Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TRANSSENDENTALIZM VA JADIDLAR HARAKATINING QIYOSIY TAHLILI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ilyasova Nadira Dosmurat qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Transsendentalizm va Jadidchilik harakatlarida faoliyat yuritgan yozuvchi va mutafakkirlar ijodida ko‘plab umumiyliklar mavjud. Ularning asarlari orqali inson erkinligi, axloqiy yuksalish, ma’rifatparvarlik va jamiyat islohoti kabi g‘oyalar ilgari surilgan. Quyida har ikki harakat vakillarining o‘zaro qiyoslangan adiblari va ularning ijodiy o‘xshash jihatlari keltirilgan.Transsendentalizm va Jadidchilik harakatlari o‘z davrida jamiyatga yangicha qarash olib kelgan, erkin fikr, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida xizmat qilgan harakatlardir. Ularning har biri o‘z hududi va tarixiy sharoitidan kelib chiqqan bo‘lsa-da, ichki erkinlik, o‘zgarish, va o‘zini anglash g‘oyalari orqali uyg‘unlashadi. Bugungi kunda bu harakatlar zamonaviy jamiyat rivojiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Kalit so‘zlar: Transsendentalizm, shaxsiy erkinlik, mafkuraviy uyg‘onishlar, ruhiy kamolot, usuli jaded, individualizm Jahon adabiyotshunosligida XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkistondagi ma'rifatchilik va jadidchilik harakati muhim ahamiyat kasb etgani tufayli adabiy-estetik muammolarni ma'rifatchilik kontekstida ochib berish va anglash zarurati filologiya sohasida ham jiddiy masalalarni kun tartibiga chiqarmoqda. Ana shu ilmiy va adabiy ehtiyojdan kelib chiqib, o'zbek ma'rifatchiligini jahon ma'rifatchiligi bilan goyaviy estetik tamoyilaridan kelib chiqgan holda qiyoslash, undagi ijodkor shaxsi va jamiyat taraqqiyoti qonunlariga munosabati, ijtimoiy-axloqiy islohotlar va evrilishlarning badiiy adabiyotdagi in'ikosi kabi ilmiy muammolar bugungi adbiyotshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. Dunyo adabiyotshunosligida Amerika va o'zbek ma'rifatchilik adabiyotining umumiy muammolarini, jadid adabiyotining vujudga kelish omillari, xorijiy manbalari va taraqqiyot tamoyillarini o'rganishga e'tibor qaratmoqda. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, G'arbiy Yevropa va o'zbek ma'rifatchiligi haqidagi qarashlar yangilandi, o'zbek adabiyotini jahondagi ilgor g'oyalar bilan qiyosiy o'rganish kun tartibiga chiqdi. XX asr boshlarida badiiy adabiyotda yangicha yashash tarzini vujudga keltirish usullarini izlagan, istibdod sharoitida o'z taqdirini o'zi belgilash yo'lida kurashga kirishgan jadidlarning faoliyatini ko'rsatuvchi ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj tug'ildi. Globallashuv jarayoni ta'sirida G'arbiy Yevropa va o'zbek ma'rifatchiligini ushbu davr talablari darajasida tahlil va talqin qilish zaruriyati tug'ildi hamda transsendentalizm va jadidlar harakatlari,ma'rifatchilik adabiyotida yaratilgan badiiy matnlarni umuminsoniy, jahoniy, adabiy ma'nolar xazinasi asnosida o'rganish imkoniyati vujudga keldi Mamlakatimiz Prezidentining "Bugun jonajon O'zbekistonimiz Milliy ishdan milliy vuksalish saris degan ustuvor g'oya asosida o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo'ymoqda»1 degan so'zlari bevosita adabiyotshunoslikka ham tegishli bo'lib, milliy adabiyotshunoslik oldidagi ana shu yuksak talablardan kelib chiqib ushu tadqiqot oldiga ilmiy vazifalar qo'yildi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PO-3271-sonli "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1 Mirziyoyev Sh. M. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Toshkent Uzbekiston, 2018- B. 42 113 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo to'g'risida", 2018 yil 5 apreldagi PQ-3652-sonli "O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida", 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775- sonli "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlarining talablari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ma'lum darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining. Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari" ustuvor yo'nalishiga mos ravishda amalga oshirilgan. Jahon va o'zbek adabiyotshunosligida G'arb va Sharq adabiyotlari bilan o'zbek adabiyotini qiyosiy o'rganishga bag'ishlangan ishlar talaygina. Biroq XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistondagi adabiy jarayon va ma'rifatchilik harakati bilan bog'liq adabiyotlarni qiyosiy o'rganish orqali G'arbiy Yevropa ma'rifatchiligi bilan o'zbek jadid adabiyoti masalalarini qiyosiy o'rganish ishlari etarlicha tadqiq ob'ektiga aylanmagan. Istiqlol yillarida bu borada ulkan ishlar qilindi, jadid adiblarining xotirasi va ijodiy merosi tiklandi, asosiy asarlari nashr etildi. Xususan, O.Sharafiddinov, N.Karimov
Доказательный фрагмент
«Transsendentalizm va Jadidchilik harakatlarida faoliyat yuritgan yozuvchi va mutafakkirlar ijodida ko‘plab umumiyliklar mavjud.»
Образец извлечения
Демо-превьюTranssendentalizm va Jadidchilik harakatlarida faoliyat yuritgan yozuvchi va mutafakkirlar ijodida ko‘plab umumiyliklar mavjud. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ruhiy kamolot, Transsendentalizm, mafkuraviy uyg‘onishlar, individualizm, usuli jaded, shaxsiy erkinlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025