К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARGA ORGANIK KIMYO FANINI O`QITISH ORQALI KASBIY TAYYORGARLIGINI SHAKLLANTIRISH METODOLOGIYASI

Genjemuratova Gulkhan Perdebaevna

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda organik kimyo fanini o‘qitish jarayonida talabalarni kasbiy tayyorlashga yo‘naltirilgan metodologik yondashuvlar, fanlararo integratsiya, laboratoriya faoliyatining roli, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari yoritiladi. Ta’limning kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilishi orqali talabalarda kasbiy mas’uliyat, ilmiy tahliliy fikrlash va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: kasbiy tayyorgarlik, organik kimyo, metodologiya, laboratoriya kompetensiyasi. Oliy ta’lim muassasalarida organik kimyo fanini o‘qitishning zamonaviy bosqichi, faqat nazariy bilim berish bilan cheklanmasdan, talabaning kasbiy shakllanishiga, amaliy va ilmiy faoliyatga tayyorlanishiga qaratilgan bo‘lishi lozim. Organik kimyo — bu tabiiy fanlar ichida eng murakkab, ammo hayotga eng yaqin bo‘lgan sohaga taalluqlidir. Dori vositalaridan tortib, oziq-ovqat, kosmetika, qishloq xo‘jaligi va ekologiyagacha bo‘lgan ko‘plab tarmoqlar shu fanga bog‘liq. Shunday ekan, talabaga ushbu fanni o‘rgatish orqali, nafaqat kimyoviy bilimlar, balki uning kelgusidagi kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan ko‘nikmalar shakllantiriladi. Asosiy qism Zamonaviy ta’lim paradigmasida talabani o‘qitish — bu unga tayyor bilimlarni singdirish emas, balki u orqali mustaqil o‘rganish, o‘z bilimini tanqidiy tahlil qilish, fikrini asoslash va hayotga tatbiq etish yo‘llarini o‘rgatishdir. Ayniqsa, tabiiy fanlar jumlasidan bo‘lgan organik kimyo fanini o‘qitishda bunday yondashuv hayotiy ahamiyat kasb etadi. Chunki bu fan orqali shakllanuvchi kasbiy tayyorgarlik nafaqat ilmiy bilimlar asosida, balki amaliy kompetensiyalar, kasbiy xulq-atvor va mehnat bozorida zarur bo‘lgan shaxsiy fazilatlar orqali belgilanadi. Birinchidan, talabalarda kasbiy identifikatsiya jarayoni — ya’ni o‘zini tanlangan sohada professional sifatida tasavvur qilish — aynan organik kimyo fanidagi real tajribalar, laboratoriya mashg‘ulotlari, ilmiy observatsiyalar orqali shakllanadi. Masalan, talaba eksperiment o‘tkazish davomida sintez qilgan modda tarkibini aniqlash uchun spektrofotometrik tahlil natijalarini 70 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference interpretatsiya qilishi, bu jarayonni yozma shaklda tasvirlashi va jamoa oldida himoya qilishi — bu bilimni emas, balki to‘laqonli kasbiy faoliyat namunasini o‘rgatadi. Bu jihatlar esa mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi hisoblanadi. Ikkinchidan, kasbiy tayyorgarlikda refleksiv pedagogika tamoyillarini qo‘llash ayniqsa muhim. Bu yondashuv orqali talaba o‘z bilimlarini tahlil qiladi, qanday xatolarga yo‘l qo‘yganini aniqlaydi, bilim darajasini baholaydi, keyingi bosqichlar uchun o‘ziga maqsad qo‘yadi. Organik kimyo fani mazmuni bu borada ayni muddao — har bir tajriba, har bir nazariy modul o‘z-o‘zini tahlil qilish va mukammallikka intilish uchun imkoniyat yaratadi. Refleksiv yondashuv asosida tuzilgan topshiriqlar: “Molekulani tuzishda qanday xatolarga yo‘l qo‘ydingiz?”, “Sintez natijasining past chiqimiga nima sabab bo‘ldi?”, “Kelgusida qanday strategiya tanlaysiz?” kabi savollar orqali amalga oshiriladi [1]. Uchinchidan, kasbiy tayyorgarlikning muhim jihatlaridan biri — ilmiy- tadqiqot faoliyatiga tayyorlashdir. Organik kimyo sohasi — bu innovatsiyalar maydoni. Polimerlar, nanokompozitlar, ekologik toza erituvchilar, bioaktiv moddalarning sintezi, “yashil kimyo” tamoyillariga asoslangan reaksiyalarni ishlab chiqish — bularning barchasi talabadan faqat bilim emas, balki mustaqil tadqiqot olib borish, ma’lumot izlash, tahlil qilish, yangi g‘oya yaratish kabi ko‘nikmalarni talab qiladi. Shunday imkoniyatlar yaratish uchun oliy ta’lim muassasalarida ilmiy to‘garaklar, tajriba-laboratoriyalar, ilmiy maqola yozishga tayyorlov modullari faol joriy etilishi kerak [2]. To‘rtinchidan, kasbiy tayyorgarlikda muhim o‘rin egallaydigan jihatlardan yana biri bu axloqiy-etik kompetensiyalarni shakllantirishdir. Kimyo fanining o‘ziga xosligi shundaki, bu sohada xavfli moddalar bilan ishlanadi, inson salomatligi bilan bog‘liq masalalar hal qilinadi. Shu sababli, talaba har bir kimyoviy faoliyatga mas’uliyatli, puxta, atroflicha o‘ylangan yondashuvni o‘zlashtirishi zarur. Laboratoriyada ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, moddalarning tabiatga ta’sirini hisobga olish, plagiatdan holi yozma ishlarga intilish kabi axloqiy qadriyatlar bugungi kasbiy tayyorgarlik mezonlarining ajralmas qismidir. Nihoyat, kasbiy tayyorgarlikda ijodiy tafakkurni shakllantirishga alohida urg‘u berilishi lozim. Organik kimyo ayni paytda formula va reaktsiyalar majmui bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida bu fan ijodiy izlanishlar, innovatsiyalar generatori sifatida namoyon bo‘ladi. Talabaning har bir yangi reaksiyani tahlil qilishi, yangi dori moddasini sintez qilish bo‘yicha g‘oya taklif qilishi, mavjud reaktsiyalarni 71 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online confe

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda organik kimyo fanini o‘qitish jarayonida talabalarni kasbiy tayyorlashga yo‘naltirilgan metodologik yondashuvlar, fanlararo integratsiya, laboratoriya faoliyatining roli, zamonaviy texnologiyalardan foy…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda organik kimyo fanini o‘qitish jarayonida talabalarni kasbiy tayyorlashga yo‘naltirilgan metodologik yondashuvlar, fanlararo integratsiya, laboratoriya faoliyatining roli, zamonaviy texnologiyalardan foy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
laboratoriya kompetensiyasi., kasbiy tayyorgarlik, metodologiya, organik kimyo
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники