Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARGA TAYYORGARLIGI
Amandavlatov Adham Absamat o’g’li
Для учителей · 2026
Аннотация
Mazkur maqola Amir Temur harbiy yurishlaridan oldin lashkarlarining jangovar shayligi, anjom-aslahalar bilan ta’minlanganligi va ularning sozligi qay darajada e’tibor qaratilganligini kuzatish orqali qo‘shinni jang oldi mas’uliyatini oshirishi borasidagi tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Kalit so‘zlar: ko‘rik, qurol-yarog‘, ta’minot, jangovor ruh. AMIR TEMUR'S PREPARATION FOR MILITARY CAMPAIGN Annotation: This article is dedicated to the study of Amir Temur's experience in increasing the pre-battle responsibility of the army by observing the level of attention paid to the combat readiness, provision of equipment and their training before military campaigns. Key words: inspection, weapons, supply, fighting spirit. Kirish: Dunyoda birinchi marotaba yengilmas muntazam armiyaga asos solgan Sohibqiron Amir Temurning harbiy daholari yaqqol ko‘zga tashlanib kelmoqda. Amir Temurning harb ilmi borasidagi betakror zakovati jahon sarkardalari uchun ulkan saboq bo‘lib keldi va hozirgi kunda ham uzliksiz ravishda o‘rganilib borilmoqda. Uning nomi va amalga oshirgan ishlari Sharq va G‘arb mamlakatlari harbiy mutaxassislari o‘rtasida juda ma’lum va mashhurdir. Sohibqironning umir bo‘yi jang-u jadallarda va safarlarda yurishi, ko‘plab mamlakatlarni zabt etishi va yengilmas qo‘shinni oqilona boshqarishi barcha harbiy harakatlarni zafarli amalga oshirish uchun namunadir. Ulug‘ Temur son jihatdan juda ko‘p sonli qo‘shinni say- harakatlarini qanday tarzda nazorat qilgani hamda ularni oqillik va sabot bilan boshqargani biz uchun jasorat va mahorat maktabidir. Amir Temur har bir harbiy yurishdan oldin o‘z lashkarlariga ogohlantiruvchi buyruq bergan. U buyruqni yetkazuvchi maxsus chopar bo‘linmalari mavjud bo‘lib, ular askarlarni yashash joylariga borib safarga otlanish to‘g‘isida habar berishgan. Buni eshitgan askarlar belgilangan maydonga zudlik bilan yetib kelishgan. Sohibqiron har bir yurishidan oldin harbiy ko‘rik o‘kazgan, buni o‘tkazishdan maqsad esa lashkarlarning safar va jang mobaynidagi turli xil kutilmagan vaziyatlarni oldindan bartaraf etish hamda askarlarga jangovor ruh bag‘ishlab, ularning har tomonlama zarur ta’minotini butlanganligini ko‘zdan kechirish bo‘lgan. “Yurish oldidan ko‘rik qilib, lashkarim qayergacha borib yetishini bilmoqchi bo‘ldim. Qarasam, to‘rt farsang masofada lashkarim saf tortib turardi” 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 36 Ustozlar uchun pedagoglar.org Ko‘rikdan nafaqat jangovor qismlar, shuningdek ularni qurol-yarog‘, oziq-ovqat, kiyim-kechak zaxiralari ortilgan bir qator og‘ir karvonlar ketma-ket o‘tkazilgan. Shu bilan birga musiqachilar, muxandislar, tabiblar va shu kabi o‘ziga xos bo‘linmalar va anjom- aslaxalarini mavjudligini tekshirgan. Yetarli miqdorda cherik jam bo‘lgach, barcha qo‘shin turlari – yoychilar, nayzavarlar, qoruandozlar, sangandozlar, taxshandozlar, manjanaq, arroda va turicharx otuvchilar hamda boshqa askariy qisimlar ko‘rikdan o‘tishgan. Temurbek armiyasida ichiga yonuvchi modda naft solingan ko‘zachalar irg‘ituvchi o‘t sochish quroli – ra’dning uzliksiz yetkazib berishni ta’minlovchi maxsus to‘pchilar –ra’dandozlar mavjud bo‘lgan. Sohibqironning bunday qat’iligi va o‘ta talabchanlik harakatlari jangda g‘anim ustidan qozoniladigan g‘alaba uchun dastlabki qadam vazifasini o‘tar edi. Amir Temur bunday ko‘rik o‘tkazishi bilan bir tomondan jangchilarning aslaxalarini tekshirsa, ikkinchi tomondan ulardagi yengilmas kuch bo‘lgan jangovor ruhini ko‘tarar edi. Ulug‘ Amir butun qo‘shini oldida ularga bo‘lgan yuksak ishonchini bildirar hatto har bir askarlar bilan ko‘rishib, ularda o‘zgacha g‘urur uyg‘otar edi. Amir Temur yaqinlashib kelganda, qo‘shindagi har bir qism boshlig‘i otidan tushib, unga o‘z qismini ko‘rsatar, jangchilarning abjirligi va chaqqonligini namoyish qilar, keyin tiz cho‘kib, yerni o‘par, Amir Temur sha’niga duo o‘qib, uning g‘alabalarini olqishlab, kerak bo‘lganda uning uchun o‘z jonini tikishga ham tayyor ekanligini izhor qilardi. Amir Temur qo‘shin qisimlari yoniga yaqinlashishi bilan jangchilarning hayqiriqlari Dashti Qipchoqni larzaga solardi. Amir Temur lashkarlari, qurol-yarog‘, anjomaslaxa va qo‘shinning soni bilan ruhiy holatini bilish uchun kelgan ayg‘oqchilar buni ko‘rib dahshatga tushar edi. Aksincha dushman tomonidan tashrif buyurgan elchilarni esa ushbu ko‘rikka taklif etardi. Boyazid chorlovi bilan bo‘lgan jang oldi harakatlarda ham Sohibqiron dushman elchilariga hurmat ko‘rsatib ularni jangovor ko‘rikka taklif qiladi. Ko‘rik paytida qo‘shin boshliqlari Amir Temur uchun har narsaga tayyor ekanliklarini, o‘z hayotlarini unga xizmat qilishga bag‘ishlaganliklarini bildirib uning dushmanlari yerlarida bir dona ham o‘simlik va ko‘kat qoldirmaslikka, Usmonli Turk davlatini yo‘q qilishga qasam ichadilar. Elchilar bu qo‘shinning qudratini ko‘rib taajjubga tushishadi. Elchilar o‘z yertlariga qaytishi bilan bo‘lib o‘tgan barcha voqealarni o‘z hukumdorlariga aytib berishadi. Amir Temur bu ko‘rikni qilishi har tomonlama o‘zi uchun muoffaqiyat keltirad
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola Amir Temur harbiy yurishlaridan oldin lashkarlarining jangovar shayligi, anjom-aslahalar bilan ta’minlanganligi va ularning sozligi qay darajada e’tibor qaratilganligini kuzatish orqali qo‘shinni jang ol…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola Amir Temur harbiy yurishlaridan oldin lashkarlarining jangovar shayligi, anjom-aslahalar bilan ta’minlanganligi va ularning sozligi qay darajada e’tibor qaratilganligini kuzatish orqali qo‘shinni jang ol… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inspection, weapons, supply, fighting spirit, ta’minot, jangovor ruh., qurol-yarog‘, Kalit so‘zlar: ko‘rik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025