К содержанию
РецензированоUZ2026

5-7-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN TASVIRIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY VIZUAL VOSITALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Hamidova Dildora Muxiddin qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada 5-7-sinf o‘quvchilari uchun tasviriy san’at mashg‘ulotlarida zamonaviy vizual vositalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida multimedia, interaktiv texnologiyalar, virtual reallik va animatsiya elementlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda badiiy tafakkur, estetik did va ijodiy salohiyatni rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. SHuningdek, zamonaviy vositalardan foydalanishning metodik yondashuvlari hamda amaliy samaralari bo‘yicha takliflar berilgan. KALIT SO‘ZLAR: Tasviriy san’at, vizual vositalar, zamonaviy texnologiyalar, 5-7-sinf, badiiy ta’lim, estetik tarbiya, multimedia, ta’lim metodikasi. Bugungi kunda ta’lim sohasida yuz berayotgan global o‘zgarishlar, jumladan, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va zamonaviy vositalarning ta’lim jarayoniga joriy etilishi bevosita tasviriy san’at ta’limida ham yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Ayniqsa, 5-7- sinf yoshdagi o‘quvchilar uchun vizual vositalar orqali bilim berish jarayoni nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham yuqori samara berayotgani ilmiy va metodik tadqiqotlarda isbotlangan. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek – “Yoshlarimizni ertaga jamiyatning yetuk va zamonaviy fikrlaydigan a’zolari qilib tarbiyalashni istasak, ularni bugun yetarlicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashimiz shart”1. Bu fikrdan kelib chiqib, maktab ta’limida, xususan, badiiy ta’lim sohasida zamonaviy vizual vositalardan samarali foydalanish muhim vazifalardan biriga aylandi. Zamonaviy dunyoda tasviriy san’at nafaqat san’atshunoslik fani, balki umumiy vizual tafakkurni shakllantiruvchi asosiy fanlardan biriga aylanmoqda. Mazkur maqola zamonaviy vizual vositalar (interaktiv doskalar, multimediali prezentatsiyalar, virtual reallik vositalari, grafik planshetlar va boshqalar)ning tasviriy san’at darslaridagi o‘rni va ahamiyatini 5-7-sinflar misolida tahlil qiladi. Shu orqali o‘quvchilarda estetik didni shakllantirish, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish va san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalariga yechim taklif etiladi. Shuni aytish joizki, 5-7-sinflarda tasviriy san’at mashg‘ulotlarida zamonaviy vizual vositalardan foydalanishga oid tadqiqotlar so‘nggi yillarda ko‘payib borayotgan bo‘lsa-da, ushbu yo‘nalishda ilmiy-metodik ishlar hanuz yetarlicha to‘liq ishlab chiqilmagan. Ayniqsa, maktab bosqichida badiiy ta’limda raqamli texnologiyalar, interaktiv metodlar va animatsiya imkoniyatlarini amaliy ravishda joriy etishning metodologik asoslari hali ham to‘liq shakllanmagan. Xalqaro darajada bu borada AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya kabi davlatlarda o‘quvchilarning vizual fikrlashini rivojlantirishda AR/VR texnologiyalar, Adobe Creative Cloud dasturlari, interaktiv planshetlar keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, Janubiy Koreya 1 Sh.Mirziyoev, 2023 yil, Xalq ta’limi tizimiga bag‘ishlangan yig‘ilishdan 88 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo maktablarida “Digital Art Lab”lar tashkil qilinib, yoshlarda ijodiy tafakkurni texnologik muhitda rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonda esa 2022-2023 yillar davomida xalq ta’limi, san’at va madaniyat sohalaridagi bir qator islohotlar, jumladan: – “2021-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasi”; – “Ma’naviy-ma’rifiy sohani yanada rivojlantirishga oid Prezident qarori” (2023); – “Maktab ta’limida raqamli texnologiyalarni joriy etish dasturi" (2022) kabi hujjatlarda bevosita umumiy o‘rta ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim vositalaridan keng foydalanish belgilangan bo‘lsa-da, aynan tasviriy san’at darslaridagi amaliyot bu sohadagi tadqiqotlarning dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Shu sababli mazkur maqolada tasviriy san’at ta’limida zamonaviy vizual vositalardan foydalanishning imkoniyatlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqotimizning ilmiy ahamiyati shundaki, u 5-7-sinf o‘quvchilarida estetik ta’lim va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan zamonaviy vizual vositalarni tasviriy san’at mashg‘ulotlariga integratsiya qilishning ilmiy-nazariy asoslarini belgilaydi. Maqolada zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning psixologik-pedagogik ta’siri hamda metodik yondashuvlar ilmiy tahlil qilinadi. Amaliy jihatdan esa, mazkur tadqiqot: – tasviriy san’at o‘qituvchilariga innovatsion ta’lim vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar beradi; – 5-7-sinflar uchun dars ishlanmalari, mashg‘ulotlarda multimedia, interaktiv doskalar, grafik planshetlar va boshqa vositalardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini shakllantiradi; – pedagogik amaliyotda tasviriy san’atni faqat an’anaviy usullar orqali emas, balki raqamli muhitda ham o‘qitish imkoniyatlarini ochib beradi; – o‘quvchi shaxsiyatidagi badiiy did, mustaqil ijod, vizual tafakkur kabi qobiliyatlarni shakllantirishda zamonaviy vizual vositalarning ta’sirini nazariy va tajribaviy jihatdan asoslab beradi. Bu maqola shuningdek, pedag

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada 5-7-sinf o‘quvchilari uchun tasviriy san’at mashg‘ulotlarida zamonaviy vizual vositalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada 5-7-sinf o‘quvchilari uchun tasviriy san’at mashg‘ulotlarida zamonaviy vizual vositalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
estetik tarbiya, ta’lim metodikasi., multimedia, badiiy ta’lim, Tasviriy san’at, vizual vositalar, zamonaviy texnologiyalar, 5-7-sinf
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники