К содержанию
РецензированоUZ2026

ONLAYN TA’LIMNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

Tursunova Mushtariy Akmaljon qizi

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada onlayn ta’lim tizimining foydali tomonlari va zararli jihatlari tahlil qilinadi. Rivojlanib borayotgan zamonaviy texnalogiyalarning o’qitish tizimiga bo’lgan ta’sirlari bayon qilinadi. Onlayn ta’limning bir qancha kamchiliklari bo’lsa-da, u o’rgatuvchi va o’rganuvchiga birdek qulayliklarga sabab bo’ladi va vaqtning tejalishiga olib keladi. Maqolada turli tadqiqot va tahlillar natijasida onlayn ta’lim tizimining samaradorligi yuqori baholanadi. Kalit so’zlar: onlayn tizim, ta’lim texnalogiyalari, raqamli savodxonlik, texnik vositalar, ta’lim sifati. Kirish: Zamonaviy texnalogiyalar taraqqiyoti jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalariga chuqur kirib kelmoqda. Ayniqsa, so’nggi yillarda ta’lim tizimida onlayn yoki masofaviy o’qitish shakli katta ahamiyat kasb eta boshladi. Dastlab eksperimental tarzda joriy etilgan bu tizim pandemiya davrida keng miqyosda qo’llanildi va hozirgi kunda ham turli bosqichlarda davom ettirilmoqda. Onlayn ta’lim – bu o’qituvchi va o’quvchining fizika jihatdan bir joyda bo’lmasdan , internet orqali o’quv jarayonida ishtirok etishi demakdir. Ushbu maqolada onlayn ta’limning afzalliklari va kamchiliklari yoritib beriladi. Onlayn ta’limning afzalliklari: 1. Geografik cheklovlarning yo’qligi . Onlayn ta’lim har qanday joyda , har qanday vaqtda bilim olish imkonini yaratadi. Ayniqsa, chekka hududlarda yashovchi yoshlar uchun but eng ta’lim olish huquqini ta’minlaydi. Dunyoning istalgan universiteti yoki o’qituvchisi bilan bog’lanish imkoniyati mavjud. Masalan, Coursera, edX , Udemy kabi platformalar orqali o’zbekistonlik talabalar xorijiy oliy o’quv yurtlarining kurslarini tugatishlari mumkin. 2. Moslashuvchanlik va mustaqil o’qish. O’quvchi darslarni o’z vaqtida ko’rib chiqishi, ularni qayta ko’rishi va o’z tezligida o’rganishi mumkin. Bu esa individual o’quv uslubini shakllantiradi va mustaqil fikrlashni rivojlantiradi. 3. Resurslarning kengligi. Internet orqali taqdim etilayotgan video darslar, testlar, maqolalar, elektron kitoblar va interaktiv simulyatsiyalar o’quv jarayonini boyitadi. Bu esa an’anaviy ta’limdan farqli o’laroq , o’rgatish usullarini diversifikatsiya qiladi. 4. Moliyaviy tejamkorlik. 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 103 Ustozlar uchun pedagoglar.org Onlayn ta’lim ko’pincha an’anaviy ta’limdan arzonroq bo’ladi, transport, yashash , qog’oz vositalari kabi xarajatlar kamayadi. Bu kam imkoniyatli oila farzandlari uchun katta imkoniyat yaratadi. Onlayn ta’limning kamchiliklari: 1. Internet va texnik vositalarning cheklanganligi. Ko’plab hududlarda internet sifatsiz , qimmat yoki umuman mavjud emas. Bundan tashqari, ko’pchilikda kompyuter , planshet yoki zamonaviy telefon yo’qligi onlayn ta’limni to’liq olishga to’sqinlik qiladi. 2. Jonli muloqotning yetishmasligi. An’anaviy ta’limda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi bevosita muloqot muhim rol o’ynaydi. Onlayn muhitda esa savol-javoblar , tushunmovchiliklarni aniqlashtirish, emotsional aloqa va motivatsiya pasayadi. 3. Diqqatni jamlash muammosi. Uyda o’tirib o’qish chog’ida o’quvchi atrof-muhitdagi chalg’ituvchi omillar – telefon , ijtimoiy tarmoqlar, shovqin- sababli darsga to’liq e’tibot qarata olmasligi mumkin. 4. Jismoniy va ruhiy salomatlikka ta’siri. Uzoq vaqt ekranga qarash ko’rish qobiliyatiga zarar yetkazadi. Harakatsizlik, yolg’izlik, stress va uyqu buzilishi kabi salbiy holatlar kuzatiladi. Bundan tashqari, laboratoriya ishi , tibbiy mashg’ulotlar yoki texnik mutaxassisliklar kabi sohalarda onlayn ta’lim yetarli darajada samarali emas. Chunki bunday yo’nalishlar ko’proq amaliy tajribaga asoslanadi. Xulosa: Onlayn ta’lim- zamon talabi. U orqali ta’lim jarayoni yangi bosqichga o’tdi. Afzalliklari bilan birga , kamchiliklari ham mavjud bo’lib , bu tizim ustida ishlash va uni doimiy rivojlantirish zarur. Texnalogiya imkoniyatlaridan to’g’ri va oqilona foydalanilsa, onlayn ta’lim jamiyatning ta’limiy salohiyatini oshirishda muhim omil bo’lib qoladi. Yangi davrda bilim olish- faqat sinfxonalarida emas, balki butun dunyo orqali amalga oshmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimova . M – “Onlayn ta’lim va uning zamonaviy shakllari.” 2021-yil. 2. Islomov .A – Masofaviy ta’lim samaradorligi va pedagogik yondashuvlar . “ O’zbekiston pedagogika jurnali”. 2022-yil. 3. UNESCO. (2020, July 15) Education in a post- covid world: Nine ideas for public action. 4. Coursera. “ Online courses from top universities”. https:// www.coursera.org. 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 104

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada onlayn ta’lim tizimining foydali tomonlari va zararli jihatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada onlayn ta’lim tizimining foydali tomonlari va zararli jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: onlayn tizim, texnik vositalar, ta’lim texnalogiyalari, ta’lim sifati., raqamli savodxonlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники