К содержанию
РецензированоRU2026

QANDAY SOʻZLARNI AGNONIM DEYA OLAMIZ?

Sh.Y. Yokubova (BuxDU oʻqituvchisi)

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В статье рассматривается, по каким признакам слова можно отнести к агнонимам, а также роль агнонимов в придании речи выразительности и привлекательности. Кроме того, в статье приведены отрывки из художественных произведений, в которых использованы агнонимы. Annotation: The article discusses the features by which words can be classified as agnonyms and the role agnonyms play in making speech more expressive and appealing. The article also includes excerpts from literary works where agnonyms have been used. Kalit soʻzlar: agnonim, sheva, juft soʻzlar, atamalar, neologizmlar, folklor. Ключевые слова: агноним, диалект, парные слова, термины, неологизмы, фольклор. Keywords: agnonym, dialect, paired words, terms, neologisms, folklore. Atash ma’nosiga ega boʻlmagan yoki til egasi uchun ma’nosi u qadar ham tushunarli boʻlmagan soʻzlar agnonimlar deya ataladi. Ba’zi manbalarda agnonimlarni atash ma’nosiga ega boʻlmagan deya ta’riflashadi. Ammo til egasi nutqida mavjud boʻlgan “non-pon” birligidagi “pon” (atash ma’nosiga ega boʻlmagan) birliklardan tashqari til egasi uchun ma’nosi ma’lum boʻlmagan chet tillardagi soʻzlar (komplayns, media) ham agnonim deb hisoblanadi. Agnonim til egasining tasavvur chegarali doirasida uning butun bir xayoliy istaklarini yuzaga chiqaruvchi, mavjud nutqiy imkoniyatlarini namoyon etuvchi vosita sanaladi. Agnonimlar soʻzlovchi yoki asar muallifining tafakkur va tasavvur olamini idrok etish qobiliyatidan kelib chiqqan holda turli ifoda shakllarida namoyon boʻlib boraveradi. Yolgʻiz farzandini kutaverib toqati tugayozgan ona buloq boshiga chiqsa, qizidan dom-darak yoʻq. Ertakdan olingan ushbu parchada keltirilgan “dom-darak” birligidagi darak soʻzi Oʻzbek tilining izohli lugʻatida “biror yerdan, biror kimsa, narsa haqida olingan xabar, ma’lumot” ma’nosini anglatishi keltirilgan. Ammo “dom” qismining ma’nosi izohli lugʻatda “domi ham yoʻq, daragi ham yoʻq, dom-daragi 138 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yoʻq” shaklida keltirilgan. Berilgan izohdan til egasi “dom” soʻzi ma’nosini anglayolmaydi. “Dom” birligi “darak” soʻzi bilan juft holda ishlatilsagina, “xabar”, “ma’lumot” ma’nosini anglata oladi. Agnonimlar xalq ogʻzaki ijodida ham keng qoʻllaniladi. Hakalakam keling, Dukalakam keling. Hakala! Hakalakam uchta, Dukalakam toʻrtta. Uchtadan berish yoʻq, Hech qaytib olish.Yoʻq! Yuqoridagi parchada “hakalaka”, “dukalaka” soʻzlari atash ma’nosiga ega emas. Konteksda boshqa soʻzlar qurshovida shaxs yoki narsa-predmet oti ekanligi haqida tasavvur hosil qiladi. Ammo shaxs yoki narsa-predmet ekanligi, aynan nimani nomlashi haqida ma’lumot yoʻq. Xuddi shunday ma’no anglatmaydigan yoki til egasi uchun ma’nosi tushunarsiz, mavhum boʻlgan soʻzlar agnonimlardir. Agnonimlar yuqoridagi she’riy parchada ohangdoshlikni hosil qilish maqsadida qoʻllanilgan. Juba, juba, Ani tuba Togʻda lola, Bir qiz bola, Koʻchaga chiqing, Bir qiz kelyapti. Sochi mayda, Qoʻli belda. Voy qoʻlim-ey, voy belim-ey. Omonmisiz, esonmisiz, Bugun bizga mehmonmisiz? Yuqoridagi she’riy parchada ham agnonimlar koʻp qoʻllangan. “Juba”, “ani”, “tuba” soʻzlari agnonimlardir. “Juba”, “ani”, “tuba” soʻzlari hech qanday ma’no anglatmaydi. Soʻzlar she’riy parchada ohangdoshlikni ta’minlash uchungina qoʻllanilgan. Arra-marra, Boʻyningizga bir marra. Bir doʻppim bor – besh. Orqasidan qaytish, Orqasidan kim qaytmasa, bir chimchilab olish! 139 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference She’riy parchadagi “arra-marra” juft soʻzini tahlil qilsak. Juft soʻzning birinchi “arra” qismi ma’nosi til egasi uchun ma’lum boʻlib, duradgorlik asbobi hisoblanadi. Ammo juft soʻzning ikkinchi – “marra” qismi atash ma’nosiga ega emas. “Oxirgi nuqta” ma’nosini anglatuvchi “marra” soʻzi bu satrda qoʻllanilmaganligini inobatga olgan holda ikkinchi qismini agnonim deb atay olamiz. Aqqa oʻtdim, bilgingmi? Baqqa oʻtdim, bildingmi? Parchadagi “aqqa”, “baqqa” soʻzlari oʻzbek tilida soʻzlashuvchi insonlarning barchasi uchun birday tushunarli emas. Sababi bu soʻzlar shevaga oid soʻzlar boʻlib, “u yoqqa”, “bu yoqqa” degan ma’nolarni anglatadi. Xalq ogʻzaki ijodi namunalarida oʻsha hudud aholisi uchungina tushunarli boʻlgan shevaga oid soʻlarning uchrashi tabiiy holdir. Sababi folklor namunalarida oʻsha millat, elat qadriyati, madaniyati, tili oʻz aksini topgan boʻladi. Ammo shu tilda soʻzlashuvchi boshqa hududda yashovchi insonlar uchun bu soʻzning ma’nosi ma’lum emas. Shuning uchun shevaga oid soʻzlar shu shevada soʻzlashuvchi insonlar uchun agnonim hisoblanmaydi. Lekin boshqalar uchun u soʻz agnonim boʻlib hisoblanadi. “Ankilozga qarshi kurashib, qoʻl-oyoqlarimni hech boʻlmaganda bir necha millimetrga choʻzishga harakat qilaman”. Badiiy asardan olingan ushbu parchada “ankiloz” soʻzi boʻgʻimning bukilmay yoki yozilmay qotib qolishi boʻlib, bu soʻzning ma’nosi barchaga ham tushunarli emas. Tibbiyotga oid atama boʻlmish bu soʻz shu kasb egalari uchun tushunarli boʻlib, boshqa soha vakillari uchun

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается, по каким признакам слова можно отнести к агнонимам, а также роль агнонимов в придании речи выразительности и привлекательности.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается, по каким признакам слова можно отнести к агнонимам, а также роль агнонимов в придании речи выразительности и привлекательности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
agnonym, dialect, paired words, terms, neologisms, folklore, sheva, juft soʻzlar, atamalar, neologizmlar, agnonim, folklor.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники