К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI KOLLEKSIYALARNI SHAKLLANTIRISH, ULARNING AHAMIYATI, SHAKLLANTIRISH USULLARI VA DASTURIY VOSITALAR.

Abduzoirov Shaxobiddin Najmiddinovich

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada axborot-kutubxona, arxiv va muzey muassasalarida raqamli to‘plamlarni shakllantirish va foydalanuvchilarga taqdim etish masalalari tahlil qilingan. Raqamli to‘plamlar zamonaviy axborot-kutubxona xizmatining ajralmas qismi bo‘lib, foydalanuvchilarga noyob hujjatlar, xaritalar, suratlar va madaniy meros obyektlariga masofadan kirish imkonini yaratadi. Maqolada raqamli to‘plamlarni yaratishdagi asosiy omillar, ularning turlari va sohaga oid xalqaro tajribalar (Chikago universiteti kutubxonasi, AQSH Kongress kutubxonasi, Luvr muzeyi va Rossiya davlat arxivi misolida) ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Omeka platformasi misolida raqamli to‘plamlarni boshqarish tizimlarining afzalliklari va ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari yoritilgan. Abstact This article explores the formation and presentation of digital collections in information-library, archival, and museum institutions. Digital collections are an integral part of modern information-library services, providing users with remote access to unique documents, maps, photographs, and cultural heritage objects. The article analyzes key factors in creating digital collections, their types, and international practices, with examples from the University of Chicago Library, the Library of Congress, the Louvre Museum, and the Russian State Archive. Furthermore, it highlights the advantages of using digital collection management systems, particularly the Omeka platform, and the practical opportunities for implementation. Barchamizga ma’lumki hozirda axborot – kutubxona muassasalarining asosiy vazifalaridan biri o‘z foydalanuvchilariga imkoni boricha raqamli axborot – kutubxona xizmatini ko‘rsatishdan iboratdir. Bu xizmatlar asosan veb-sayt, avtomatlashtirlgan, kutubxona, elektron kutubxona va yoki raqamli repozitoriy kabi vositalar orqali taqdim etilmoqda. Bugun yana bir xizmat, ya’ni raqamli to‘plamlar (digital collections) ni shakllantirish va foydalanuvchilarga taqdim etish rivojlanib bormoqdaki bu haqda fikr yuritish dolzarb hisoblanadi. Raqamli to‘plam – raqamli kutubxonaning tarkibiy qismi bo‘lib, raqamli to‘plam - bu raqamli ravishda saqlangan va Internet yoki dasturiy ta’minot 175 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference orqali foydalanish mumkin bo‘lgan fayllar to‘plamidir. Raqamli to‘plamlarni barcha turdagi axborot – kutubxona muassasalari, muzeylar va arxivlarda shakllantirish mumkin bo‘lib, o‘z fondlarida saqlanayotgan ilmiy-ommabop hujjatlarni keng foydalanuvchilar ommasiga taqdim etishning noyob vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Raqamli to‘plamlar ma’lum soha, mavzularga oid bo‘lib, ma’lum geografik, mashxur voqelikka yoki maqsadlariga qarab turli ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Raqamli to‘plamini tanlash bir qator omillar bilan belgilanadi, bu omillarni faqat aniq vazifani aniq sharoitlarda ko‘rib chiqishda hisobga olish mumkin. Potensial raqamli to‘plamni belgilashda universal parametrlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi [2]: - nashrning ilmiy va badiiy qiymati; - nashrning noyobligi; - nashrning nusxalarining mavjudligi va saqlanish darajasi; - to‘plam mazmunining kutubxonaning profili bilan mosligi; - to‘plamni yaratish uchun zarur kuch va vositalarning mavjudligi; - yaratilgan to‘plamni to‘liq matnli ma’lumotlar bazalariga keyinchalik sotish imkoniyati. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki raqamli to‘plamlar foydalanuvchilarni axborotlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladigan muhim vosita hisoblanadi, barcha turdagi muassasalar, ular ommaviy yoki akademik kutubxonalar, muzey yoki arxiv muassasalari hatto nodavlat tashkilotlar ham o‘zlarining to‘plamlarini shakllantirishga katta e’tibor qaratmoqdalar, aytib o‘tish mumkinki raqamli to‘lamlarni shakllantirish tijoriy maqsadlari ham keng uchrashi mumkin. Quyida ba’zi misollarni kelturib o‘tishimiz mumkin. - Jahon reytingida TOP 10 dan o‘rin olgan Chikago universitetining kutubxonasining 100 dan ortiq raqamli to‘plamlari mavjud bo‘lib, ular tomonidan shakllantirilgan “19-asr Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyo xaritalari” (https://www.lib.uchicago.edu/e/collections/maps/middleeast19/) to‘plamidan XIX asrga tegishli noyob haritalar suratlari joy olgan [2]. - AQSH Kongres kutubxonasida 17 mavzuga oid 1079 ta to‘plam mavjud bo‘lib, ularda 170 mln dan ortiq resurslar mavjud, shulardan raqamli to‘plamlari 554 tani tashkil etib, misol sifatida “Abdul Hamid II” (https://www.loc.gov/collections/abdul-hamid-ii/about-this-collection/) to‘plamda Usmonli Imperiyasinining so‘ngi sultonlaridan biri Abdulhamidxon 176 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tarixi va faoliyatiga (1880-1893 yillar) oid 1819 fotosuratlar va 51 ta katta formatli albomdan iborat [3]. - Parijdagi Luvr muzeyi veb-sahifasida 23 ta to‘plam mavjud bo‘lib, ularda 500 mingdan ortiq raqamli eksponatlar taqdim etilgan, masalan Kitoblardagi san’at (https://collections.louvre.fr/en/recherche?typology%5B0%5D=11 ) to‘plamida 2176 ta eks

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada axborot-kutubxona, arxiv va muzey muassasalarida raqamli to‘plamlarni shakllantirish va foydalanuvchilarga taqdim etish masalalari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada axborot-kutubxona, arxiv va muzey muassasalarida raqamli to‘plamlarni shakllantirish va foydalanuvchilarga taqdim etish masalalari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamli plamlarni, raqamli plamlar, digital collections, axborot kutubxona, mavjud lib, shakllantirish foydalanuvchilarga, foydalanuvchilarga taqdim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники