Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISSIQLIK ALMASHINUV QURILMALARINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH: ADABIYOTLAR SHARHI
OSHIRISH: ADABIYOTLAR SHARHI · Askarov Dilmurod Baxtiyor o’g’li · Babaxodjayev Raximjan Pachexanovich · Islom Karimov nomidagi
Инновационные исследования в науке · 11 · 67–74 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada issiqlik almashinuv qurilmalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor chuqurchalar dizayni, material tanlovi, va innovatsion texnologiyalar yordamida issiqlik almashinuvi jarayonini optimallashtirishga qaratilgan. Chuqurchalar deb ataluvchi geometriyalar yordamida yuzadagi issiqlik almashinuvi samaradorligini oshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Bu usul sirt bo‘ylab issiqlik o‘tkazuvchanlikni kuchaytirish orqali amalga oshiriladi. Ellipsoidal shakldagi chuqurchalar avvalroq girdob hosil qilishi sababli boshqa shakllarga nisbatan yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Kalit so‘zlar: Issiqlik almashinuvi, samaradorlik, chuqurcha dizayni, materiallar, chuqurcha geometriyasi, issiqlik almashinuvni kuchaytirish, issiqlik almashinuv qurilmalari. Issiqlik almashinuv qurilmalari sanoat, energetika va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi. Ularning samaradorligi ishlab chiqarish jarayonlarining energiya tejamkorligi va ekologik xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada issiqlik almashinuvi samaradorligini oshirishga qaratilgan turli ilmiy izlanishlar va texnologik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Metodologiya: Adabiyotlar tahlili uchun ilmiy maqolalar, patentlar va texnik hisobotlar asosida ma’lumotlar yig‘ildi. Tadqiqotda issiqlik almashinuv jarayonlarining nazariy modellari, tajriba natijalari va sanoat amaliyotlari o‘rganildi. Natijalar: Adabiyotlar tahlili natijasida issiqlik almashinuv samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi quyidagi yondashuvlar aniqlangan: 1. Qurilma dizaynini optimallashtirish: Yangi geometriyadagi issiqlik almashinuv yuzalari va kanallar samaradorlikni oshiradi. 2. Materiallar tanlovi: Yaxshi issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega materiallardan foydalanish, qurilma samaradorligini ta’minlaydi. 141 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 3. Nanoqoplamalar va sirt modifikatsiyasi: Sirtlarning nanoqoplamalar bilan qoplash orqali issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. 4. Oqimni boshqarish texnikalari: Turbulentlikni oshirish va oqimni optimal yo‘naltirish orqali issiqlik almashinuv intensivligi kuchaytiriladi. Adabiyotlar sharhi: Issiqlik almashinuv qurilmalarida samaradorlikni oshirishda turli chuqurchali geometrik shakllaridan foydalanish keng tarqalgan. Issiqlik almashinuv qurilmalarida samaradorlikni oshirishga bag‘ishlangan ilmiy-texnik adabiyotlarda 9000 ga yaqin manbalarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli ma’lumotlar mavjud. Tashqi va ichki oqim sharoitlarida quvurlar va plastinkali issiqlik almashinuv yuzalarining samaradorligini oshirish masalalarini olimlar keng o‘rgangan. Tadqiqotlar sferik, V-shakldagi, ellipssimon, silindrsimon va bodomsimon chuqurliklar, yarim sferik, halqasimon va spiral shakldagi qavariqlar kabi turli geometriyalarga qaratilgan. Mazkur sohada faoliyat yuritgan olimlar juda ko’p hisoblanadi. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar issiqlik almashinuv jarayonlarini takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish hamda texnologik jihatdan ilg‘or yechimlarni joriy etishga qaratilgan. Dafedar va boshqalar [1] o‘z tadqiqotlarida turli shakldagi chuqurchalar orqali issiqlik almashinuvi ko‘rsatkichlarini tajriba asosida o‘rganib chiqdilar. Ularni aniqlashlaricha, bo’ylama joylashgan chuqurchalar bo‘ylab issiqlik almashinuvi ko‘rsatkichi ko‘proq bo‘lib, ayniqsa uchburchak shaklidagi chuqurchalar maksimal samaradorlikni ko‘rsatgan. Katkhaw va boshqalar [2] ellipsoidal chuqurchalarning turli joylashuvlari va intervallarini tahlil qilib, tartibli (chiziqli) joylashuvda issiqlik almashinuvi koeffitsiyenti silliq yuzaga nisbatan 21,7% ga oshishini aniqladilar, shahmat tartibi holatda esa bu ko‘rsatkich 15,8% bo‘ldi. Pisal va Ranaware [3] laminar havo oqimida issiqlik o‘tkazuvchanlikni oshirish uchun sferik va oval shakldagi chuqurchalarni sinovdan o‘tkazdilar. Ular S/D = 1,20 va δ/D = 0,2 konfiguratsiyalarida Nusselt sonini o‘lchab, oqim tezligi ortishi bilan issiqlik almashinuvining ham ortishini aniqladilar. Patil va Deshmukh [4] bodomsimon shakldagi chuqurchalarni tahlil qilib, ularni tartibsiz (shahmat usulda) joylashtirish orqali tartibli (chiziqli) joylashuvga nisbatan 66% yuqori samaradorlikka erishdilar. Patel va Borse [5] majburiy konveksiya sharoitida chuqurchalarning havo oqimiga ta’sirini o‘rganib, chuqurcha zichligi va joylashuvi issiqlik almashinuv samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini aniqladilar. 142 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference Kanokjaruvijit va Martinez-Botas [6] yarimsferik va ellipsoidal chuqurchalarni qiyoslab, yarimsferik shakl iqtisodiy va texnik jihatdan afzallik berishini ko‘rsatdilar. Kuethe [7] birinchi bo‘lib chuqurchalar oqimda turbulent aralashishni kuchaytirib, issiqlik almashinuvni yaxshilashini taklif qilgan edi. Shin va boshqalar [8] chuqurcha joylashuvi va kanallar balandligining issiqlik almashinuviga t
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada issiqlik almashinuv qurilmalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada issiqlik almashinuv qurilmalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chuqurcha geometriyasi, issiqlik almashinuvni kuchaytirish, materiallar, samaradorlik, Issiqlik almashinuvi, chuqurcha dizayni, issiqlik almashinuv qurilmalari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025