К содержанию
РецензированоUZ2026

QARDOSH XALQLAR ADABIY ALOQALARIDA TARJIMANING O‘RNI VA ESTETIK TALQINI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · ESTETIK TALQINI (in-academy.uz/index.php/yo) · Dadebayeva Malika Miratbayevna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek xalqining ardoqli shoiri Muhammad Yusuf she’rlarining qoraqalpoqcha tarjimalari haqida fikrlar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, so‘z san’atkorining o‘zbek tilidagi va qoraqalpoq tilidagi she’rlari tahlilga tortilgan. O‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalarida tarjimaning o‘rni va estetik talqini haqida fikrlar ifodalangan. Kalit so‘zlar. O‘zbek adabiyoti, qoraqalpoq adabiyoti, lirika, adabiy aloqa, o’ziga xoslik, badiiylik, milliylik, badiiy tarjima, lirik qahramon. O‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi adabiy va og‘zaki ijodning yaqinligi, ularning umumiy madaniy o‘tmishini tasdiqlaydi. Bu xalqlarning og‘zaki ijodiy asarlari, masalan, «Alpomish», «Edigey», «Maspatsha» kabi dostonlar, birgalikda umumturkiy merosni tashkil etadi. Bu asarlar o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari uchun bir xil ahamiyatga ega bo‘lib, xalq xotirasida saqlanib kelgan va turli madaniyatlar o‘rtasidagi almashuvlarni ifodalaydi. Bunday o‘xshashliklar faqat formal jihatlarda emas, balki semantik mazmunida ham o‘z aksini topadi. Bugungi globallashuv davrida xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ma’naviy aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu jarayonda adabiy munosabatlar muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, qardosh xalqlar bo‘lmish o‘zbek va qoraqalpoq adiblarining bir-biriga mehr bilan yondashib, ijodiy aloqalarni rivojlantirishi xalqlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va ma’naviy yaqinlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Adabiy tarjima esa bu jarayonning asosiy ko‘priklaridan biri bo‘lib, u millatlararo madaniy integratsiyaning ham muhim vositasiga aylangan. Tarjima — bu nafaqat til vositasida matnni o‘girish, balki muallifning fikri, tuyg‘usi, ruhiy holatini boshqa tildagi o‘quvchiga yetkazish san’atidir. Tarjimon shoirning ichki olamini, asarning badiiy-estetik qatlamlarini chuqur anglamasdan turib, sifatli tarjima yaratishi amri mahol. Shu sababdan ham tarjimon nafaqat ikki tilni mukammal bilgan, balki har ikki xalqning madaniy va ruhiy qadriyatlaridan xabardor, badiiy tafakkurga ega bo‘lgan ijodkordir. Shu jihatdan tarjima bilan shug‘ullanuvchi ijodkor, aslida, o‘z xalqining madaniy elchisi, xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik quruvchi ijodkor sifatida qaraladi. O‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri — Muhammad Yusuf she’riyati ham qoraqalpoq adabiyot muxlislari qalbidan chuqur joy olgan. Uning she’rlari Bazarbay Seytayev, Keńesbay Karimov kabi qoraqalpoq shoirlari tomonidan tarjima qilinib, zamonaviy qoraqalpoq adabiy merosiga ham singdirildi. Bu tarjimalar orqali nafaqat bir asar ikkinchi tilga ko‘chirildi, balki ikki xalq o‘rtasidagi madaniy uyg‘unlik, hissiy yaqinlik va estetik tafakkurdagi umumiylik ham namoyon bo‘ldi. Xususan, Muhammad Yusufning “Xavotir” nomli she’ri har ikki tarjimon tomonidan o‘ziga xos yondashuv asosida tarjima qilingan. Asliyatda “Yig‘lashni ham bilmas mening qizlarim...” misrasi shoir yuragidagi og‘riqli tuyg‘ularni ifodalasa, Bazarbay Seytayev bu fikrni “Joqlawdı bilmeydi meniń qızlarım” shaklida tarjima qilgan. Bu yerda “joqlaw” so‘zining tanlanishi bejiz emas. Qoraqalpoq tilidagi bu so‘z oddiy yig‘idan ko‘ra murakkabroq ma’naviy yukga ega: u faqat ko‘z yoshi emas, balki marhumni madhiya bilan, an’anaviy kuylash orqali yod etishni bildiradi. Bu esa tarjimada shoir ifoda etgan dardning ko‘lami yanada 100 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo kengayganini ko‘rsatadi. Tarjimon bu yondashuvi orqali nafaqat so‘z o‘girdi, balki o‘z xalqining lingvomadaniy xususiyatlarini she’rga tabiiy singdirishga erishdi. Keńesbay Karimov esa “Jılawdı bilmeydi-aw, meniń qızlarım” degan misra orqali ma’noni yanada kuchaytirgan. Bu yerda “-aw” yuklamasi kuchaytiruvchi, ta’sirchanlikni oshiruvchi ohangdosh vosita bo‘lib, she’rning emotsional ruhini yanada kuchaytiradi. Shu tariqa har ikkala tarjimon ham o‘z yondashuvi bilan asarning mazmunini, ruhini saqlab qolishga, uni yangi madaniy kontekstda yana bir bor jonlantirishga muvaffaq bo‘lganlar. Tarjima jarayonida shoir fikrini to‘liq anglash, uning tuyg‘ularini his etish, asarning ichki ritmi, musiqiyati va estetik ruhi bilan uyg‘unlikda ishlash talab etiladi. Bu esa tarjimonni oddiy vositachi emas, balki ijodiy hamkor, asarning qayta yaratuvchisi sifatida ta’riflashga asos bo‘ladi. Tarjima jarayonida milliy mentalitet, xalqning dunyoqarashi, an’anaviy qadriyatlari bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, poeziya tarjimasida har bir so‘z, har bir obraz, har bir ohang muhim ahamiyat kasb etadi. Muhammad Yusufning she’riyati o‘zbek xalqining ruhiyatini, yurak ohangini ifoda etadi. Bu she’rlar tarjima qilinar ekan, ular boshqa bir xalq — qoraqalpoq xalqining ruhiy olamida ham o‘z aks-sadosini topmoqda. Bunday jarayon esa tarjima orqali ikki xalq orasida yurakdan yurakka, tuyg‘udan tuyg‘uga uzatilayotgan samimiy rishtalarning mavjudligini anglatadi. Ayniqsa, “Biz baxtli bolamiz” nomli she’riy to‘plamning qoraqalpoq tilida nashr etilishi, “Amudaryo” jurnalida Muhammad Yusuf asarlarining tarjimalari berilishi bunday adabiy muloqo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek xalqining ardoqli shoiri Muhammad Yusuf she’rlarining qoraqalpoqcha tarjimalari haqida fikrlar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, so‘z san’atkorining o‘zbek tilidagi va qoraqalpoq tilidagi she’rlari ta…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek xalqining ardoqli shoiri Muhammad Yusuf she’rlarining qoraqalpoqcha tarjimalari haqida fikrlar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, so‘z san’atkorining o‘zbek tilidagi va qoraqalpoq tilidagi she’rlari ta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
adabiy aloqa, lirika, o’ziga xoslik, lirik qahramon., badiiylik, milliylik, qoraqalpoq adabiyoti, O‘zbek adabiyoti, badiiy tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники