Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHIGITNING KO‘KARIB CHIQISH DINAMIKASI NO-TILL TEXNOLOGIYASI SHAROITIDA (NUKUS TUMANI MISOLIDA)
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Genjebaeva Sanegul Sarsenbaevna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Maqolada Nukus tumani sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda no-till texnologiyasi asosida olib borilgan paxta yetishtirish tajribasida chigitning ko‘karib chiqish dinamikasi o‘rganildi. Tajriba maydonida 6 ta variant va 3 martalik takroriylikda chigit 30-aprel kuni ekilib, 7-maydan 15-maygacha kuzatuvlar olib borildi. Tadqiqot davomida g‘o‘za chigitining ko‘karib chiqish sur’atiga haydamasdan ekish, tuproq namligi va oldindan ekilgan beda o‘simligi muhim ta’sir ko‘rsatdi. Olingan natijalar asosida optimal agrotexnologik yondashuvlar aniqlanib, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz usullarning afzalliklari ko‘rsatildi. Kalit so’zlar: no-till, g‘o‘za, chigitning ko‘karib chiqishi, o‘tlo‘qi allyuvial tuproq. Kirish. Qishloq xo‘jaligi sohasida barqaror hosildorlikka erishish, tuproq unumdorligini saqlash va suv resurslarini tejashda resurs tejamkor texnologiyalar, xususan, no-till (haydashsiz) texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur texnologiya, ayniqsa, Qoraqalpog‘istonning Nukus tumani kabi iqlimi qurg‘oqchil hududlarida yanada dolzarbdir. Tadqiqotning asosiy maqsadi – no-till texnologiyasi sharoitida paxta chigitining ko‘karib chiqish dinamikasini o‘rganish, ko‘karib chiqish bosqichlarini qayd etish va bu jarayonga beda o‘simligi bilan aralash ekishning ta’sirini baholashdan iborat. Adabiyotlar tahlili. So‘nggi yillarda paxtachilikda no-till texnologiyasini joriy etish bo‘yicha qator tadqiqotlar olib borilgan. Kuznetsovning fikricha [1; 25-37b.] no-tillning birinchi va ehtimol, eng aniq foydasi tuproq eroziyasini kamaytirishdir. An'anaviy ishlov berish usullari, shu jumladan shudgorlash, ko'pincha o'simliklarning sog'lig'i uchun muhim bo'lgan tuproqning yuqori qatlamini yo'q qilishga olib keladi. S. Ivanov va M.Petrovaning fikricha [2; 45-58b.] no-till texnologiyasi tuproq tuzilishini yaxshilashga yordam beradi. Minimal aralashuv bilan tuproq sog'lig'ini saqlashda muhim rol o'ynaydigan foydali mikroorganizmlar va qurtlarning faol rivojlanishi mavjud. Natijada, tuproqning tuzilishi yaxshilanadi va uning suvni ushlab turish xususiyatlari yaxshilanadi, bu ekinlarning muvaffaqiyatli o'sishi uchun juda muhimdir. K.V. Grebenyuk [3; 71-73 b.] oʻz maqolasida Qozogʻistonning shimoliy mintaqasida sideratlardan foydalanib haydamasdan ekish texnologiyasini qoʻllashning abzalliklari haqida aytib oʻtadi. Bu mintaqa iqlim sharoitida kushli shamol va suv eroziyasi kuzatiladi. Analiz natijalari shuni koʻrsatgan, bu yerlarda no-till texnolgiyasini qoʻllash tuproqning agrofizik, agrokimyoviy va biologik koʻrsatkishlarini ijobiy tomonga oʻzgarttirgan yani tuproq yuzasini tekislash va sideratlarni ekish tuproqni organik moddalarga boyitib, struktura yaxshilanib, tuproq zishligi kamayib, haydalma va haydalma osti qatlamlarning aeratsiyasi yaxshilangan. Mamadjonova N. (4; 379-382 b.) takidlashicha, gʻoʻza parvarishidagi agrotadbirlar tizimi, yuqori va sifatli, shuningdek ertapishar hosil yetishtirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Xususan, maydon birlikda tekis va barqaror koʻchat olish, koʻchat qalinligining optimal darajada taʼminlanishi, oʻsimlik tupining morfologik tuzilishi, oʻsuv va hosil shoxlarining rivojlanishi, hosil elementlarining salmogʻi va nisbati, hamda ularning umumiy hosilga taʼsiri oʻta muhim koʻrsatkichlar hisoblanadi. Bu omillar gʻoʻza oʻsishi, rivojlanishi, hosil toʻplashi va hosilning sifat hamda miqdoriga bevosita taʼsir koʻrsatadi. 80 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Tadqiqot metodologiyasi. Tajriba Nukus tumanida joylashgan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqli dalada olib borildi. Paxta chigiti (S-4727 navi) 2025-yil 30-aprel kuni no-till texnologiyasi asosida ekildi. Har bir variantga beda urug‘i ham aralash ekildi. Tajriba 6 ta variant va 3 takroriylikda tashkil etildi. Tajribada mineral o’g’itlardan fosfor va kaliyning yilllik me’yorlari to’liq qo’llanildi. Sug‘orish tomchilatib sug‘orish usulida olib boriladi. Chigitning ko‘karib chiqishi dalada bevosita kuzatuv va hisoblash usuli orqali har 2–3 kunda 1 pog‘onali metrda aniqlanib, natijalar o‘rtacha qiymatda qayd etildi. Kuzatuvlar 7- maydan 15-maygacha bo‘lgan davrda olib borildi. Natijalar va muhokama. Quyidagi jadvalda kuzatuv kunlari bo‘yicha 1 pogonometr oralig‘idagi ko‘karib chiqqan nihollar soni va ularning arifmetik o‘rtachasi ko‘rsatilgan (1- jadval). 1-jadval S-4727 g‘o‘za navi chigitining unib chiqishi, 1 p.m.dona 07.05.2025 09.05.2025 11.05.2025 13.05.2025 15.05.2025 1 p.m 1 p.m 1 p.m 1 p.m 1 p.m r a tl oraliq a oraliq a oraliq a oraliq a oraliq a n h h h h h a 1 2 c 1 2 c 1 2 c 1 2 c 1 2 c a ri r t a r t a r t a r t a r t a V O’ O’ O’ O’ O’ 1 0 1 0,5 3 3 3 8 11 9,5 12 16 14 18 20 19 2 1 1 1 4 5 4,5 9 12 10,5 15 19 17 23 26 24,5 3 2 0 1 2 3 2,5 6 8 7 16 18 17 22 25 23,5 4 2 1 1,5 4 4 4 6 9 7,5 18 22 15 24 27 25,5 5 1 1 1 4 3 3,5 7 11 9 17 23 15 26 28 27 6 1 0 0,5 5 4 4,5 8 13 10,5 21 24 22,5 28 30 29 Dala sharoitida chigit unuvchangligini aniqlash bo‘yicha o’tkazilgan kuzatuv nati
Доказательный фрагмент
«Maqolada Nukus tumani sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda no-till texnologiyasi asosida olib borilgan paxta yetishtirish tajribasida chigitning ko‘karib chiqish dinamikasi o‘rganildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Nukus tumani sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda no-till texnologiyasi asosida olib borilgan paxta yetishtirish tajribasida chigitning ko‘karib chiqish dinamikasi o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chigitning ko‘karib chiqishi, no-till, o‘tlo‘qi allyuvial tuproq., g‘o‘za
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025