Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMIR TEMUR DAVLAT BOSHQARUVIDA XALQARO MUNOSABATLARI
Amandavlatov Adham Absamat o’g’li
Для учителей · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Amir Temur davlatining tashkil topishi, qonunchiligi, tashqi siyosati va diplomatiyasi, davlat va harbiy boshqaruvda tutgan siyosati hamda strategiyasi doirasidagi ayrim masalalar tahlil etilgan. Shu bilan birga, maqolada Temuriylarning xalqaro munosabatlarni tashkil etishi, yagona markazlashgan siyosiy tartibni yo’lga qo’yish doirasida olib borgan islohotlari yoritilgan. Maqola fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizda buyuk bobokalonimizning deyarli butun Osiyo mintaqasida olib borgan siyosati, uning davlatni adolatli idora etish borasidagi mahoratidan o’rnak olgan holda, buyuk ajdodimiz shon-shuhratini ko’z o’ngimizda yana bir qadar yuksaltirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: Temur tuzuklari, Movarounnahr, harbiy faoliyat, davlat, boshqaruv, iqtisod, adolat, diplomatiya, siyosat. Xalqaro munosabatlarda Amir Temur davlatining rolini ko’rib chiqar ekanmiz, davlat, davlatchilik mohiyatida muayyan bir makon va jamiyatda mavjud turli imkoniyatlarni shu yerlik xalq manfaati yo’lida yuzaga chiqaruvchi tashkilotchilik yotganini eslatib o’tish g’oyatda muhimdir. Zero, davlat asoslari, davlatchilik har bir jamiyat va xalq boshiga bir marta bitilgan bo’ladi”. Shu ma'noda o’zbek davlatchiligi miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarmidan o’z tarixini boshlab to Amir Temur davlatimiz tepasiga kelgunga qadar deyarli 2100 yillik taraqqiyot yo’lini bosib o’tgandi. Bu ulkan davr ichida davlatimiz boshqaruviga turli sulolalar kelib ketdi. Ularning faoliyati turli zamonlarda, turli ob'ektiv-sub'ektiv shart-sharoitlarda turlicha kechdi. XIV asrning 50- 60- yillarida Movarounnahrda feodal tarqoqlik g’oyatda kuchayib, sinfiy kurash yanada keskinlashadi. Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib, ular o’rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Siyosiy parokandalik o’zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bo’lib, mamlakat aholisini, ayniqsa dehqonlar xo’jaligini xonavayron qilgan edi. Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mug’iliston amirlari Movarounnahrni bosib olishga harakat qilardilar. Bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talab qaytadilar. Mo’g’iliston amirlarining vayronagarchilik yurishlariga qarshi kurash boshlanib ketadi. Mug’illar istibdodi va zulmga qarshi xalq harakati boshlanadi. Mana shunday ichki o’zaro urushlar qizigan, Mug’illar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda qisqa vaqt ichida katta imperiyani vujudga keltirgan sohibqiron Amir Temur siyosat maydoniga dastlabki qadamlarni qo’ydi. XIV asrning 60- yillarida 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 24 Ustozlar uchun pedagoglar.org Movarounnahrda siyosiy va iqtisodiy vaziyat nihoyatda og’irlashib ketadi. Feodal tarqoqlikning kuchayishi, ichki o’zaro urushlarning uzluksiz davom etishi va tashqi dushman hujumlarining avj olishidan dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari zarbaga uchrab, aholi og’ir tanglikni boshidan kechirmoqda edi. Bundan savdogarlar, hunarmandlar va dehqonlar g’oyatda norozi edilar. Aholining bunday tabaqalari orasida mavjud og’ir ahvoldan qutulish, mamlakatni birlashtirish va kuchli bir davlat tashkil etish harakati kuchayadi. Temur o’z zamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u o’z faoliyatining dastlabki boskichida barcha harakatni Movarounnahrda markazlashgan mustaqil davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar bilan bir qatorda shaharning savdogar va hunarmand tabaqalariga suyanadi. Bu boradagi amaliy ishni Balx shahriga joylashib olgan raqibi Husaynga qarshi yurishdan boshlaydi. 1370- yilda Temur yaxshi qurolangan qo’shini bilan Balxni qamal qiladi va katta talafotlar berib, shaharni egallaydi. Movarounnahrning hukmdori Amir Husayn o’ldiriladi. Bu voqealardan so’ng mamlakatda Temurning siyosiy mavqei kuchayib ketadi. Chunki endi Movaraunnahrda uning uchun kuchli raqib qolmagan edi. Shu yili Balxda qo’shin boshliqlarining yig’ilgan qurultoyida Temurning hukmronligi rasman qaror topadi. Manbalarda ta'riflanishicha, qurultoyda avvalgi Chig’atoy xonligining e'tiborli amirlari, Temurning yoshlikdagi quroldoshlari va uning sobiq dushmanlari hozir bo’lgan edilar. Ular orasida Amir Shayx Muhammad Bayon sulduz, Amir O’ljaoytu, Amir Kayxisrov huttaloniy, Amir Dovud dug’lot, Amir Sorbug’o jaloyir, Amir Joku barlos, Amir Zinda Chashm va boshqa yetakchi arboblar bor edi. Xerman Vamberining ta'riflashicha, Temur qadimgi turk odatiga binoan oq kigiz ustiga o’tqazilib, yuqori ko’tariladi. Temurning piri Sayyid Baraka duoyi fotiha qilgach, u Movarounnahrning egasi - amiri deb e'lon qilinadi. Movarounnahrning yagona hukmdori bo’lib olgach, Temur o’z davlatini siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishadi. Avvalambor bu davrda Temurga mustahkam poytaxt - bebosh mahalliy hukmdorlarning hujumlariga qarshi tura oladigan bir qarorgoh zarur edi. Shu maqsadda u 1370- yilda Samarqandga keladi. Bu yerda u shahar devorlari, qal'alar va saroylar bino qilishga kirishadi
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Amir Temur davlatining tashkil topishi, qonunchiligi, tashqi siyosati va diplomatiyasi, davlat va harbiy boshqaruvda tutgan siyosati hamda strategiyasi doirasidagi ayrim masalalar tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Amir Temur davlatining tashkil topishi, qonunchiligi, tashqi siyosati va diplomatiyasi, davlat va harbiy boshqaruvda tutgan siyosati hamda strategiyasi doirasidagi ayrim masalalar tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- harbiy faoliyat, diplomatiya, iqtisod, davlat, boshqaruv, siyosat., Kalit so’zlar: Temur tuzuklari, adolat, Movarounnahr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026