К содержанию
РецензированоUZ2026

SHOIRA SHAMSNING “SAMANDAR” DEVONIDA QO‘LLANILGAN SINONIMLAR TAHLILI

SINONIMLAR TAHLILI · Madaminova Mahfuza Muzaffar qizi

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ijodkor Shoira Shamsning “Samandar” devonida qo‘llanilgan sinonimlar va ularning tuzilish jihatdan turlari haqida so‘z boradi. Maqolada devondagi sinonimlarning boshqa asarlarda qo‘llanilgan o‘rinlari taqqoslanib, farqli tomonlari to‘g‘risida bayon etiladi. Kalit so`zlar: sinonimlar, denetativ ma’no, leksik sinonimlar, leksikologiya, iboraviy birlik, ko‘p ma’noli so‘zlar. Sinonimlar (qadimgi yunoncha: σύν va ὄνυμα — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv,) uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — so‘z, ibora, sintaktik birlik va boshqa, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror kabi soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi. Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim boʻlgan soʻzlar guruhi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator 2 va undan ortiq soʻzlardan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma sinonimik qator 2 soʻzdan, yuz, aft, bashara, bet sinonimik qator esa koʻp soʻzlardan tuzilgan. Koʻp maʼnoli soʻzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq sinonimik qatorga kirishi mumkin. Bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan esa ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi. Sinonimik qatordagi birinchi soʻz bosh soʻz (asosiy soʻz) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va shu kabi xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi, hamda, xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng qoʻllanadi. Chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol sinonimik qatorda chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgi-xususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va hokazo. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga 79 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference xos belgi, xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega. Metodologiya. Tilshunoslikda sinonimiya hodisasi chuqur tarixiy ildizlarga ega, juda keng tahlil qilingan hodisa bo'lib, sinonimlar nafaqat tilshunoslikning, balki adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik, psixologiya kabi qator fanlarning ham o'rganish obyektidir. Xususan, ushbu hodisa bo'yicha jahon tilshunosligida ko'plab filologlar, tilshunoslar, olimlar tomonidan bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Shu qatorda, sinonimiya hodisasi o'zbek tilshunosligida ham M.Hakimova, M.Vafoyeva, Y.Tojiyev, A.Hojiyev, H.Shamsiddinov kabi bir qator tilshunos olimlar tomonidan izlanishlar olib borilgan, atroflicha o'rganilgan va turli xil nazariyalar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar sinonimlar muammosi benihoya ahamiyatli leksikologik masalalardan biri ekanligini ta'kidlar ekan, shunday yozadilar: Yevropada "Hali XVIII asrning oxirlaridayoq muayyan bir tushuncha ifodasi uchun tilda bir necha so'zni ishlatish imkoniyati haqidagi fikrlar murosa qilingan edi". O'zbek tilshunosligida sinonimlarga berilgan ta'riflar vaqt o'tishi bilan rivojlanib, ilmiy tahlillarda turli yondashuvlar paydo bo'lgan. Dastlab, sinonimlar leksemalarning ma'no jihatidan bir xilligi asosida aniqlangan bo'lsa, keyinchalik bu ta'rifda ma'nolarining umumiyligi va o'xshashliklariga e'tibor qaratila boshlandi. O'tgan asrning 70-yillarigacha sinonimlik asosan ma'no bir xilligiga asoslangan bo'lsa, 80-yillarga kelib so'zning semantik tuzilmasi haqidagi ilmiy fikrlar rivojlanib, SH. Rahmatullayev, H.Ne'matov, E.Begmatov, R.Rasulov kabi tilshunos olimlar tomonidan sinonimlar semantik tahlil asosida o'rganila boshladi. Sinonimlik hodisasi dastlab faqat leksik sathda o'rganilgan bo'lsa-da, keyinchalik bu fenomena morfologik va sintaktik jihatdan ham mavjudligini ko'rsatgan ilmiy izlanishlar paydo bo'ldi. Shunday qilib, sinonimlar tilning barcha sathlarida o'z ifodasini topadi. Sinonimlarning umumiy ta'rifi quyidagicha berilishi mumkin: "Sinonimlar bir xil yoki yaqin ma'noga ega bo'lgan, ammo emotsional-ekspressiv yoki funksional jihatdan o'zaro farqlanuvchi til birliklaridir." Sinonimlik variantlilikdan farq qiladi, chunki u fonetik sathda mutlaqo uchramaydi, ya'ni so'zning talaffuzi yoki tovush tuzilishi orqali sinonimlar o'rtasida farq bo'lmaydi. Leksik sinonimlar o'zaro ma'no jihatidan o'xshash bo'lishiga qaramay, ular semantik jihatdan turli darajalarda, ba'zan esa uslubiy xususiyatlarda farq qiladi. Misol uchun, ba'zi sinonimlar bir xil ma'no bo'yog'iga ega bo'lishi mumkin, ammo ular turli uslubiy ranglarga ega bo'lishi m

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ijodkor Shoira Shamsning “Samandar” devonida qo‘llanilgan sinonimlar va ularning tuzilish jihatdan turlari haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ijodkor Shoira Shamsning “Samandar” devonida qo‘llanilgan sinonimlar va ularning tuzilish jihatdan turlari haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ko‘p ma’noli so‘zlar., leksik sinonimlar, iboraviy birlik, denetativ ma’no, sinonimlar, leksikologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники