К содержанию
РецензированоUZ2026

SOMONIYLAR DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI

Devoni arz.

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ilk o‟rta asrlar tarixida eng qudratli davlatlardan biri hisoblangan Somoniylar davlati haqida so‟z boradi. Shuningdek Somoniylar davlatining davlat boshqaruv apparati hamda davlat boshqaruv tizimlari haqida ma‟lumot beriladi, va bunda eng yuqori davlat lavozimi hisoblangan saroydagi davlat lavozimlaridan tortib kichik davlat lavozimlari va ularning asosiy vazifalari haqida ma‟lumot beriladi. Ushbu maqolada shuningdek Somoniylar davlatidagi yer egaligi, aynan davlat xizmatlari uchun in‟om etilgan yer egaligi turlari va vazifalari haqida. Bundan tashqari din va uning vazifalari din peshvolari hamda ularning jamiyat hayotidagi o‟rni haqida diniy unvonlar haqida ham bayon etiladi. Shu bila birga somoniylar davlatining markazlashuvida harbiylarning axamyati somoniylar davlati armiyasi va armiyadagi harbiy unvonlar va unvonlarning qay tartibda berilishi hamda harbiy unvonlarning vazifalari va ahamiyati haqida so‟z boradi. Kalit so’zlar: Dargox, “siyosatnoma”, Qabo, Visoqboshi, Hojib, Sohibi haros, Xo‟jayi buzruk, Devoni vazir, Devoni sohib, Devoni mushrif, Sipoqsolar, Muqto, Iqto, G‟aribxona , Shayxulislom, Ustod,Visoqboshi, Chodir boshlig‟I, Hayilboshi, Hojib, Ariz, Devoni arz. KIRISH: Somoniylar o’z davlatida juda yaxshi yo'lga quyilgan hukmronlik tizimini o'rnatdilar. Davlat boshida juda katta vakolatlarga ega bo’lgan amir turar edi. Somoniylar davlatining ma'muriy tuzlishi quyidagicha bulgan: dastavval boshqaruv organi dargoh (oliy hukmdor saroyi) va devon (davlat idorasi)ga bo’lingan. Mamlakatning ichki siyosatida amirning shaxsiy gvardiyasi katta rol o’ynagan. Bu gvardiya turk g’ulomlaridan saralanib olinar, uning boshliqlari katta-katta davlat mansablarini egallar edilar. Turk g’ulomlari bunday sharafga o’zoq yillar sadoqat bilan xizmat qilishlari evaziga muyassar bo’lar edilar. Turk g’ulomining xizmat pog’onasidan ko’tarilish jarayoini muarrix va davlat arbobi Nizomulmulk (1018— 1092) ning mashhur «Siyosatnoma» asarida bayon etilgan. «Somoniylar davridayoq,— deb yozadi u,— shunday qoida mavjud edi. G’ulomlar mansab darajasi pog’onama-pog’ona, qilgan xizmatiga yarasha ko’tarilib borgan. Chunonchi, g’ulomni sotib olgach, u bir yil piyoda askar bo’lib xizmat qilar va zandoniy matosidan tikilgan qabo (kamzulga o’xshash ustki kiyim) kiyib saroy ahli qatorida yurar edi. Bular bir yilgacha xoh oshkora, xoh yashirincha otga mina olmas edilar. Sezib-bilib qolsalar u jazoga tortilardi. Bir yildan so’ng visoqboshi (3 g‟ulomga bosh bulgan kichik komandir) hojib (gvardiyachi rulomlarning oliy mansabi) bilan uning xususida gaplashar, hojib unga 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 73 Ustozlar uchun pedagoglar.org yugani bilan turk otini, shuningdek oddiy kamar berishii buyurar edi. G’ulom yana bir yil ot ustida xizmat qilgach, unga qorajur (uzun shamshir) berar edilar. Xizmatining beshinchi yilida unga eng yaxshi egar, yuldo’z -yuldo’z qilib bezatilgan yugan, doroy matosidan tikilgan qabo, cho’qmor berar edilar: chuqmorni g’ulom kamarining halqasiga ilib olar edi. Xizmatning oltinchi yilida u anvoyi kiyim-boshlar olar, yettinchi yili 16 kishi siradigan chodir hamda o’z otryadiga 3 g’ulomni olar edi va uni visoqboshi deb atardilar. U kumush bilan bezatilgan qora kigizdan tikilgan qalpoq, ganja qabosini kiyar edi. Uning mansabi, obro’si, birkitilgan g’ulomlari soni yil sayin oshib borar va u nixoyat dastlab xaylboshi (gvardiyachi rulomlarning hojibdan keyingi, ikkinchi mansabi), sungra hojib mansabiga sazovor bo’lar edi. U qanchalik obro’-e'tibor qozonmasin, qanchalik xizmat qilmasin, baribir 37 yil muddatdan keyingina uni viloyatlarga amir qilib tayinlar hamda unga yer- suv in'om etar edilar». Saroydagi eng ulug‟ mansabdor hojibi bo’z urg (ulur hojib) bo’lib, unga saroy ahliga ko’z-quloq bo’lib turish vazifasi yuklatilgan edi. Alohida xizmat ko‟rsatgan hojibi bo’z urglar ayrim tumanlarga hokim qilib tayinlanar edilar. Hojibi bo’zurgdan keyin sohib haras (saroy soqchilari boshlig’i) turgan. Bu mansab ummaviylar va abbosiylar davrida ham mavjud edi. U oliy hukmdorning farmonlarini ijro etuvchi shaxs bo’lgan. Bu haqida Nizomulmulk bunday deb yozadi: «Amiri haras mansabi hamma vaqt muhim mansablardan biri bo’lgan. Albatta, ulur hojib mansabi bundan mustasno. Amiri haras oliy hukmdorning farmonlarini ijro etuvchi bo’lganligi sababli, odamlar undan hukmrondan ko’ra ham ko‟proq qo’rqar edilar». So’ngra Nizomulmulk xalifa al-Ma'mun tili bilan bunday deydi: «Mening ikki amir harasim bor. Ularning har ikkisi erta tongdan to qopong’u tushganga qadar odam boshini tanasidan judo qilish bilan band, jinoyatchilarning oyoq-qo’llarini chopib tashlaydilar, cho’qmor bilan urib zindonga tashlaydilar». Dargohning xo’jalik ishlari bilan vakil shug’ullangan. «Hamma vaqt bu ish tepasida,— deb ta'kidlaydi Nizomulmulk,— mashhur va ishonchli odam turgan Shoh oshxonasidan tortib, to may omborlari va podshoh otxonasidan doimo ogoh bo’lib, hukmdorniig saroyi, bola-chaqasi, shuningdek saroyga ta'lluqli kishilardan ko’z-quloq, bo’lib tur

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ilk o‟rta asrlar tarixida eng qudratli davlatlardan biri hisoblangan Somoniylar davlati haqida so‟z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ilk o‟rta asrlar tarixida eng qudratli davlatlardan biri hisoblangan Somoniylar davlati haqida so‟z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
somoniylar davlatining, somoniylar davlati, haqida boradi, davlat boshqaruv, haqida lumot, lumot beriladi, vazifalari haqida
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники