hindistonda yashayotgan boshqa ingliz xonimlarini hindlarning urf-odatlari, qadriyatlari, tili va hayotini tushuntirish va ularni hind jamiyatiga moslashtirishga chaqiradi. Ushbu harakatlari natijasi o‘laroq, in
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the literary and aesthetic interpretation of Zahiriddin Muhammad Babur in the novel “King-Errant” by the British author Flora Annie Steel.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the literary and aesthetic interpretation of Zahiriddin Muhammad Babur in the novel “King-Errant” by the British author Flora Annie Steel. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Babur’s personality, aruz, “Baburnama”, Western approach, Bobur shaxsiyati, “Boburnoma“, to‘qima obrazlar, g‘arbona yondashuv, yozuvchi munosabati., aruz vazni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025