К содержанию
РецензированоUZ2026

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA STEAM TA’LIMINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

TA’LIMINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI · Sobirov Avazbek Abidjonovich

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article provides a scientific analysis of the role and methodological foundations of STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) education in developing creativity and innovative thinking among students of pedagogical higher education institutions. The study results show that students trained under the STEAM approach achieved significantly higher levels of creativity, critical thinking, collaboration, and application of practical knowledge compared to students of traditional education. The article also offers recommendations and future perspectives for the implementation of the STEAM approach in the education system of Uzbekistan. 182 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Kalit so‘zlar: STEAM ta’limi, ijodkorlik, innovatsion fikrlash, pedagogik ta’lim, tanqidiy fikrlash, loyiha asosida o‘qitish, dizayn fikrlash, O‘zbekiston ta’lim tizimi. Ключевые слова: STEAM-образование, креативность, инновационное мышление, педагогическое образование, критическое мышление, обучение на основе проектов, дизайн-мышление, система образования Узбекистана. Keywords: STEAM education, creativity, innovative thinking, pedagogical education, critical thinking, project-based learning, design thinking, education system of Uzbekistan. Dunyodagi ta’lim tizimlarining xalqarolashuvi jarayonlari milliy ta’lim tizimi oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Jumladan, hozirgi kunda maktablarning asosiy vazifalaridan biri talabalarda dunyoga yaxlit, o‘zaro aloqador bo‘lgan birlik sifatida qarash, uning global muammolari hamda bu muammolar echimini ko‘ra va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat. Ta’lim mazmunida talabalarda tayanch kompetentsiyalarni rivojlantirishda “inson- jamiyat”, “inson-atrof-muhit”, “inson-global hayot” muammolari markaziy o‘rin egllamoqda. Zero, har bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Fan va madaniyat rivojlanishi ta’lim-tarbiya ishlarining qay darajada olib borilishidan kelib chiqadi va bu davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. Pedagogik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan islohotlar globallashuv jarayonlari ta’sirida tez o‘zgarib borayotgan jamiyatda siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotda faol ishtirok eta oladigan yosh avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining faollik, kreativ fikrlash, ijtimoiy mas’uliyatlilik, yuksak bilimga egalik, rivojlangan intellekt, namuna ko‘rsatishlilikni talab etadi. STEAM ta’limi kontseptual jihatdan keltirib o‘tilgan sifatlarni talabalarda rivojlantirishda pedagogik shart- sharoit yaratib beradi. Insoniyat tarixi, uning rivojlanish yo‘nalishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning birligi qonuniyati asosida belgilangan. Ijtimoiy-iqtisodiy qarashlar, g‘oyalar va ideallar jamiyatda mazkur qonuniyat hukm surganda fan, san’at, madaniyat, ishlab chiqarish va turmush tarzi rivojlanishiga asosiy omil bo‘lgan. Inson faoliyati “tabiat, jamiyat va insonning o‘zini o‘zgartirishga qaratilgan, ongli maqsadga yo‘naltirilgan amaliyoti1” hisoblanadi. Zamonaviy 1 Муталипова М.Ж. Халқ педагогикаси. –Т.: Фан ва технология, 2015. -B.5. 183 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ta’limda kuzatilayotgan rivojlanish tendentsiyalari mazkur amaliyotni ta’lim mazmuniga singdirish, ta’minlashga qaratimoqda. STEAM ta’limi o‘rganishning samaradorligi va inson faoliyatiga bevosita zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantira olishi bilan tavsiflanadi. STEAM innovatsion ta’limning eng yaqqol pedagogik yondashuvi sifatida integrativlik tavsifi bilan global ta’lim muhitida alohida ahamiyat kasb etadi. Globallashuv sharoitida yangilanish va yuksalishlar har bir sohada integratsiyalashuv, innovatsion tafakkurni va ularga asoslangan jamoaviy uyg‘unlashuv hamda innovatsion muhitni taqozo etadi. Pedagogik kadrlarni tayyorlashda innovatsion ta’lim ustuvor hisoblanmoqda. Quyida an’anaviy va innovatsion ta’lim muhitining qiyosiy tahlili kletirilgan. 2.2.1-jadval. An’anaviy va innovatsion ta’lim jarayoning qiyosiy tahlili An’anaviy ta’lim Innovatsion ta’lim Reproduktiv fikrlash Produktiv fikrlash Standart tafakkurlash Nostandart tafakkurlash Konservativlikka intilish Yangilikka intilish Valyuativ jihat ustuvor (baholash) Reaktiv, amaliyotni harakatga keltiruvchi ong qismi rivojlangan Noratsionallik jihatlari ko‘proq Ratsional tafakkurlash ustuvor An’anaviy fikrlash Evristik, kreativ fikrlash Bugungi kunda globallashiv va taraqqiyotning ta’siri natijasida nafaqat ta’limning mazmuni, balki “ta’lim oluvchi” tushunchasining ma’nosi ham o‘zgarmoqda. Hozirda talabalar maktab yoki oliy ta’limda olingan bilimning yakuniy bilim emasligi, doimiy ravishda uzluksiz mustaqil o‘qish, o‘rganish kasbiy-shaxsiy hayotda muvaffaqiyatni ta’minlashni yaxshi tushunadilar. Globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo‘lgan eht

Доказательный фрагмент

«This article provides a scientific analysis of the role and methodological foundations of STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) education in developing creativity and innovative thinking among st…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides a scientific analysis of the role and methodological foundations of STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) education in developing creativity and innovative thinking among st… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
STEAM education, creativity, innovative thinking, pedagogical, ijodkorlik, STEAM ta’limi, pedagogik ta’lim, dizayn fikrlash, innovatsion fikrlash, O‘zbekiston ta’lim tizimi., loyiha asosida o‘qitish, tanqidiy fikrlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники