К содержанию
РецензированоUZ2026

OQSILLARNI AJRATIB OLISH USULLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Karimova Muhabbat (in-academy.uz/index.php/yo) · Jumayev Nosirjon (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada oqsillar (proteinlar)ning biologik tuzilishi, organizmdagi funksiyalari va ularni ajratib olishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Oqsillar hujayralarning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ularning tuzilishini o‘rganish va toza holatda ajratib olish biokimyo, tibbiyot, farmatsevtika va molekulyar biologiya sohalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada cho‘ktirish, dializ, xromatografiya, elektroforez, ultratsentrifugirlash kabi asosiy usullar har birining prinsipi, amaliy qo‘llanilishi va afzallik-kamchiliklari bilan keng yoritilgan. Shuningdek, mikrochip asosidagi avtomatlashtirilgan ajratish texnologiyalari va sun’iy intellekt yordami bilan oqsil tahlili kabi innovatsion yondoshuvlar ham tahlil qilinadi. Ilmiy va amaliy yondashuvlar uyg‘unlashtirilgan holda yozilgan mazkur maqola oqsil izolyatsiyasi jarayonlarini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Oqsil, protein, ajratib olish, cho‘ktirish, dializ, xromatografiya, elektroforez, ultratsentrifugirlash, mikrochip texnologiyasi, sun’iy intellekt, oqsil tozalash, biokimyo, molekulyar biologiya. Oqsillar tirik organizmlarda muhim biologik funksiyalarni bajaradi. Ular fermentativ faoliyat, tashuvchi tizimlar, immun javob, strukturaviy elementlar sifatida qatnashadi. Shu sababli oqsillarni izolyatsiya qilish va tozalash biologiya, biokimyo, molekulyar biologiya, tibbiyot va farmatsevtikada keng tadbiq etiladi. Bu jarayonlar laboratoriya sharoitida yuqori aniqlik va takrorlanuvchanlik bilan amalga oshirilishi lozim. Oqsillar yoki proteinlar - bu amin va karboksil guruhlari orqali o‘zaro bog‘langan sut kislotasi qoldiqlaridan tashkil topgan murakkab organik birikmalardir. Ular suv va turli tuz eritmalarida eruvchanlik darajasiga qarab yettita asosiy turkumga ajratiladi: albuminlar, globulinlar, glutaminlar, gistonlar, prolaminlar, protaminlar hamda skleroproteinlar. Shuningdek, pepsin, tripsin, ximotripsin va papain kabi proteolitik fermentlar ham proteinlar guruhiga kiradi. Amaliyotda esa “protein” atamasi ko‘pincha “oqsil” so‘zining sinonimi sifatida ishlatiladi. Oqsillar - tirik hujayralarning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, azot tutuvchi murakkab organik moddalar sirasiga kiradi. Ular barcha biologik jarayonlarda ishtirok etadi va organizm faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.. Har bir hujayrada minglab turdagi oqsillar mavjud bo‘lib, ularning har birining o‘ziga xos funksiyasi mavjud. Shu bois, ular “protein” deb ataladi - bu so‘z yunon tilidagi protos - “birinchi” yoki “eng muhim” degan ma’noni bildiradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, oqsillar hujayra massasining qariyb 75 foizini tashkil etadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, barcha tirik mavjudotlarning oqsillari, ularning bajaradigan vazifasidan qat’i nazar, bir xil 20 ta standart aminokislotalar asosida shakllanadi. Oqsillar shunchalik xilma-xil tuzilishga va funksiyaga ega bo‘lgani bois, ularni o‘rganish, tahlil qilish va amaliyotda qo‘llashdan oldin, avvalo ularni toza holatda ajratib olish zarur bo‘ladi. Ayniqsa, biokimyo, molekulyar biologiya va farmatsevtika sohalarida oqsillarni izolyatsiya qilish va tozalash aniq, selektiv va qayta takrorlanadigan usullar orqali amalga oshirilishi talab etiladi. Shu sababli, quyida oqsillarni ajratib olishda qo‘llaniladigan asosiy 70 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo ilmiy usullar, ularning ishlash prinsipi va qo‘llanish sohasi haqida batafsil ma’lumot beriladi. Birinchi navbatda, eng oddiy va ko‘p tarqalgan usullardan biri bu cho‘ktirish (pretsipitatsiya) hisoblanadi. Ushbu usulda oqsillar ularning eruvchanligiga ta’sir qiluvchi reagentlar yordamida cho‘ktiriladi. Masalan, ammoniy sulfat yoki sovuq etanol kiritilishi oqsil molekulalarining suv bilan o‘zaro ta’sirini kamaytiradi, natijada ular cho‘kadi. Odatda bu usul dastlabki tozalash bosqichlarida ishlatiladi. Oqsillar cho‘kib bo‘lgach, sentrifugatsiya orqali ajratiladi va tampon eritmasida qayta eritiladi. Bu usul oddiy va arzon bo‘lishiga qaramay, selektivligi past va ba’zan kerakli oqsil bilan birga boshqa oqsillar ham cho‘kib ketadi. Keyingi usullardan biri – dializ. Bu jarayon oqsilni past molekulyar og‘irlikdagi aralashmalardan, ayniqsa tuzlardan ajratishda ishlatiladi. Dializda oqsil eritmasi yarim o‘tkazuvchan membranali xaltachaga joylashtiriladi va bufer eritmasiga solinadi. Vaqt o‘tishi bilan kichik molekulalar (masalan, tuzlar va bufer ionlari) membrana orqali chiqib ketadi, oqsil esa ichkarida qoladi. Dializ jarayoni bir necha marta yangi eritma bilan takrorlanadi. Bu usulda oqsillar zararlanishi ehtimoli past bo‘lsa-da, jarayon sekin va faqat past molekulali aralashmalarni ajratadi. Eng keng va murakkab usul bu xromatografiyadir. Xromatografik ajratish fizik-kimyoviy xossalarga asoslanadi va juda aniq bo‘ladi. Birinchi tur – ion almashinish xromatografiyasidir. Unda kolonkada zaryadlangan smolalar bo‘ladi, masalan, manfiy zaryadlangan qatlam musbat zaryadli oqsillarni ushlab qoladi. So‘ngra bufer tark

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oqsillar (proteinlar)ning biologik tuzilishi, organizmdagi funksiyalari va ularni ajratib olishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar ilmiy jihatdan tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oqsillar (proteinlar)ning biologik tuzilishi, organizmdagi funksiyalari va ularni ajratib olishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
protein, mikrochip texnologiyasi, dializ, xromatografiya, ultratsentrifugirlash, biokimyo, cho‘ktirish, sun’iy intellekt, ajratib olish, molekulyar biologiya., oqsil tozalash, Oqsil, elektroforez
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники