К содержанию
РецензированоUZ2026

TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI

TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI · Amandavlatov Adham Absamat o’g’li

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o’rta asrlar davri madaniyatining shakllanishi va Temuriylar davri madaniyati haqida so’z boradi. Kalit so‘zlar: Ilm-fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik. Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o‘zbek madaniyatining butungi huquqiy joylashuvida asos bo‘lib xizmat qildi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir.Amir Temur davrida O‘rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ilm- fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo‘lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko‘plab fan va san'at ahllarini, hunarmand me'morlarni va musavvirlarni to‘pladi. Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xo‘jaligiga alohida e'tibor berdi. O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi sun'iy sug‘orishga bog‘liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg‘ob vodiysida sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta'minlavchi- Lalmikor yerlarda ariklar qazildi. Dehqonchiliqda donli ekinlar, paxga, zig‘ir ekilgan. Bo‘yoq uchun ro‘yan o‘simligi, shuningdek pillachilikda tutlar ko‘p ekilgan. Uzum, limon yetishgirshnan. Ulug‘bek davrida Bog‘i maydonda turli o‘simliklar ekilib, Bog‘cha nomli bog‘ barpo etytgan. Temur Samarqand atrofida Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomli qishloqlar qurdiradi. Temur va Ulug‘bek davrida qo‘ychilik va yilqichilikka alohida e'tibor berilgan.Tog‘-kon ishlari yo‘lga qo‘yilib, turli ma'danlar qazib olinishi tufayli hunarmandchilik rivojlangan.Obodonchilik, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy hayotda muhim sohahunarmandchilik, savdo va tovar pul munosabatlarining taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi hunarmandchilik tarmoqlarining ko‘payishi tufayli shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim va toqlar qurildi. To‘qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik sohalari asosiy o‘rin tuggan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruhiya, Termiz, Shahrisabz, Karshi shaharlarida yangi hunarmandchilik mahalalari qurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar to‘qilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar atlas, kimxob. banoras, duhoba, horo, debo kabi gazmollar to‘qilgan. XV asrda metall buyumlar, uy-ro‘zg‘or 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 40 Ustozlar uchun pedagoglar.org buyumlari, asbob uskunalar, qurol-yarog‘lar ko‘plab ishlab chiqarilgan. Samarkand qurolsozlik markaziga aylanib, sovutsozlar mahallasi qurigan. Shaharlarda mis va jezdan buyumlar va mis chaqalar zarb qilingan. Temur farmoni bilan Usta Izzoddin Isfahoniy yasagan jez qozon va shamdon hozirgacha saqlanib qolgan. Misgar va chilangarlar metallni toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murakkab ishlarni bajarganlar. Masalan, Bibixonim masjidi eshiklari yetti xil madan qotishmadan tayyorlangan. Zargarlar oltin, kumush va jez qotishmalaridan nafis zeb-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbaho toshlar qadalgan idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar ishlangan. 2. O‘rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san'at sohalarida kamolot bosqichiga kutarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me'morchilikda namoyon bo‘ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko‘rmoq istasang - binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko‘chalar, me'moriy majmualar keng ko‘lam kasb etadi. Ilk o‘rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan «Shahriston»dan ko‘lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand Shaxrisabzda kuzatish mumkin. Qadamjolar me'morchiligi ham o‘ziga xos tuzilishga ega. Temur Buxoroda Chashmai Ayub (1380y.) yodgorligini qurdiradi. Shunigdek, Temur Shahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «hazira»- «Dor usSiyozat» (1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O‘g‘li Jahongir vafot etgach Shahrisabzda maqbara (hazrati Imom) qurdirgan. Unda Xorazm me'morchiligi ananalarini ko‘rish mumkin. Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasi me'moriy san'atining noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo‘lib, uch qavatlidir. Temuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo‘lgan. Birinchisi-ma'muriy-siyosiy maqsadda bo‘lib, qal'a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi-shahar tashqarisidagi bog‘larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosimlari, majlislar o‘tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo‘lib, toq va ravoqlari beqiyos bo‘lgan. Temur va Ulug‘bekning asosiy, qarorgohiSamarqanddagi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy deyiladi. Shuningdek, shahar tashqarisida Temur o‘n ik

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o’rta asrlar davri madaniyatining shakllanishi va Temuriylar davri madaniyati haqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o’rta asrlar davri madaniyatining shakllanishi va Temuriylar davri madaniyati haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Ilm-fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники