Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA ORIPOV ASARLARIDA ALISHER NAVOIY TALQINI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Raxmonova Surayyo (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 1965
Аннотация
O‘zbek xalqining buyuk shoiri Abdulla Oripov o‘z ijodida milliy qadryatlar, tarixiy siymolar va ma’naviyatimizni chuqur ifoda etgan adiblardan biridir. U Alisher Navoiy siymosiga katta ehtirom bilan yondoshgan va uni faqat adib emas, balki butun bir millatning ma’naviy ustuni sifatida tasvirlagan. Abdulla Oripovning ‘‘Hazrat Navoiyga ‘‘deb nomlanga she’ri eng yorqin namunadir. Bu she’rda u Navoiy siymosini ilohiy darajada ulug‘laydi: Kimki sening do‘sting bo‘lsa, o‘zi do‘stlarg‘a do‘st, Kimki dushman bo‘lsasenga, xalq aro yovg ‘a yov. Kalit so’zlar: iste’dod, milliy iftixor, millat ruhi, benazir siymo, timsol, fonomen. Bu misralarda Navoiyga do‘st bo‘lish–ma’naviyatga, adolatga, xalqparvarlikka sodiq bo‘lish belgisi sifatida talqin etiladi. Shoir Navoiy g‘oyalarini o ‘z davrida ham dolzarb deb biladi va uni yosh avlodga namuna sifatida ko‘rsatadi. Abdulla Oripovning birinchi to‘plami 1965 yilda “Mitti yulduz” nomi bilan bosilib chiqqan. Bu va “Shoirning tug’ilishi” to‘plamidagi talabalik davrida yozilgan ba’zi ilk she’rlarida mavhumlik alomatlari va bahsli, ziddiyatli fikrlar va tahrirtalab o‘rinlar uchraydi. Biroq ular jiddiy g’oyaviy nuqson deb emas, balki ijodiy izlanish va o‘sish yo‘lidagi tadrijiy qiyinchiliklar tarzida qabul qilinishi to‘griroq bo‘ladi. Zero, Abdulla Oripov – tug‘ma iste‘dod egasi, juda noyob uchraydigan o‘ziga xos talant sohibidir. Yosh shoirning 1966 yili nashr etilgan “Ko‘zlarim yo‘lingda” asarida muallifning muxtasar kirish so‘zi berilgan. Bu muqaddima ko‘p jihatdan diqqatga sazovor, shu bois uni quyida keltirib o‘tamiz: “Do‘stlarim! Shunday paytlar bo‘ladiki, kishi o‘z bog‘idagi gullardan ko‘ngildagiday dastalanmagan bo‘lsa- da, yor-birodarlariga taqdim etishni xohlab qoladi. Lekin ushbu to‘plamdagi she‘rlar hali gul bilan taqqoslagudek emas. Demak, hali guldasta tashbehining o‘zi ushbu kitob uchun nojoizdir. Kamolga yetmagan misralar, faromush fikrlar ko‘p. Bu gaplarni kamtarlikka yo‘ymaslik kerak. Chunki dunyodagi eng qattiqqol kitobxon –vaqt ham borki, u bilan yuzma- yuz kelish nihoyatda og‘ir va iztiroblidir”. Bu shoir uchun bir umr muqaddas tuyg’u va asosiy mezon bo‘lib qoladi. Yetuk yozuvchilarning mukammal asarlari mazmunini ko‘zdan kechirish shundan dalolat beradiki, milliylik va internatsionallik adabiyotning muhim va ajralmas xususiyati sifatida shakllanadi va rivojlanadi. Masalan, Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi va Abdulla Oripovning “O‘zbekiston” she’rlarida milliy iftixor tuyg’ulari bilan birga baynalmilallik va umumin soniylik g‘oyalari ham yorqin ifodalanadi. Abdulla Oripov she’rlaridagi falsafiy teranlik, ma’nolarning sepqatlamliligi, insonga va xalqqa o‘zligini anglatish, ona tilini himoya qilish uning ijodida Alisher Navoiy an’analarining jonlanishiday taassurot uyg’otadi. Bu tabiiy holdir. O‘zbek tilimiz va adabiyotimizni dunyo miqyosida tarannum etgan, xalqimiz ma‘naviyati rivojiga benihoya kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan va endilikda yanada yuksak qadrlanayotgan benazir siymo-bu, shubhasiz, Navoiydir. U nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun turkiy olamning betimsol shoir va mutafakkiri sifatida jahon badiiy- estetik tafakkuri rivoji va renessans tarixida eng yuksak mavqeni egallagan general san’atkor. Bu tarixiy haqiqatni A. Oripov sovet davrida ko‘plab sherlarida katta bir faxr va teranlik bilan baralla ayta olgani ham uning yuksak poetik mahorati va jasoratini ko‘rsatadi: Besh asrki nazmiy saroyni 83 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Titratadi zanjirband bir sher, Temur tig’i etmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher...(4-bet) Nafaqat navqiron Abdulla Oripov ijodida, balki 60-yillar she’riyatida muhim bir voqea bo‘lgan bu zalvorli she’rda ifodalangan g‘oyat chuqur va keng mazmun va tuyg‘ularni har bir kitobxon o‘z saviyasi darajasida tushunadi va o‘zicha talqin etadi. Masalan. “Temur tig’i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher” misralarini ba’zi o‘quvchilar “Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz ham egallay olmagan joylar, ya’ni olis mamlakatlarni ham Alisher Navoiy o‘z qalami bilan, buyuk asarlari bilan zabt etgan” degan mazmunda tushunadilar. Bunday talqin ham xato bo‘lmaydi. Ammo yuqoridagi satrlarning mazmunini faqat ko‘p davlatlarning xududlarini egallab olgan deyishdan ko‘ra ham, eng avvalo. Navoiy o‘z she’rlari va dostonlari bilan ko‘plab millat va xalqlarning qalbiga yo‘l topa oldi va ularning ham mehr-e’tiborini qozondi deb tushunsak, to‘g‘riroq bo‘lsa kerak. Zero, hazrat Navoiyning o‘zlari ham: Olibmen taxti farmonimg‘a oson, Cherik yubormay Xitodin to Xuroson... Xuroson demakim, Sherozu Tabrez, Ko‘ngul bermish so‘zumga turk jon ham, Ne yolg‘uz turk, balkim turkmon ham... deb, faxrlanishida ham so‘z, ya’ni yaratgan durdona asarlarini va ularning jahonshumul shuhrat topishini nazarda tutadi. Darhaqiqat, Navoiy ijodi va estetikasidan oziqlanib, unga e’tiqod qo‘ygan yuzlab shoirlar kabi A.Oripov ham adabiyotga, ijodkor shaxsiyati va burchiga juda katta mas’uliyat bilan yondashgan. U Navoiy ijodi, buyuk siymosiga
Доказательный фрагмент
«O‘zbek xalqining buyuk shoiri Abdulla Oripov o‘z ijodida milliy qadryatlar, tarixiy siymolar va ma’naviyatimizni chuqur ifoda etgan adiblardan biridir.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbek xalqining buyuk shoiri Abdulla Oripov o‘z ijodida milliy qadryatlar, tarixiy siymolar va ma’naviyatimizni chuqur ifoda etgan adiblardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- timsol, iste’dod, fonomen., milliy iftixor, millat ruhi, benazir siymo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025