Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXSLARARO MULOQOT JARAYONIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING ROLI
TARMOQLARNING ROLI · Shaxnoza Shavkatova Po‘lot qizi · ORCID ID: ---
Инновационные исследования в науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada shaxslararo muloqotda ijtimoiy tarmoqlarning (IT) ta’siri va roli tahlil qilinadi. An’anaviy yuzma-yuz muloqot shakli bilan solishtirilganda, IT oson, keng, lekin ko‘pincha yuzaki aloqalarni taklif etadi. Dunbar soni kontseptsiyasi ushbu munosabatlarning chuqurligi chegarasi saqlanayotganini ko‘rsatadi (masalan, 150 do‘st) . Talabalarda IT shaxslararo bogʻlanishni oshirsa- da, yuzma-yuz nutq va no-verbal signal yetishmasligi muammosi mavjud. Shuningdek, professional kontekstdagi aloqalar ham IT orqali rivojlanmoqda, kommunikasiyalar ko‘nikmalarini oshiradi . Maqola ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qiladi hamda effektiv muloqot uchun tavsiyalar beradi. Kalit soʻzlar: ijtimoiy tarmoqlar, shaxslararo muloqot, Dunbar soni, kommunikativ ko‘nikmalar, onlayn muloqot, yuzma-yuz muloqot Ijtimoiy tarmoqlar (IT) shaklida raqamli texnologiyalar tez sur’atda rivojlanib, insonlar o‘rtasidagi muloqotda yangi platforma va vositalarni taklif qilmoqda. Bugungi kunda millionlab foydalanuvchilar onlayn tarzda do‘st orttiradi, axborotni baham ko‘radi va professional tarmoqlar orqali ham faol bo‘ladi. Shu bilan birga, ko‘plab o‘zgarishlar yuzga kelmoqda: muloqot tezroq, lekin yuzasiga ham bo‘lishi mumkin. Antropolog Robin Dunbar inson miyasi uchun optimal ijtimoiy bogʻlanishlar soni taxminan 150 ta ekanini ta’kidlagan va bu son onlayn tarmoq tizimlari yordamida ham ortmaydi . Bu nazariya IT platformalarining yuzaki doʻstlikni kengaytirsa-da, chuqur shaxsiy muloqotga to‘sqinlik qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Universitеt talabalari ustida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni aniqlashdiki, studentlarning onlayn faolligi ortsa-da, ular yuzma-yuz muloqotda nonverbaliy elementlar—intonatsiya, jismoniy til—etishmasligi tufayli muloqot sifatini pasaytiradi . Yangicha yondashuv, jumladan IT orqali professional kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish ham mavjud: masalan, toshtirin shakllarda amalga oshiruvchi onlayn kurslar mavjud va ularning effektivligi isbotlangan . 168 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tez sur’atlarda rivojlanishi natijasida insonlar orasidagi muloqot shakllari sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlar – Facebook, Instagram, Telegram, TikTok, va X (Twitter) kabi platformalar – bugungi kunda nafaqat axborot almashish, balki fikr bildirish, shaxsiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vositalaridan biriga aylangan. Shaxslararo muloqot, ya’ni insonlarning bir-biri bilan yuzaga keladigan bevosita va bilvosita aloqalari ijtimoiy tarmoqlarning keng ommalashuvi bilan yangi ko‘rinish kasb etmoqda. Ushbu o‘zgarishlar ayniqsa yoshlar orasida chuqur namoyon bo‘lmoqda. O‘smirlar va talaba yoshlar o‘z vaqtlarining katta qismini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazmoqda, bu esa ular orasidagi muloqot uslublari va mazmunini o‘zgartirmoqda. Virtual muloqot ko‘pincha an’anaviy, yuzma-yuz muloqotni siqib chiqaradi. Bunday sharoitda ijtimoiy tarmoqlarning shaxslararo muloqotga ta’sirini chuqur o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy psixologiya va sotsiologiya fanlari nuqtai nazaridan qaralganda, shaxslararo muloqot nafaqat informatsion jarayon, balki emotsional, psixologik va madaniy komponentlarni ham o‘z ichiga oladi. Shu bois, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilish jarayonida yuzaga keladigan o‘zgarishlar insonlarning ruhiy holati, ijtimoiy munosabatlari va kommunikatsiya madaniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur maqolada aynan shu jihatlar: ijtimoiy tarmoqlarning shaxslararo muloqotga ta’siri, muloqot sifati, hissiy ifodalanishdagi cheklovlar, va psixologik oqibatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy yoshlar o‘rtasida olib borilgan sotsiologik so‘rovnomalar natijalari asosida xulosa chiqariladi hamda amaliy tavsiyalar beriladi. Natijalar Respondentlarning 87% i ijtimoiy tarmoqlardan har kuni foydalanishini bildirgan. 65% respondentlar ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilishni yuzma-yuz suhbatdan osonroq deb topgan. 52% foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqlardagi virtual muloqot ularning hissiy holatiga bevosita ta’sir qilishini bildirgan. 38% respondentlar esa real hayotdagi muloqot ko‘nikmalarining zaiflashganini qayd etgan. Metodologiya Ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy muloqot muhitining muhim qismini tashkil etadi. Ular axborot almashish, o‘z fikrini bildirish va o‘zaro aloqalarni 169 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. Biroq, ushbu vositalar haddan tashqari ko‘p ishlatilganda real hayotdagi muloqot ko‘nikmalarining pasayishiga, yolg‘izlik, izolyatsiya va psixologik muammolarga olib kelishi mumkin. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qiluvchi shaxslar hissiy ekspressiya va nonverbal belgilarni to‘liq namoyon eta olmaydi. Bu esa muloqot samaradorligini pasaytiradi. Xulosa Ijtimoiy tarmoqlar shaxslararo muloqotda yangi imkoniyatlar yaratadi, ammo c
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada shaxslararo muloqotda ijtimoiy tarmoqlarning (IT) ta’siri va roli tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada shaxslararo muloqotda ijtimoiy tarmoqlarning (IT) ta’siri va roli tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kommunikativ ko‘nikmalar, onlayn muloqot, yuzma-yuz muloqot, Dunbar soni, shaxslararo muloqot, ijtimoiy tarmoqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025