К содержанию
РецензированоUZ2026

EKOLOGIYA MUAMMOLARIDA JURNALISTNING POZITSIYASI

Tursunova Dilsoʻz Abrorovna

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada jurnalistikaning ekologik muammolarni yoritishdagi o‘rni va mas’uliyati tahlil qilinadi. Yolg‘on axborotlar, sust pozitsiya yoki befarqlik ekologik muammolarning chuqurlashishiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlanadi. Jurnalist ekologik inqirozlar, resurslardan noto‘g‘ri foydalanish, ifloslanish, chiqindilar muammosiga befarq bo‘lmasligi, aksincha ijtimoiy ongni uyg‘otuvchi faol pozitsiyada bo‘lishi zarurligi asoslab beriladi. O‘zbekistondagi ekologik vaziyat va Oral fojiasi misolida jurnalistlarning roli muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: Ekologiya, jurnalistika, OAV, atrof-muhit, chiqindilar, iqlim o‘zgarishi, Aral, ijtimoiy ong, tahliliy yondashuv, mediamadaniyat. Insoniyatning zamonaviy taraqqiyoti, texnologiyalarning tez sur’atlar bilan rivojlanishi va urbanizatsiya jarayonining kengayishi, afsuski, ekologik muammolarni keskinlashtirib yubordi. Global iqlim o‘zgarishlari, atmosfera ifloslanishi, suv tanqisligi, chiqindilarni qayta ishlash muammosi, biologik xilma-xillikning kamayishi va boshqa ekologik muammolar bugungi kunda nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligiga, jamiyat barqarorligiga ham tahdid solmoqda. Bunday sharoitda ekologik masalalarni keng jamoatchilikka yetkazish, odamlarni ogohlikka, ongli yashashga chaqirish jurnalistikaning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Jurnalist ekologik masalalarni yoritishda oddiy axborot yetkazuvchigina emas, balki fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan ijtimoiy mas’ul shaxs sifatida faol ishtirok etishi lozim. Uning asosiy roli — ekologik inqirozlar haqida ogohlantirish, jamoatchilikda ekologik madaniyatni shakllantirish, muammoning ildizlarini ko‘rsatib berish, sababchi tomonlar faoliyatini tahlil qilish va, eng muhimi, echimlarni targ‘ib qilishdan iborat. Jurnalistning ekologiyaga doir masalalarda loqaydligi yoki sust yondashuvi muammo chuqurlashishiga, jamoatchilikning e’tiborsizligiga olib keladi. Shu bois, ekologik masalalarda jurnalist ijtimoiy ongni uyg‘otuvchi, ekologik adolatni himoya qiluvchi va axborot vositachisi bo‘lishi kerak. Zamonaviy OAV ekologiya bo‘yicha jiddiy ishlarni amalga oshirayotgani barobarida, hanuzgacha bu soha yetarli darajada yoritilmayotganligini ham tan olish kerak. Ko‘plab ekologik jinoyatlar, noqonuniy daraxt kesishlar, suv resurslaridan foydalanishdagi suiiste’molliklar yoki chiqindilarni to‘plash va qayta ishlash tizimidagi nosozliklar to‘g‘risida xolis, asosli va jamoatchilikni ogoh qiluvchi jurnalistik tergovlar kam. Bu holatning sabablari orasida jurnalistlarning ekologik bilim darajasining yetarli emasligi, ekologiya sohasidagi murakkab texnik tafsilotlarni oddiy va tushunarli tilda ifodalash 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 93 Ustozlar uchun pedagoglar.org qiyinligi, rasmiy manbalar tomonidan axborot berishdagi yopiq siyosat va ba’zi hollarda bosimlarning mavjudligi turadi. Shunga qaramay, ekologik jurnalistika yo‘nalishida ijobiy siljishlar ham mavjud. So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan tahliliy maqolalar, chiqindilarni saralash madaniyatini targ‘ib qiluvchi televizion ko‘rsatuvlar, suv ta’minoti yoki ekologik qishloq xo‘jaligiga oid reportajlar soni ortib bormoqda. Ayni paytda global axborot platformalari, xalqaro ekologik tashkilotlar bilan hamkorlikda jurnalistlar uchun maxsus trening va seminarlar tashkil etilishi ularning malakasini oshirishga xizmat qilmoqda. Jurnalist ekologik muammolarni yoritishda nafaqat faktlarni aytishi, balki ushbu muammolarning inson hayotiga ta’siri, iqtisodiyotdagi oqibatlari, aholi salomatligiga bo‘lgan tahdidlar va jamiyatdagi ijtimoiy muvozanatga ta’sirini ham keng tahlil qila olishi zarur. Ayniqsa, tanqidiy va tahliliy yondashuv, muammoning sabab va oqibatlarini ko‘rsatish jurnalistikaning kuchli quroli hisoblanadi. Ekologik muammolarni yoritishda raqamlar, grafikalar, vizual vositalar, interaktiv xaritalardan foydalanish orqali materiallarni yanada tushunarli va ta’sirli qilish mumkin. O‘zbekiston misolida olib qaraganda, mamlakatda ekologik muammolar orasida eng dolzarblaridan biri bu — Aral fojiasi hisoblanadi. Bu ekologik halokat haqida jurnalistlar yillar davomida maqolalar yozib kelgan, ammo bu masala hanuzgacha global miqyosda dolzarbligicha qolmoqda. Aral bo‘yicha yetarlicha axborot va tahliliy materiallar berilishi, ekologik tiklash dasturlarining yoritilishi, xalqaro yordam jalb etilishi jarayonida jurnalistlarning roli beqiyos bo‘ldi. Shuningdek, Toshkent va boshqa shaharlardagi atmosferaning ifloslanishi, yashil hududlarning qisqarishi, chiqindilarning noto‘g‘ri boshqarilishi, qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalardan ortiqcha foydalanish kabi masalalar jurnalistlar tomonidan ommaga yetkazilishi shart bo‘lgan muhim yo‘nalishlardandir. Jurnalist ekologik muammolarni yoritishda adolatli, neytral va xolis bo‘lishi kerak. Har qanday holatda jurnalist axborot manbalarini sinchkovlik bilan tekshirishi, yolg‘on yoki asossiz ma’lumotlar tarqatmasligi, insonlar orasida vahima uyg‘otmasligi zarur. Shu bilan birga, ekologik mavzulardagi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada jurnalistikaning ekologik muammolarni yoritishdagi o‘rni va mas’uliyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada jurnalistikaning ekologik muammolarni yoritishdagi o‘rni va mas’uliyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Ekologiya, iqlim o‘zgarishi, jurnalistika, atrof-muhit, mediamadaniyat., tahliliy yondashuv, chiqindilar, OAV, Aral, ijtimoiy ong
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники