К содержанию
РецензированоUZ2026

PATOLOGIK YEYILGAN, LEKIN KARIOZSIZ TISHLARI BO‘LGAN BEMORLARNI REABILITATSIYA QILISHDA KLINIK SAMARADORLIKNI OSHIRISH

Irgashev K.N. · Rizayev J.A.

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 99 · 34-39 · 2026

Аннотация

Tishlarning patologik yemirilishi turli omillar, jumladan noto‘g‘ri tishlov, tish qatori anomaliyalari, chaynov mushaklarining disfunksiyasi va gigiyenik vositalardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida yuzaga keladi. Ushbu holat nafaqat estetik muammolar, balki funksional buzilishlar, og‘riq va tishlarning ortib boruvchi sezuvchanligiga ham olib keladi. Bunday bemorlarni samarali reabilitatsiya qilish uchun og‘iz bo‘shlig‘i salomatligini tiklashga qaratilgan diagnostika, profilaktika va davolash choralarini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv zarur. Hozirgi vaqtda stomatologik amaliyotda tishlarning patologik yeyilishi keng tarqalgan muammolardan biri hisoblanadi. Bu holat ko‘pincha kariozsiz, ya’ni karies bilan zararlanmagan tishlarda ham uchraydi va bemorlarning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Patologik yeyilish natijasida tishlarning shakli, balandligi va funksiyasi buziladi, bu esa nafaqat estetik, balki chaynash va nutq funksiyalarining ham izdan chiqishiga olib keladi. Bundan tashqari, tishlarning sezuvchanligi oshishi, og‘riq paydo bo‘lishi va og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarida turli noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin. Patologik yeyilishning sabablari turlicha bo‘lib, ularga noto‘g‘ri tishlov, chaynov apparati disfunktsiyasi, tish qatori anomaliyalari, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik va ba’zan ortiqcha mexanik ta’sirlar kiradi. Shu sababli, bunday bemorlarni reabilitatsiya qilishda faqat bir yo‘nalishga emas, balki har tomonlama, kompleks yondashuvga ehtiyoj tug‘iladi. Zamonaviy stomatologiyada tishlarni tiklash uchun ilg‘or materiallar va texnologiyalar, shuningdek, individual davolash rejalarini tuzish imkoniyatlari mavjud. Klinik samaradorlikni oshirish uchun reabilitatsiya jarayonida bemorning individual xususiyatlarini hisobga olish, zamonaviy tiklovchi vositalardan foydalanish, tishlovni to‘g‘rilash va qo‘shimcha fizioterapevtik usullarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur mavzu dolzarbligi, patologik yeyilgan, lekin kariozsiz tishlari bo‘lgan bemorlarni samarali reabilitatsiya qilish usullarini ishlab chiqish va klinik natijalarni maksimal darajada yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlarning ahamiyatini belgilaydi. Kalit so‘zlar: tishlarning patologik yemirilishi, stomatologik reabilitatsiya, okklyuzion buzilishlar, tishlov balandligining pasayishi, funksional zo‘riqish, mushak-bo‘g‘im disfunksiyasi, kompleks davolash. Tadqiqot maqsadi. Patologik yemirilish natijasida nokarioz tish zararlanishlari mavjud bo‘lgan bemorlarni reabilitatsiya qilishda klinik natijalarni baholash. Materiallar va usullar. Tadqiqot 2023-2025-yillarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti stomatologiya klinikasida amalga oshirildi. Unda 25 yoshdan 65 yoshgacha (o‘rtacha yoshi 43,7±8,3) bo‘lgan, turli darajadagi tishlarning patologik yemirilishi aniqlangan 90 nafar bemor ishtirok etdi. Tadqiqotga kiritish mezonlari quyidagilar edi: Bushan tasnifiga ko‘ra I, II yoki III darajali umumiy patologik tish yemirilishining mavjudligi; tish qatorlarida 9 jiddiy nuqsonlarning bo‘lmasligi (to‘rt tishdan ko‘p bo‘lmagan yo‘qotish); og‘ir somatik kasalliklarning yo‘qligi. Natijalar. Zamonaviy reabilitatsiya texnologiyalari nokarioz tish zararlanishlari bo‘lgan bemorlarni davolashda klinik natijalarni sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Reabilitatsiya jarayonida individual yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda zamonaviy tiklovchi materiallardan foydalanish, tishlovni to‘g‘rilash va fizioterapevtik usullarni qo‘llash tish va milklarning umumiy holatini yaxshilashga yordam beradi. Xulosa. Tishlarning patologik yemirilishi keng tarqalgan muammo bo‘lib, asoratlarning oldini olish uchun kompleks diagnostika va davolash yondashuvini talab qiladi.

Доказательный фрагмент

«Tishlarning patologik yemirilishi turli omillar, jumladan noto‘g‘ri tishlov, tish qatori anomaliyalari, chaynov mushaklarining disfunksiyasi va gigiyenik vositalardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida yuzaga keladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tishlarning patologik yemirilishi turli omillar, jumladan noto‘g‘ri tishlov, tish qatori anomaliyalari, chaynov mushaklarining disfunksiyasi va gigiyenik vositalardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida yuzaga keladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
okklyuzion buzilishlar, tishlov balandligining pasayishi, tishlarning patologik yemirilishi, funksional zo‘riqish, kompleks davolash., stomatologik reabilitatsiya, mushak-bo‘g‘im disfunksiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники