К содержанию
РецензированоRU2026

ZARDUSHTIYLIK DININING VUJUDGA KELISH SABABLARI

EDUCATION SYSTEM · Sobirov Zafar Karimovich

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

В данной статье рассматриваются причины возникновения зороастризма — одной из первых религиозных верований в истории человеческой цивилизации. Освещаются процессы зарождения этой религии, её развитие и распространение. Kalit so‘zlar: Zaratushtra, ko’pxudolik dinlari, “Mazdayasna”, “Behdin”, AxuraMazda, “Goxlari”, “Yasht”, Bratarvaxsh, Kavi Vishtaspa, so’g’diylar,ostadon. Keywords: Zoroaster, polytheistic religions, Mazdayasna, Behdin, Ahura Mazda, Gathas, Yasht, Bratarvakhsh, Kavi Vishtaspa, Sogdians, ossuary. Ключевые слова: Заратуштра, политеистические религии, «Маздаясна», «Бехдин», Ахура-Мазда, «Гаты», «Яшты», Братарвахш, Кави Виштаспа, согдийцы, оссуарий. Tarixdan ma’lumki dunyoda juda ko’plab dinlar mavjud bo’lgan. Ularning ba’zilari esa hozirga qadar saqlanib qolgan. Bu mavzuda gap boshlar ekanmiz avvalo “Din bizga nimaga kerak?”- degan savol paydo bo’ladi. Gap shundaki nafaqat tarixda, balki bugungi kunda ham ijtimoiy hayotni diniy e’tiqodsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Negaki din bo’lmasa insoniyat ham bo’lmaydi. Din bu jamiyatni bir maromda ushlab turuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Chunki din bo’lmasa jamiyatda har xil buzg’unchilik, talonchilik, jinoyat, faqat bugungi kun bilan yashash kabi bir qancha salbiy g’oyalar jamiyatning har bir jabhasiga o’zining ulkan ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Ayni paytda din tarixning har bir bosqichida xalqlarning ijtimoiy iqtisodiy rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Osiyoning markaziy qismida shunday bir yorug’lik paydo bo’ldi-ki bu narsa o’sha davr insoniyat taraqqiyotiga ta’sir o’tkazmay qolmadi. Sharqiy Eron va Markaziy Osiyo qabilalarining ijtimoiy tuzumi o’zgarayotgan va diniy qarashlari hamda jamiyatga ro’y berayotgan tabaqalanish davom etayotgan bir paytda Amudaryo bo’ylarida yangi ta’limot vujudga keldi. 164 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Bu ta’limot o’lkada shakllangan ko’pxudolik va oshiqcha sarf harajatlarga, atrof muhitni ifloslanishiga hamda insonlar hayotida muhim o’rin tutgan jonli hayvonlarni qirib, ko’p qurbonliklar qilinishiga qarshi turoladigan ta’limot edi. Bu ta’limotga amal qilgan inson butun umri davomida ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal kabi g’oyalarni qalbiga joylashi kerak edi. Bu din zardushtiylik dini edi. Ushbu din dualizmga asoslangan, ya’ni olam ikki ibtido; yorug’lik va qorong’ulik, yaxshilik va yomonlikning to’xtovsiz kurashidan iborat deb uqtiradi. Zardushtiylik dini eng qadimgi dinlardan bo’lib, bu din eradan avvalgi VII-VI asrlarda dastavval O’rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo’lgan. Uning payg’ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan. Zardushtiylik paydo bo’lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik davri endi paydo bo’layotgan davr edi. U urug’-qabilachilik tuzumi emirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo’linayotgan davr bo’lgan. Bu din eng avval O’rta Osiyo, so’ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi. Butun O’rta Osiyo moddiy va ma’naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u erda yashagan turkiy elatlar bo’lgan, shulardan o’zbek elati tashkil topgan. Zardushtiylik eradan avvalgi VII-VI asrlarga xos bo’lgan din sifatida undan oldingi urug’ qabilachilik dinlari negizida paydo bo’lgan yakka xudolik dini bo’lgan. U to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom etib, so’ng o’rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o’rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.[1] Zardushtiylik miloddan avvalgi III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahiy orqali e’lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko’p ta’sir o’tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi uqidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g’oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan o’zlashtirildi. Aytib o’tish joizki, ushbu din paydo bo’lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to’liq echilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so’zni «Mazdaga sig’inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish, donishmand, oqil» 165 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya’ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug’langan. Uning ta’limotiga ko’ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so’zi oldiga ulug’lash ma’nosini anglatuvchi «Axura» qo’shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo’lgan.

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются причины возникновения зороастризма — одной из первых религиозных верований в истории человеческой цивилизации.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются причины возникновения зороастризма — одной из первых религиозных верований в истории человеческой цивилизации. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zoroaster, polytheistic religions, Mazdayasna, Behdin, Ahura, Bratarvaxsh, “Mazdayasna”, “Behdin”, Zaratushtra, “Goxlari”, ostadon., AxuraMazda, Kavi Vishtaspa, ko’pxudolik dinlari, “Yasht”, so’g’diylar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники