Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIL – MILLAT RUHI VA TAFAKKURINING ASOSIY IFODASI SIFATIDA
EDUCATION SYSTEM · Jumamuratova Ruxshona
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada tilning millat hayotidagi o‘rni, uning milliy tafakkur va ruhiyatni shakllantirishdagi beqiyos roli, madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi, globallashuv davrida ona tiliga tahdidlar, hamda o‘zbek tilining asrash va rivojlantirish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Tilning oddiy muloqot vositasi emas, balki milliy ong va qadriyatlar timsoli ekani asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: Ona tili, milliy tafakkur, ruhiyat, tarixiy xotira, til siyosati, til madaniyati, globallashuv, o‘zlikni anglash. Til har bir xalqning o‘zligini belgilovchi, uning tarixiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotini ifodalovchi eng muhim hodisadir. Til bor joyda xalq, millat, madaniyat yashaydi. Til yo‘qolsa, millat ham o‘zligini yo‘qotadi. Zero, til faqat aloqa vositasi emas, u xalqning qalbi, ruhi va tafakkurining eng teran qatlamlarini aks ettiruvchi ma’naviy boylikdir. Shu sababli ham ona tilini asrab- avaylash, uni sevish, unga xizmat qilish – bu har bir ongli fuqaroning, ayniqsa yosh avlodning muqaddas burchidir. Aynan til orqali inson dunyoni idrok etadi, fikrini shakllantiradi, uni ifoda etadi va boshqa insonlar bilan muloqotga kirishadi. Har qanday ijtimoiy ong shakllari – din, fan, san’at, falsafa – aynan til orqali shakllanadi va jamiyatga yetkaziladi. Shu jihatdan til milliy tafakkurning asosiy vositasi va tashuvchisi sifatida millat ruhining tirik ifodasidir. Har bir xalq o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida o‘ziga xos dunyoqarash, turmush tarzini yaratadi. Bu dunyoqarashning ifodasi esa eng avvalo til orqali namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilidagi xalq maqollari, matallar, ertaklar, dostonlar, qo‘shiqlar va she’riy misralar xalq tafakkurining eng nafis namunasidir. Misol uchun, “El bilan maslahat – elga davlat”, “Odam bolasi – el ichida ulug‘” kabi iboralar xalqning ijtimoiy ongini, jamiyatda insonning tutgan o‘rni va qadriyatlar tizimini til orqali aks ettiradi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi so‘zlarning ichki ma’nosi, ularning fonetik tovush ranglari, badiiy obrazlar yaratish imkoniyati tilning milliy tafakkur bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shu sababli ham tilga yengil qarash, uni zaruratga binoan emas, balki majburiyat sifatida ishlatish milliy qadriyatlarning yemirilishiga olib keladi. Globallashuv sharoitida ko‘plab tillar, ayniqsa, milliy tillar o‘z mavqeini yo‘qotish xavfi ostida turibdi. Dunyo bo‘yicha har ikki haftada bitta til yo‘qolayotgani haqidagi ma’lumotlar barchamizni jiddiy o‘ylantirishi kerak. Tilni saqlash va rivojlantirish uchun uni nafaqat rasmiy hujjatlarda, balki kundalik 161 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference hayotda, oilada, ta’limda, ommaviy axborot vositalarida, internetda faol va to‘g‘ri ishlatish zarur. Xususan, yoshlar tilini asrash, ularda ona tiliga nisbatan g‘urur va hurmat tuyg‘usini shakllantirish zamonaviy til siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim. Chunki bugun ona tiliga befarqlik bilan qaragan avlod ertaga o‘z millatini ham tan olmasligi mumkin.1 Til shunchaki aloqa vositasi emas, balki tarixiy xotiradir. Har bir so‘z, har bir ibora xalqning o‘tmishini, bosib o‘tgan yo‘lini eslatadi. Masalan, o‘zbek tilidagi “xalq”, “vatan”, “ozodlik”, “millat”, “e’tiqod” kabi so‘zlar ko‘p ming yillik tarixiy tajribaning mahsulidir. Bu so‘zlar insonning qalbida iliqlik, iftixor, sharaf tuyg‘ularini uyg‘otadi. Shuningdek, til – bu madaniyat manbai. Adabiyot, san’at, teatr, kinematografiya, hatto texnologik sohalarning ham rivojlanishi til bilan chambarchas bog‘liq. Til bor joyda ijod bor, til boy bo‘lsa, millat ham kuchli bo‘ladi. O‘zbekistonda davlat tilining maqomi mustahkamlanib borayotgani, so‘nggi yillarda tilga oid qonunlar va dasturlar asosida turli islohotlar amalga oshirilayotgani quvonarli hol. Lekin bu islohotlar real hayotda, odamlar ongida, kundalik nutqida ham o‘z ifodasini topishi kerak. Tilga bo‘lgan hurmat shunchaki tashqi ko‘rsatkich bilan emas, balki ichki ehtiyoj bilan yuzaga chiqishi zarur. Buning uchun esa oilada, bog‘chada, maktabda, OAVda ona tilining jozibasini oshiradigan, uni qadrlashga undaydigan muhit shakllantirilishi lozim. Xulosa qilib aytganda, til – bu millatning ruhi va tafakkurining jonli ko‘zgusidir. Tilni sevish – bu millatni sevish demakdir. Har bir o‘zbek farzandi o‘z tilida bemalol va go‘zal ifoda qila olishi, u bilan faxrlanishi, uni rivojlantirishga hissa qo‘shishi kerak. Zero, tilimiz boy, go‘zal va keng imkoniyatlarga ega. Uni asrash, boyitish va kelajak avlodga yetkazish – bizning tarixiy va ma’naviy burchimizdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Yusupova L. Til va jamiyat: tilning ijtimoiy funksiyalari. – Toshkent: Ma’naviyat, 2017. 2. Rasulov M., Moydinov M. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. 3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 1 Yo‘ldoshev Q. Zamonaviy o‘zbek tilining dolzarb masalalari. – Toshkent: Fan, 2020. –B. 78. 162 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conferen
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tilning millat hayotidagi o‘rni, uning milliy tafakkur va ruhiyatni shakllantirishdagi beqiyos roli, madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi, globallashuv davrida ona tiliga tahdidlar, hamda o‘zbek tilinin…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tilning millat hayotidagi o‘rni, uning milliy tafakkur va ruhiyatni shakllantirishdagi beqiyos roli, madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi, globallashuv davrida ona tiliga tahdidlar, hamda o‘zbek tilinin… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarixiy xotira, milliy tafakkur, globallashuv, o‘zlikni anglash., til siyosati, Ona tili, til madaniyati, ruhiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026